1-Mavzu: psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi reja


Maqsad - kishining shu paytda ma’qul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish. Tilak



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə96/136
tarix15.03.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#102533
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   136
psixologiya fanining rivojlanishida psixologik maktablarning

Maqsad - kishining shu paytda ma’qul yoki zarur deb topgan ish harakatini tasavvur etish.
Tilak - maqsad va uni hosil qiluvchi motiv aniq anglangan holatida maqsadga intilish.
Mustaqillik – bevosita tashabbuskorlik bilan bog’liq bo’lgan iroda xususiyati.
M
15.1.Iroda haqida tushuncha. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.


a’lumki, insonning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllari taraqqiyotiga qarab o‘zgaradi. S
hu bois o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun inson harakat qiladi. Shaxs o‘z harakatlari yordami bilan muhitga moslashadi va undan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadi. Lekin shu bilan birga odam muhitni o‘z ehtiyojlariga muvofiqlashtirib o‘zgartiradi, qayta quradi va o‘ziga moslashtiradi.
Odamning shaxs sifatidagi faollik xususiyati shundan iboratki, o‘z ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan harakatlari instinktiv harakatlar emas, balki asosan oqilona, ongli harakatlardir. Bu onglilik shundan iboratki, odam oldindan biron-bir maqsadni ko‘zlab harakat qiladi, shu maqsadga etishish uchun yordam bera oladigan vositali yo‘l va usullarni oldindan qidirib topadi, to‘sqinlik va qiyinchiliklarni engish uchun ongli ravishda kuch-g‘ayratini ishlata oladi.
Odam faqat o‘ziga xos madaniy-ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda-gina emas, balki, tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ham ongli va oqilona ravishda ish tutadi.
Odam tevarak – atrofdagi narsalarni o‘zgartirib o‘ziga moslashtirar ekan, yangilik yaratadi, ijod qiladi, shu yangilikni tevarak-atrofdagi voqelikka qo‘shadi, voqelikni o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Umuman odam har doim harakat qilmasdan tura olmaydi. Ana shu jihatdan olganda odamning barcha harakatlarini ikki turkumga bo‘lish mumkin. Ulardan birinchisi ixtiyorsiz harakatlar bo‘lsa, ikkinchisi ixtiyoriy harakatlardir.
Odamning ixtiyorsiz harakatlari qat’iy bir maqsadsiz, ko‘pincha impul’siv tarzda, ya’ni reflektor tarzda yuzaga keladi. Masalan, yo‘talish, aks urish, ko‘z qovog‘ini ochib yumilishi va shu kabilar. Bu harakatlarni odam oldindan o‘ylab rejalashtirmaydi. Ixtiyorsiz harakatlar har qanday sharoitda yuz berishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar ba’zan, odamning aqliy faoliyatlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. CHunonchi, ixtiyorsiz idrok, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz esga tushirish holatlari ham bo‘ladi. Bunday hollarda odamning ixtiyorsiz harakatlari idrok qilinayotgan narsaning boshqa narsalardan keskin farq qilishi yoki odamning qiziqishlari, ehtiyojlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo‘ladi. Odam o‘z oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni engib bo‘lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday bo‘lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo‘lsa ham engib ishni davom ettira beradi. YOki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo‘lib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o‘qishni davom ettira beradi.
Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir.
Odamning irodaviy harakati to‘la-to‘kis determinizmga, ya’ni sababiy bog‘lanish qonuniga bo‘ysunadi. SHu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar bo‘lishi mumkin.
Odamning irodaviy faoliyati ob’ektiv jihatdan bog‘langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog‘liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to‘la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko‘p jihatdan o‘zini ma’lum sharoitda anglaydi, o‘z hayot yo‘li va taqdirini o‘zi belgilashi mumkin.
Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o‘ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti-harakatlarni irodaviy harakat deb bo‘lmaydi. SHu bilan birga iroda avvaldan mavjud bo‘lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so‘ng hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan qoniqishga butun e’tiborini qaratishdan iboratdir.
Ko‘p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g‘alaba qozonish emas, balki o‘z-o‘zini engish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo‘zg‘aluvchan, sust kishilarga xos bo‘lib, o‘zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to‘g‘ri keladi.
Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan o‘zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi.
I
15.2. Irodaning nerv-fiziologik asoslari


rodaviy ya’ni ixtiyoriy harakatlarning nerv – fiziologik asosida bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ining shartli reflekslar hosil qilishdan iborat bo‘lgan murakkab faoliyati yotadi. Irodaviy harakatlar har doim to‘la ongli harakatlar bo‘lgani uchun bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladigan optimal qo‘zg‘alish manbalari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: “Mening tasavvurimcha, ong ayni shu chog‘da xuddi shu sharoitning o‘zida ma’lum darajada optimal (har holda o‘rtacha bo‘lsa kerak) qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan bosh miya katta yarim sharlarining ayrim joylaridagi nerv faoliyatidan iborat”.

Bundan tashqari irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signallar tizimining faoliyati bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, odam ayrim nojo‘ya harakatlardan o‘zini so‘zlari orqali (ya’ni o‘ziga-o‘zi pand- nasihatlar qilish yoki tarbiya berish orqali) ushlab qoladi. SHuning uchun irodaviy, ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda ikkinchi signallar tizimining roli juda kattadir. Ana shu sababdan bo‘lsa kerak akademik I.P.Pavlov ikkinchi signallar tizimiga baho berib, bu signallar tizimi insonlar hulq-atvori va ixtiyoriy harakatlarining yuksak boshqaruvchisidir” – degan edi. SHuni ham aytish kerakki, iroda ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslangan holda ishlaydi. Agar ikkinchi signallar tizimi o‘z faoliyatida birinchi signallar tizimiga asoslanmasa, odamning aks ettirish jarayoni ma’lum bir tizimli, ma’noli bo‘lmaydi. Ikkinchi signallar tizimi birinchi signallar tizimiga asoslanishi bilan birga uning faoliyatini boshqarib, nazorat qilib turadi. Demak, irodaviy, ixtiyoriy harakatlarda ikkinchi signallar tizimi bilan birga birinchi signallar tizimi ham ishtirok etadi.
Irodaviy ixtiyoriy harakatlarni amalga oshirishda nerv tizimining umumiy normal holati ham juda katta ahamiyatga egadir. Masalan, uzoq davom etadigan qattiq kasallikdan so‘ng nerv tizimi nihoyatda madorsizlanib, odamning irodasi bo‘shashib ketadi. Odam biror ishdan qattiq charchagan paytda ham nerv tizimi zaiflashib, irodasi bo‘shashib ketadi. Ana shuning uchun irodaning mustahkamligini ta’minlash maqsadida odam vaqti – vaqti bilan dam olib turishi kerak.
I
15.3. Irodaviy akt va uning tuzilishi. Shaxsning irodaviy sifatlari.


xtiyoriy harakatning dastlabki boshlang‘ich nuqtasi harakat maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning o‘rtaga qo‘yilishidir va uning tuzilishini quyidagicha izohlash mumkin.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə