1-Mavzu. Oliy ta’lim tizimi meyoriy xujjatlari. Reja Bakalavratura va magistratura


Bakalavrlarga qo’yilgan asosiy talablar



Yüklə 91 Kb.
səhifə2/3
tarix08.06.2023
ölçüsü91 Kb.
#116253
1   2   3
Oliy ta’lim tizimi. Oliy ta’lim tizimi meyoriy xujjatlari

Bakalavrlarga qo’yilgan asosiy talablar.

Bakalavriyat – kunduzgi o‘qish muddati kamida 4 yil bo’lgan, bilim sohalaridagi yo‘nalishlarning biri bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlarni o‘z ichiga olgan tayanch oliy ma’lumot.
Bakalavriatning kasbiy ta’lim dasturlari bitiruvchini yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazib, unga diplom bilan dalolatlangan bakalavr malaka darajasini berish bilan tugallanadi. Bakalavr malaka darajasi uning sohasi bo‘yicha ishga kirganda tayanch oliy ma’lumot malakaviy talablarida nazarda tutilgan lavozimlarni egallash huquqini beradi. O‘zbekiston Respublikasida bakalavrlar bilimlarining sakkizta sohasi bo‘yicha tayyorlanadi:

    • Ta’lim (111 yo‘nalish);

    • gumanitar fanlar va san’at (28 yo‘nalish);

    • ijtimoiy fanlar, biznes va huquq (32 yo‘nalish);

    • matematika va tabiiy fanlar (14 yo‘nalish);

    • injenerlik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari (49 yo‘nalish);

    • qishloq xo‘jaligi (27 yo‘nalish);

    • sog‘likni saqlash va ijtimoiy ta’minot (18 yo‘nalish); - xizmatlar (14 yo‘nalish).

Bakalavr o‘z ta’limini kunduzgi o‘qish muddati kamida ikki yil bo’lgan magistraturada davom ettirishi mumkin. Magistratura tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar, muayyan bilimlar sohasining tarixiy va falsafiy jihatlari, ixtisos fanlar, shuningdek, bitiruvchining ilmiy-tadqiqot va yoki ilmiy-pedagogik faoliyatini nazoratda tutuvchi amaliyotini o‘z ichiga olgan kasbiy ta’lim dasturiga ega.
Ushbu dastur malakaviy bitiruv ishi dissertatsiyani o‘z ichiga olgan yakuniy attestatsiya va bitiruvchiga diplom bilan dalolatgan «Magistr» malaka darajasini berish bilan tugallanadi.
Ishga dastlab qabul qilingan bakalavrlar ish beruvchilarning o‘quv markazlarida 6 oydan 2 yilgacha davom etuvchi maxsus dasturlar bo‘yicha o‘qishi mumkin.
Bakalavr bilimiga umumiy talablar:

    • gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini bilishi, ijtimoiy muammo va jarayonlarni ilmiy tahlil qila olishi, shu fanlar uslublaridan turli kasbiy va ijtimoiy faoliyatda foydalana olishi,

    • insonlarga, jamiyatga, atrof muhitga bo’lgan munosabatni belgilaydigan me’yoriy va qonuniy asoslarni bilishi, ularni ijtimoiy va ekologik loyihalar tayyorlashda qo’llay olishi,

    • jonsiz va jonli tabiatda sodir bo’ladigan jarayon va hodisalarni to’liq tassavur qila olishi, tabiatni bilishning zamonaviy ilmiy uslublarini biladigan va uni egallagan bulishi, - sog‘lom yashash tarzi haqida ilmiy tasavvurga, o‘zini jismoniy takomillashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo’lishi,

    • ilg‘or tafakkur yuritish madaniyatiga ega bo’lishi, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda mantiqan to‘g‘ri bayon qila olishi,

    • moliyaviy va inson omillarini inobatga olgan holda ishlab chiqarish munosabatlari asoslari haqida tasavvurga ega bo’lishi, kasbiy faoliyati sohasida qullaniladigan ma’lumotlarni kompyuter usullarida yig‘ish, saqlash va ularni qayta ishlash (tahrir

qilish) uslublarini bilishi, o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila olishi,

    • ilm-fan rivoji va o‘zgaruvchan ijtimoiy amaliyot sharoitida yig‘ilgan tajribalarni baholay olishi, o‘z imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqib, zamonaviy axborot-o‘quv vositalaridan foydalangan holda, yangi bilimlarni egallash qobiliyatiga ega bo’lishi,

    • egallayotgan kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini to’liq tushunishi, soha faoliyatini aniqlaydigan fanlar muammolarini bilishi, ularning yaxlit tizimidagi o‘zaro bog‘liklarni ko‘ra olishi,

    • turli hodisalarni ta’riflash, ularning istiqbolini belgilovchi modellarini yaratish va ishlatishni bilishi, hodisalarning miqdor va sifat tahlilini amalga oshirish imkoniga ega bo’lishi,

    • mehnat jamoasiga qo‘shila olishi, boshqarish usullarini qo’llay olishi, ijrochilar ishini tashkil qila olishi, turli fikrlar mavjudligi sharoitlarida boshqarish yechimlarini topish va qabul qila olishi, pedagogik faoliyat asoslarini bilishi, o‘z kasbiy ishlashga uslubiy va psixologik jihatda tayyor bo‘lishi lozim.

Oliy ta’lim haqidagi «Nizom» O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 30.10.98 y. 305-sonli buyruqug‘iga asosan tasdiqlangan.
A). Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xamda oliy ta’lim uzliksiz ta’lim tizimining mustaqil turi bo’lib «Ta‗lim to‘g‘risida» hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
B). Oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillariga asoslanadi:

    • ta’lim va tarbiyaning gumanistik, demokratik mazmunda ekanligi,

    • universitet ta’limining ustivorligi,

    • o‘rta maxsus, kasb,oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limning uzliksizligi va ketma ketligi,

    • ta’lim tizimining dunyoviy mazmunda ekanligi,

    • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi,

    • ta’lim dasturlarini tanlashga umumiy va tabaqalashgan yondoshuv,

    • bilimdonlik va iste’dodni rag‘batlantirish,

    • oliy ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish, - oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvini ta’minlash.

C). Talabalarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish davlat grantlari va tulov-kontrakt vositasi bilan turlariga binoan aniqlash yo’li orqali amalga oshiriladi.
D). Oliy ta’lim muassasalari – yuridik shaxs, ular oliy ta’lim dasturlarini amalga oshiradilar, amaldagi qonuniy tartibda tashkil etiladigan, o‘zlarining ustavi va mazkur Nizom asosida faoliyat ko‘rsatadilar.
Oliy ta’lim muassasasi ustavi mazkur Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1998 yil 5 yanvar 5 – sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ta’lim muassasasi ustavini ishlab chiqish tartibi»ga muvofiq tayyorlanadi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, mahalliy ma’muriy idoralarda ro‘yxatga olinadi.
Oliy ta’limning maqsadi, vazifalari va tashkil qilinishi quyidagilardan iborat:
A). Oliy ta’limning maqsadi O‘zbekistonni yuksak rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasida ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish bilan ta’minlay oladigan, yuksak ma’naviy, madaniy va ahloqiy fazilatlarga ega yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar yetishtirishdir.
B). Oliy ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy ta’lim va kasb-hunar dasturlari asosida yuqori samarali o‘qitishning tashkil qilish va malakali kadrlar yetishtirishni ta’minlash,

  • mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishi istiqbollari, jamiyat talablariga binoan fan, texnika, ilg‘or texnologiya, iqtisodiyot va madaniyatning zamonoviy yutuqlari asosida kadrlar o‘qitishni tashkil qilish va uning uslublarini muntazam takomillashtirish,

  • yoshlarni milliy tiklanish mafkurasi va umuminsoniy qadriyatlarni bilish asosida. Mustaqillik g‘oyalari, Vatan, oila, tabiatga mehr va insonparvarlik ruhida tarbiyalash,

  • o‘quv amaliyotiga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini kiritish, o‘qitishni shaxsiylashtirish va masofaviy vositalar bilan ta’minlash,

  • ta’lim, fan va ishlab chiqarish birlashuvining amaliy tizimlarini ishlab chiqarish va amaliyotga kiritish,

  • ilmiy-pedagogik kadrlar va talabalarning ilmiy tadqiqotlari va ijodiy faoliyatlari orqali fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish,

  • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish asosida ta’lim xizmatlari bozorida raqobatli muhitni shakllantirish,

  • oliy ta’lim muassasalari boshqaruvini takomillash va ular mustaqilligini kengaytirish, ta’sischilar, va’siylar jamoat kuzatuv kengashlari shaklida yangi jamoat boshqaruvini kiritish,

  • oliy ta’lim sohasida yuksak rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish.

C). Oliy ta’lim muassasalari mutaxassislar tayyorlashning «Oliy ta‗lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari Klassifikatorri» ga muvofiq amalga oshiradi. Faqat davlat ta’lim muassasalarida tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi joriy qiladi.
D). Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklarining ro‘yxati ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi marketing rivojlanishi bilan aniqlab boriladi va mehnat bozori talabi hisobiga olingan holda, davriy qayta ko‘rib chiqiladi.
O‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish. Oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayoni davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi turlari joriy qilingan: ma’ruza, maslahat, seminar, amaliyot, mashg‘ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi (ishi), malaka bitiruv ishi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turi uchun 45 (yoki tanaffussiz juft ma’ruzalar uchun 40) minutli akademik soat joriy qilingan. Mashg‘ulotlar o‘rtasidagi tanaffus 10 minutdan kam emas. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv yili, odatda, ikki semestrga bo‘linadi, ulardan har
biri talabalar o‘zlashtirishi natijalarining yakunlanishi bilan tugallanadi.
Talabalarning fanlarni o‘zlashtirishi «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», «qoniqarsiz» baholarga muqobil o‘zlatirish ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakul’tet dekanining taqdimiga binoan oliy ta’lim muassasasi buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. SHartli ravishda o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oliy ta’limning kasbiy ta’lim dasturlarini to‘la o‘zlashtirish ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat idorasi tasdiqlagan Nizomga binoan bitiruvchilarni majburiy yakuniy attestatlash bilan tugallanadi.
Talabalar amaliyotlari barcha turlari davlat va nodavlal korxonalar va tashkilotlarda ular bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga binoan, o‘kuv rejalari va «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida namunaviy Nizom»ga muvofiq o‘tkaziladi.
Oliy ta’limning kasbiy ta’lim dasturlari: kunduzgi, sirtqi, eksternat va masofaviy ta’lim olish shakllarida o‘zlashtirilishi mumkin.
Bir vaqtning o‘zida to‘lov-kontrakt asosida o‘zga shaklda ikkinchi tur ta’lim olishga ham yo‘l qo‘yiladi.
Faqat kunduzgi ta’lim olish mumkin bo‘lgan kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari (ixtisosliklari)ning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy qilinadi.
Eksternat-oliy ta’limning tanlangan yo‘nalishi (ixtisosligi) bo‘yicha kasbiy ta’limga muvofiq fanlarni mustaqil o‘zlashtirish va ta’lim muassasasida davriy attestatsiyadan (joriy va yakuniy) o‘tish.
Masofaviy ta’lim-oliy ta’limning kasbiy ta’lim dasturlarini, asosiy faoliyatdan ajralmagan holda, ta’lim muassasasidan uzoqda o‘zlashtirish. U zamonaviy axborot texnologiyalar va teletarmoqlar texnikasi vositalaridan foydalanishga asoslanadi.
Eksternat va masofaviy ta’lim haqida Nizom ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat idorasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan o‘zaro bog‘lanishi amaldagi qonunlarga muvofiq o‘quv-ilmiy, o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualari, birlashmalari, assotsiatsiyalari tuzish yo‘li bilan hamda yirik olim va mutaxassislarni o‘quv jarayoni va ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish,
ilmiy-tadqiqot institutlari, korxonalar va tashkilotlarda oliy ta’lim muassasasining markazlari, laboratoriyalari, kafedralari va bo‘limlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘quvchilari safidan olimpiadalar, konkurslar, test sinovlari tashkil qilib, iste’dodli yoshlarni tanlash ishlarini amalga oshiradi.
Ularni davlat ta’lim standartlariga zid bo‘lmagan shaxsiy o‘quv rejalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etadi, yoshlarga o‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon qilish va rivoj-lantirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratadi.
Fuqarolar to‘lov-kontrakt asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olishga haqli.Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarning axloqiy-ma’naviy tarbiyasi va duyoqarashini shakllantirish, ta’limning gumanistik mazmunda bo‘lishi boy milliy, ma’daniy-tarixiy an’analar urf-odatlarga asoslanganligi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, O‘zbekistonning mustaqillik tamoyillariga sadoqatligi ruhida tarbiyalash bilan ta’minlanadi.

Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə