1-Мавзу: Мактабгача таълим фанларини ўқитиш жараѐни яхлит тизим сифатида



Yüklə 332,47 Kb.
səhifə20/37
tarix24.12.2023
ölçüsü332,47 Kb.
#157898
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Методика Лекция узб латын

Davlat ta`lim standarti. Ta`lim mazmunining rivojlanishida ko`zga tashlanayotgan zamonaviy tendentsiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o`rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
1) turli ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta`minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2) O`zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta`lim amaliyotida umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi mazmunini rivojlanishi tendentsiyalarining hisobga olinishi.
Davlat ta`lim standarti:
1) ta`lim olish shaklidan qat`iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo`lgan ta`lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) o`quv fani bo`yicha yakuniy ta`limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
3) ta`lim dasturlari mazmunining minimumi, o`quvchilar tomonidan bajariladigan o`quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo`yiluvchi talablarni belgilaydi.

O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni bilan bir qatorda ta`lim standarti asosiy me`yoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me`yor», «namuna», «andoza», «model» ma`nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta`lim muassasalarida ta`limning barqarorlik darajasini ta`minlashga erishiladi, o`quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o`quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O`quvchi davlat tomonidan belgilangan ta`lim standarti bilan cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug`ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo`lgan yoki qiziqarli bo`lmagan fanni o`rganishda o`quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.


Ushbu holatda, o`quvchi o`ziga mos keladigan ta`lim yo`lini anglagan holda va mustaqil tanlab, o`z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirishga imkoniyatga ega bo`ladi. Shakli va mazmuni bo`yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan o`quvchilarga va ularning ota-onalariga etkaziladi.
Ta`limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda o`quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta`limning ma`lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini o`zi ta`limga nisbatan yaqin davrlardan qo`llanila boshlangan. Davlat ta`lim standartlari ta`lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta`lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta`lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta`lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. O`zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo`qligi XX asrning 80-yillarida ko`pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim darajalari juda past bo`lishiga olib keldi.
Davlat ta`lim standartlarini yaratish bo`yicha ishlar O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni (1992 yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta`limi amaliyoti me`yorlariga mos keluvchi davlat ta`lim standartlarini yaratish zarurligi ta`kidlab o`tiladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida (1997 yil) O`zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni qabul qilingandan so`ng ta`lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta`lim standartlari har bir fan bo`yicha o`zlashtirilishi zarur bo`lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta`lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko`ra quyidagilardan iboratdir:
1. Ta`limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o`rganish ob`ektlari va asosiy mazmunli yo`nalishlari ko`zda tutiladigan o`quv fanining umumiy ta`rifi.
2. O`quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.
3. Ta`limning majburiy natijalarini ifodalash, ya`ni o`quvchilarning o`quv tayyorgarliklari zarur bo`lgan minimal darajasiga talablar.
4. Bilim, ko`nikma va malakalarga qo`yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining “o`lchamidir”, ya`ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab o`quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo`ladi.
DTSni, uning talablarini bajarish O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko`rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo`ysunishdan qat`i nazar barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o`rta (kasb-hunar va oliy) ta`limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi:
- DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;
- o`quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bog`liqligi;
- umumiy o`rta (kasb-hunar va oliy) ta`limning boshqa ta`lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta`lim mazmunining uzviyligi;
- umumiy o`rta (kasb-hunar va oliy) ta`lim mazmunining insonparvarligi;
- ta`lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;
- umumiy o`rta (kasb-hunar va oliy) ta`limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya (ilg`or) texnologiya yutuqlariga tayanish;
- pedagogik tafakkurda qaror topgan an`anaviy qarashlar bilan «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
- ilg`or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta`lim sohasida me`yorlarni belgilash tajribalarida milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o`rta (kasb-hunar va oliy) ta`lim muassasalari uchun tayanch o`quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o`quv reja ta`lim sohalarini me`yorlash hamda ta`lim muassasalarini moliyaviy ta`minotini belgilashga asos bo`luvchi davlat hujjati sanaladi.
Tayanch o`quv rejasi o`quv predmetlari bo`yicha beriladigan ta`lim mazmunini o`quvchiga etkazish uchun ajratilgan o`quv soatlarining manimum hajmidagi miqdorini belgilaydi. Mazkur hujjat muayyan sinfda ma`lum o`quv predmeti bo`yicha davlat ta`lim standartlariga muvofiq beriladigan ta`lim mazmunini aniqlashga asos bo`ladi.
Har bir sinf yakunida o`quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar ta`lim (o`quv) predmetlari bo`yicha ishlab chiqilgan o`kuv rejasi va dasturlarida o`z ifodasini topadi.
DTS (davlat ta`lim standarti) ta`lim mazmuni shakllari vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta`lim mazmunining o`zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko`rsatayotgan turli ta`lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta`limning barqaror darajasini ta`minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o`z mohiyatiga ko`ra o`quv dasturlari, darsliklar, qo`llanmalar, nizomlar o`quv rejasi va boshqa ma`yoriy hujjatlarni yaratish uchu nasos bo`lib xizmat qiladi DTSni, uning talablarini bajarish O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko`rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo`ysunishdan qat`i nazar barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir. Umumiy o`rta (kasb-hunar va oliy) ta`limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi: DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi

Yüklə 332,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə