1-мавзу. Микрога кириш


Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda deyiladi, agar



Yüklə 49,87 Kb.
səhifə6/10
tarix21.12.2022
ölçüsü49,87 Kb.
#97541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
test 1-2-mavzu

1. Tovar va xizmatlar bozori muvozanat holatda deyiladi, agar:
A) Talab va taklif chiziqlari kesishmasa;
B) Narx xarajatlar qo‘shilgan foydaga teng bo‘lsa;
С) Texnologiya darajasi bosqichma – bosqich o‘zgarib tursa;
D) Taklif hajmi talab hajmiga teng bo‘lsa.
2. Agar bozor narxi muvozanat holatdan past bo‘lsa:
A) Tovar ortiqchaligi yuzaga keladi;
B) Tovar taqchilligi paydo bo‘ladi;
С) Taklif hajmi ko‘payadi;
D) Talab hajmi kamayadi.
3. Tovarga bo‘lgan talab va taklif bir xil nisbatda ko‘paysa:
A) Baho ko‘tariladi;
B) Tovarning umumiy hajmi oshadi;
С) Baho o‘zgarmay qoladi;
D) Jamiyatning farovonligi oshadi.
4. Agar tovar narxi talab va taklif egri chiziqlarining kesishish nuqtasidan yuqorida bo‘lsa:
A) Tovar ortiqchaligi paydo bo‘ladi;
B) Taqchillik yuzaga keladi;
С) Ishsizlik ko‘payadi;
D) Muvozanat holat ta’minlanadi.
5. Agar tovarning bozordagi muvozanatli narxi fermerlarning zarar ko‘rishiga olib kelsa:
A) Davlat tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
B) Davlat narx siyosatiga aralashmaydi;
С) Davlat tovarning minimal narxini o‘rnatadi;
D) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
6. Agar tovarning bozordagi muvozanatli narxi iste’molchilarning zarar ko‘rishiga olib kelsa:
A) Davlat tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
B) Davlat narx siyosatiga aralashmaydi;
С) Davlat tovarning minimal narxini o‘rnatadi;
D) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
7. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taklifi talabdan ortib ketib, narxlar keskin tushib ketsa davlat bozordagi muvozanat holatini tiklash uchun:
A) Bozordagi ortiqcha mahsulotni sotib oladi;
B) Bozorga ortiqcha zaxiralarini tashlaydi;
С) Tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
D) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.
8. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida taklif keskin kamayib, talab qondirilmasligi sababli narxlar keskin oshib ketsa davlat bozordagi muvozanat holatini tiklash uchun:
A) Bozordagi ortiqcha mahsulotni sotib oladi;
B) Bozorga ortiqcha zaxiralarini tashlaydi;
С) Tovarning maksimal narxini o‘rnatadi;
D) Bozorning o‘z-o‘zini muvozanatga keltirishidan foydalaniladi.

Yüklə 49,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə