1-мавзу. Мустақил Ўзбекистон фарзандиман


-ish. Burgut, arslon, qaldirg‘och, sher, lochin, ohu, kiyik…v.h. 2-ish



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix12.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#116707
1   2   3   4   5
9-10-ma\'ruza.

1-ish.
Burgut, arslon, qaldirg‘och, sher, lochin, ohu,
kiyik…v.h.
2-ish
.
Burgutning qanoti, arslon na’rasi, qaldirg‘ochlar
qo‘shig‘i, hurkak kiyik, sherning yuragi...v.h.
3-ish
.
Bizning shirin uyqumizni arslonlarning na’rasi
buzdi.
Burgutning qanotlari parvoz paytida salkam ikki metrga
boradi.
Arslon tongda ko‘zini ochdi.Uni qaldirg‘ochlar galasining
vijir-vijiri bezovta qilgan edi.


Eng oxirgi turkumdagi vazifalar talabalarning yangi so‘zlarni
o‘rganishlari va o‘zlashtirishlarida eng ko‘p darajada yordam beradi.
Bu jarayondagi mashqlarning turlari juda rang-barang bo‘lishi
mumkin. Ular orasida sinonimik qatordagi barcha so‘zlar uchun
umumiy bo‘lgan ma’noni topish asosiy o‘rin tutadi. Masalan,
jahl,
achchiq,
g‘azab, qahr, zarda
so‘zlarini ko‘raylik. Bularning
hammasini birlashtirib turadigan bosh ma’no nojo‘ya xatti-harakat
yoki hodisaga nisbatan qo‘zg‘algan kuchli darajadagi his tuyg‘u va
uning ifodasidir.
Mazkur so‘zning ma’nolarini aniqlashda “O‘zbek tilining izohli
lug‘ati”dan foydalanish mumkin:
achchiq –
qahr, jahl; zarda.
zarda —
ko‘chma. jahl, g‘azab, zug‘um.
qahr —
qattiq achchiqlanish holati; g‘azab.
g‘azab —
kuchli darajada nafratlanish, achchiqlanish hissi, qahr, jahl.


Bu sinonimlarni nutq jarayonida qo‘llash orqali ham
o‘quvchilarning sinonim so‘zlarga bog‘liq bilim, tushuncha,
ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish imkoniyatlari bor.
Ular nutq jarayonida bir so‘zning o‘rniga boshqasini qo‘llab
bo‘lmasligini, bordi-yu qo‘llanganda ham u yerdagi ma’noning
boshqacha noziklik bilan yuzaga chiqshini amaliy jihatdan sezib
olishadi, ko‘rishadi.
Sinonimlar ustidagi ishlar o‘quvchilar nutq boyligini oshiradi,
ularning bitta ma’noni ifodalashdagi ortiqcha takroriylikdan
qutulishlariga imkon beradi, fikrning nisbatan aniq, lo‘nda va
tiniq ifodalashga o‘rgatadi. Shunig uchun ham bu jarayonda
badiiy adabiyotlarga ko‘proq murojaaat etish, o‘quvchilarning
bevosita izohli lug‘atlar ustida ishlashlarini rag‘batlantirish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə