1 mavzu: Psixologiyaning predmeti


Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/99
tarix05.04.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#104394
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99
Namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim kafedrasi

Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
1. Muomala, muloqot, aloqa, munosabat tushunchalari o`rtasidagi aloqa qanday? 
2. Muloqotning asosiy vazifasini ayting? 
3. Hayvonot olamidagi munosabat qanday tabiatga ega? 
4. Tilning vazifalari qanday? 
5. Nutq turlariga misollar keltiring? 
6. Noverbal vositalar muloqotda qanday ahamiyatga ega? 
aralashaverasiz. Boshqalar uchun siz bilan, uyda, ishda va boshqa joyda muomalada bo`lish juda qiyin. 
 
 
6-mavzu: Shaxs psixologiyasi 
Reja

1. Shaxs haqida tushuncha: 
a) individ; b) shaxs; v) individuallik. 


2. Shaxsning faolligi: 
a) ehtiyoj;
b) motiv; 
v) qiziqish; g) tilak, istak, niyat. 
3. Shaxsning shakllanishiga ta`sir etuvchi omillar: 
a) irsiyat; b) ijtimoiy muhit; 
v) ta`lim - tarbiya; g) shaxsiy faoliyat. 
4. Shaxsning malaka va odatlari 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
Faollik - tiriklik xossasi bo`lib, u ongli tanlangan harakatlarda namoyon bo`ladi. 
Individ - ongsiz, yangi tug`ilgan mavjudot, ruxiy kasal, odam. 
Individuallik - shaxs fazilatlarining qaytarilmas birikmasi (temperament, xarakter, qobiliyat). 
Motiv - ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq, faoliyatga undovchi ichki kuch. 
Motivatsiya - faollikka undovchi motivlar majmuasi. 
Shaxs - ongli sub`ekt, faoliyatda bo`ladigan, muloqot madaniyatiga ega bo`lgan, jamiyatda yashaydigan 
komil inson. 
Ehtiyoj - hayvon va odam faolligining asosiy manbai bo`lib, u aniq sharoitlarda namoyon bo`ladi. 
O`z - o`zini nazorat - shaxsning o`zini holatini boshqara olishi. 
O`z - o`zini baholash - shaxsning o`z xislatlarini baholay olishi. 
1. Shaxs haqida tushuncha 
Har bir odam tug`ilgan kunidan boshlab odamlar qurshovida, ma`lum jamoada - oilada yashaydi. 
Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga – 
voqelikni biluvchi hamda uni o`zgartiruvchi sub`ektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi. Biz 
hamma kishilarni - normal odamlarni, yangi tug`ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individ degan 
tushunchaga kiritamiz. Ammo ularning hammasini shaxs deb atay olmaymiz. Biz jamiyatda biror foydali 
mehnat bilan shug`ullanuvchi kishini shaxs deymiz. Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va 
narsalar bilan bo`lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga 
keladigan munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam boshqa kishilar bilan bo`lgan munosabatlardagina 
shaxs bo`lib shakllana boshlaydi. Demak, shaxs kishilik jamiyatida yashaydigan, faoliyatni biror turi bilan 
shug`ullanadigan, til orqali atrofdagilar bilan normal muloqotda bo`la oladigan, ongi yuksak rivojlangan 
komil insondir. 
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - bu shaxsning bir 
necha fazilatlarining qaytarilmaydigan birikmasidir. Uning tarkibiga xarakter (tabiat), temperament 
(mijoz) qobiliyatlar, hissiyotlar yig`indisi, odatlar kiradi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil 
vazifalarni bir - biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda 
tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror 
sayohatga borganda hazilkash, qiziqchi bo`lib yurishi mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda 
o`xshash sifatlarni namoyon qiladi. 
Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga 
bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini 
o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan 
o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan 
murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. 
Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi: 
1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - atvorni 
oldindan ko`ra olish imkonini beradi. 
2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. Bu qismlarning yig`indisi 
inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy 
omillarning ta`siri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga 
ko`rinarli o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) a`zolariga 
bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan “endopsixika” biologik shart - 
sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi 
shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” 
bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq shaxsning tarkib 
topishi, tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar masalasiga yondoshishning boshqa 
imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan 


oshmaydigan kishilar shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda 
bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish mumkin ekan. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə