1-mavzu Psixologiya fani predmeti, vazifalari, ob’ekti va ahamiyati



Yüklə 105,09 Kb.
səhifə16/17
tarix19.05.2023
ölçüsü105,09 Kb.
#111395
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-mavzu Psixologiya fani predmeti, vazifalari, ob’ekti va ahamiy

Yosh davrlari psixologiyasi − inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi.
Patopsixologiya − miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi.
Oligofrenopsixologiya − miyaning tug‘ma kamchiliklari tufayli paydo bo‘ladigan bo‘limlarni o‘rganadi.
Surdopsixologiya − eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishini o‘rganadi.
Tiflopsixologiya − ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan kishi faoliyatini o‘rganadi.
Qiyosiy psixologiya − hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o‘xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi.
Akmeologiya- yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho‘qqiga erishish xususiyatlarini o‘rganadi.
Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.
1. Ijtimoiy psixologiya − uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o‘zaro tasir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni o‘rganadi.
2. Differensial psixologiya − shaxs shakllanishining individual psixologik yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.
3. Din psixologiyasi − inson ongiga diniy qarashlarning ta’siri masalalarini o‘rganadi.
4. Etnopsixologiya − inson psixologiyasining etnik xususiyatlari, milliy xarakter, milliy tuyg‘u, milliy g‘oya, o‘z-o‘zini anglash, etnik stereotip, ularning qonuniyatlari va vujudga kelish xususiyatlarini o‘rganadi.
5. Boshqaruv psixologiyasi − bu psixologiya fanining shunday sohasiki, unda inson tomonidan - boshqarishning psixologik tomonlarini o‘rganadi.

Yüklə 105,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə