1-Mavzu. Oliy ta’lim tizimi meyoriy xujjatlari. Reja Bakalavratura va magistratura


Oliy ta’lim muassasalari talabalari



Yüklə 91 Kb.
səhifə3/3
tarix08.06.2023
ölçüsü91 Kb.
#116253
1   2   3
Oliy ta’lim tizimi. Oliy ta’lim tizimi meyoriy xujjatlari

Oliy ta’lim muassasalari talabalari. Oliy ta’lim muassasasi talabasi o‘qish uchun rasmiy tartibda ro‘yxatga olingan shaxsdir. Talabaga rasmiy nusxadagi talaba guvohnomasi va reyting daftarchasi topshiriladi.
Oliy ta’lim muassasasi talabalari quyidagi huquqga ega:
-fan,texnika va madaniyat rivojining zamonaviy darajasiga munosib bilimlar olish;
-o‘quv dasturiga muvofiq ko‘zda tutilgan qo‘shimcha kurslar va o‘qish turini tanlash;
-ta’lim muassasasi faoliyatining muhim masalalarini muhokama va hal qilishda qatnashish, shu jumladan, jamoat tashkilotlari orqali ham;
-ta’lim muassasasi Nizomida joriy qilingan tartibda kutubxona, axborot fondi, o‘quv, ilmiy tibbiy va boshqa bo‘linmalar xizmatlaridan tekin foydalanish;
-ilmiy-tadqiqot ishlari, anjumanlar, simpoziumlarda ishtirok etish;
-o‘z ilmiy ishlarini chop qildirish, shu jumladan, ta’lim muasssasalari nashrlariga taqdim etish;
- Oliy ta’lim muassasasi ma’muriyati qarorlari ustidan shikoyat qilish;
-O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda harbiy mutaxassislik bo‘yicha bilim olish.
Talabalarni o‘kuv vaqti hisobiga o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb etish, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda boshqa hollarda man etiladi.Talabalar bilim egallashi, ko‘rsatilgan muddatda o‘quv rejalari va ta’lim standartlari ko‘zda tutilgan topshiriqlarning hamma turlarini bajarishi, Nizomga, ta’lim muassasasi ichki tartibi va jamoa hayoti qoidalariga rioya qilishlari shart.Davlat grantlari asosida kunduzgi shaklda o‘qiydigan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy qilgan tartib va miqdorda stipendiyalar bilan ta’minlanadi.Talabalar tegishli qoidalarga muvofiq nomdor, hamda ularni o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar belgilagan stipendiyalarni olishga haqli.
To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning moddiy ta’minoti o‘qitishning to‘lov-kontrakt tizimi haqidagi tegishli Nizom asosida amalga oshiriladi.
Tibbiy sabablar va ayrim istisno hollarda talabaga akademik ta’til beriladi.
Uzrli sabablar bo‘yicha o‘quv dasturi talablarini bajara olmagan talabalarga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar akademik qarzlarni uzish imkoniyati beriladi. Ko‘rsatilgan muddatlar ichida davlat ta’lim standartlariga binoan belgilangan kasbiy ta’lim dasturlari hajmini o‘zlashtirmaganlar ta’lim muassasasi talabalar safidan chiqariladi. Talabalarni o‘qishga qaytadan tiklash va talabalar safidan chiqarish ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat idorasi joriy qilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy qilgan tartibda boshqa ta’lim muassasasiga o‘tish huquqiga ega. Bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tishda oliy ta’limning shu pog‘onasida birinchi marta o‘qiyotgani kabi barcha huquqlari saqlanib qoladi. Talabalarni akkreditatlanmagan ta’lim muassasasidan akkreditatlanganiga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.Turar joyga muhtoj talabalar yotoqxonada sanitariya me’yorlari va qoidalariga muvofiq joy bilan ta’minlanadi.Turar joyga muhtoj talabalar mavjudligida yotoqxonaning turar joylaridan boshqa maqsadlarda (ijaraga berish va boshqa bitimlar) foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.Kunduzi o‘qiydigan
talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida mehnat shartnomasi asosida ta’lim muassasasini o‘zida yoki undan tashqari joylarda ishlashga ruxsat beriladi. Talabalarning boshqa huquqlari qonunlar va (yoki) oliy ta’lim muassasasi Ustavi tomonidan joriy qilinishi mumkin.Talaba ushbu Nizom yoki ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari ko‘zda tutgan majburiyatlarni buzganda unga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: tanbeh, jiddiy tanbeh, ta’lim muassasasi talabalari safidan chiqarish.Intizomiy jazo choralari nojo‘ya ish kilingani aniqlangach, bir oydan kechikmasdan va u qilinganiga olti oy o‘tmasdan qo‘llaniladi. Bunda talaba kasal va ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmaydi. Talabani kasal, joriy ta’til, homiladorlik, bola tarbiyasi ta’tillari paytida talabalar safida chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.Sirtdan o‘qiyotgan talabalarga ularning ishjoylarida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 248-257 boblarida ko‘rsatilgan imtiyozlar beriladi. Kunduzi o‘qiydigan talabalar o‘quv yili ichida kamida ikki marta, umumiy muddati 7 haftadan kam bo‘lmagan ta’tillar joriy qilinadi.
Nazorat savollari:

  1. Oliy ta’limning vazifasi nimadan iborat?

  2. Bakalavriaturada yo‘nalishida tayyorlanadigan mutaxassisliklar.

  3. Magistraturada ta’lim sohasida tayyorlanadigan mutaxassisliklar.

  4. Bakalavrlar bilimlarining sohalari nimalardan iborat?

  5. Bakalavr va magistraturaga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə