1-мавзу. Мустақил Ўзбекистон фарзандиман


bar – bir — ber – bor – bur – bo‘r



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix12.06.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#116707
1   2   3   4   5
9-10-ma\'ruza.

bar – bir — ber – bor – bur – bo‘r;
oq — uq — o‘q — yuq
;
qor — qor — qur — qo‘r; tar – tor –
tir – ter – tur – so‘z
juftlarida ma'no farqlash vazifasidagi o‘yin-
topshiriqlardan foydalanish mumkin:


Jarangli undoshlar aksariyat so‘z oxirida kelganda,
talaffuzda jarangsizlanadi hamda boshqa ma’nodagi
so‘zlarni yuzaga keltiradi:
bob – bo‘lim, qism
bop – yarashiqli, loyiq
sud — hukm, mahkama, lavozim
sut – mahsulot, sigir suti
kabi so‘zlarni qiyoslash va o‘zaro farqlash, ular
ma’nosini sharhlash topshiriqlari, o‘quvchilarda imlo
savodxonligini mustahkamlash bilan bir qatorda so‘z
boyligini, nutqiy mahoratni ham oshiradi, shakllantiradi.


O’quvchilar topshiriq asosida so‘zdagi nuqtalar o‘rniga
i
va
u
harflaridan birini qo‘yib ko‘chiradilar. Hosil bo‘lgan so‘zlarning
ma’nolarini namunadagidek og‘zaki sharhlashlari va so‘z
ma’nolaridagi farqni tushuntirishlari mumkin. Namuna:
urish
— fe’l so‘z turkumi, harakatni bildiradi. Musht urish,
mushtlashish;
urush
– ot so‘z turkumi, jang, uyushgan qurolli olishuv. M:
Ikkinchi jahon urushi 1939-yilda boshlandi;
yumish
– fe’l, ko‘z yumish, ko‘rmaslikka olish; ko‘zi yumildi;
1. Uxladi (o‘z ma’no). 2. Ko‘chma ma’no: Ko‘z yumdi — chin
dunyoga ketdi, o‘ldi... v.h. M: Bu dunyodan ko‘z yumdi;
yumush
– ot so‘z turkumi, ish, mehnat: Og‘ir yumushni
bajardi...


1-topshiriq. Berilgan so‘zlar ma’nosini sharhlang.
So‘zdagi undosh tovushni almashtirib, yangi so‘zlar
hosil qling.
Il, el, choy
.
il
– in, is, it, ip, ish ...;
el
– ep, em, esh, et, en, er, es, ez..;
choy
- soy , toy, boy, moy, joy, loy, voy ...;
2-topshiriq.
A
unlisi bilan boshlanuvchi bir bo‘g‘inli
so‘zlar qatori tuzing.
Adl, avj, azm, aql, ark
...
Ma’nolarini sharhlang.
3-topshiriq.
U - o‘
tovushi ishtirok etgan juftliklar
tuzing:
uz-o‘z, uy-o‘y, un-o‘n, o‘q-uq
... Ma’nolarini
sharhlang.


Grammatik tahlilni DTS talablariga xizmat
qildirish
uchun
til
bo‘limlarini
o‘zaro
aloqadorlikda o‘rganish, uni kommunikativ
savodxonlikni
rivojlantirishga
yo‘naltirish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu jarayonda ona
tili ta’limining bo‘limlararo hamda fanlararo
aloqasi natijasi yaqqol ko‘zga tashlanadi, tilni
tizimiy o‘rganishning amaliyotga ijobiy ta’siri
samarasi seziladi.


Topshiriq. Berilgan matndan talaffuz va imlo mos
kelmagan so‘zlarni aniqlang.
Chroyli yoz kunida btta daraxtning yam-yashil barglari
uning go‘zalligi va zichligi bilan maxtanar edi, chunki ular
boshqa chuponlarga soyani taqtim etadilar va soyabon
ostida raqosalar va qo‘shiqchilarni jalp qiladilar. "Bu
yerda, bizga ham rahmat aytish mumkin", degan birdan
zaminning ovozi keldi. Barklar kim shunday kibr bilan
qarshi chiqishga jur’at etganligi haqida so‘rashti. Javob:
“Biz sizlarni boqadigan darahtning iltizimiz”. “O‘zingizni
unitmang,
lekin
har
bahorda
yangilanayotganingizni
unitmang. Agar ildiz qurib qolsa, daraxt ham, siz ham
bo‘lmaysiz”.


Til ta’limida doimo fonetika bo‘limi grafika
bo‘limi bilan uzviy bog‘liqligi uchun yonma-yon 
o‘rganiladi. Bu mavzu haqida “O‘qituvchi kitobi”da
berilgan tavsiyalarga har bir muallim tanqidiy va ijodiy
yondashib, undan foydalanishi kerak. “Tovush va harf” 
mavzusini o‘tganda aksar o‘qituvchilar darslikdagi
“Harf – tovushning yozuvdagi ifodasi” 
degan qisqa
ta’rif bilan kifoyalanadilar. Har qanday ta’rif hayotiy
tarzda singdirilmas ekan, u o‘quvchi ongida mavhum
tushuncha bo‘lib qolaveradi. Shu kabi tovush va harf
to‘g‘ri idrok etiladigan darajada aniq tushuntirilmas
ekan, o‘quvchilar tovushga nisbatan harf, harfga
nisbatan tovush atamasini yanglish ishlataveradilar. 


D
Д



Tovush

Eshitiladi

Gapiriladi
Harf
•Ko‘riladi
•O‘qiladi

Yoziladi




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə