1-mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari reja


Suyak hujayrasi va suyak tarkibidagi moddalar



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə22/25
tarix11.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#86464
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Yosh fiziologiyasi8

Suyak hujayrasi va suyak tarkibidagi moddalar

Suyak hujayralari uzoq davom etadigan jarayonlar (protses) orqali bir-biri bilan bog`langan. Ular hamma tomondan tarkibi va joylashishi noodatiy bo`lgan suyak atrofidagi (hujayralararo matriks) moddalar bilan o`ralgan. Hujayralararo matriks kollagen tolalarga juda boy, ular organik tuzlar (kaltsiy tuzlari, ayniqsa kaltsiy fosat va kaltsiy karbonat) bilan boyitilgan bo`ladi. Bular suv (20-25%), organic moddalar (25-30%) va anorganik moddalar (50%). Minerallar kristallar shaklida to`planadi va suyakka o`ziga xos fiziologik qattiqlik beradi. U intensiv metabolitik jarayonlarni osonlashtiradigan o`ziga xos qon-tomir tizimiga ega bo`lib, bu suyaklarga biologik o`zgaruvchanlik xususiyatini beradi. Bukilmaydigan juda qattiq suyak materiallari yashovchan bo`lib, tanada stress kechayotgan paytdagi o`zgarishlarga osonlik bilan moslasha oladi. Anorganik va organik moddalar aralashib ketgan va ularni faqatgina mikroskopik tekshiruvlar natijasida farqlash mumkin. Agar suyak kuydirilsa, faqatgina anorganik mineral skeletonlar qoladi va suyak mo`rt bo`lib qoladi. Agar suyak kislotaga botirilsa, unda faqatgina organik moddalar qoladi va suyak rezinadek egiluvchan bo`lib qoladi29.

Skelet - bosh, umurtqa pog‘onasi, elka kamari, ko‘krak qafasi, chanoq va qo‘l oyoq skelet qismlaridan tashkil topgan.

Umurtqa pog‘onasi 33-34 umurtqalardan tashkil topgan bo‘lib, bulardan 7 tasi bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza va 4-5 ta dum umurtqalaridir. Katta odam umurtqa pog‘onasi 4 ta egrilikdan iborat. 1-chi egrilik bo‘yin qismida oldinga qarab bo‘rtib chiqqan. 2-chi egrilik ko‘krak qismida orqaga qarab, 3-chi egrilik bel qismida oldinga qarab, 4-chi egrilik dum va dumg‘aza qismida orqaga qarab bo‘rtib chiqqan. Bog‘cha yoshining oxirida umurtqa pog‘onasining egriliklari hosil bo‘ladi. O‘smirlik davrida bel egriligi vujudga keladi. Odamning 23-26 yoshida umurtqaning barcha qismi suyaklanadi.

Ko‘krak qafasi 12 juft qovirg‘alar va tush suyagining birikishidan hosil bo‘ladi. Ko‘krak qafasining shakli 2 xil: uzun ensiz va qisqa keng. Ko‘krak qafasining asosiy shakllari konussimon, silindirsimon va yassi bo‘lishi mumkin.

Qo‘l skeleti elka kamarining suyaklari – ko‘krak va o‘mrov, bilak, tirsak, pancha suyaklaridan iborat. Elka suyagi 20-25 yoshda, bilak suyagi 21-25 yoshda, tirsak suyagi 21-24 yoshda, kaft usti suyaklari 10-13 yoshda, kaft suyaklari 12 yoshda, barmoq; falanga suyaklari 9-11 yoshda suyaklanadi. U narsa ta’lim-tarbiya, mehnat, jismoniy tarbiya, rasm chizish va yozishda e’tiborga olinishi kerak.

Oyoq skeletiga chanoq kamarining suyaklari va son suyagi, boldir suyaklari va panja suyaklari kiradi. Chanoq suyaklarining suyaklanishi jismoniy tarbiya va Mehnatda e’tiborga olinishi kerak. Chanoq suyaklari notog‘ri birikishi uzoq muddat notog‘ri o‘tirish, tik yurish, og‘ir yuk ko‘tarish, ovqatlanishning yyto’g’rili bo‘lmasligi natijasida vujudga keladi. Son va kapa, kichik boldir suyaklari 20-24 yoshda kaft oldi suyaklari 17-21 yoshda, oyoq panja falangalari 15-21 yoshda to‘liq suyaklanadi. Oyoq panjasi uzoq muddat tik turish, tor oyoq kiyim kiyishganda oyoq panjasi tekislanadi va tekis panja kasali vujudga keladi.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə