1-mavzu: pul va banklar faniga kirish. Pul nazariyalari


Pulning metallilik nazariyasi



Yüklə 44,12 Kb.
səhifə2/5
tarix21.10.2023
ölçüsü44,12 Kb.
#129217
1   2   3   4   5
1-mavzu

2. Pulning metallilik nazariyasi.
Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda turli tadqiqotchilar tomonidan aytilgan ilmiy qarashlarning jamlanmasi bo’lib, ular pul sifatida faqat oltin va kumushni ko’rdilar va ular jamiyat boyligining manbai deb hisobladilar.
Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U. Stefford, T. Men, P. Nors, Chayld, Fransiyada A. Monkreten, Germaniyada U. Yust; Italiyada G. Skaruffi, F. Galiyani tomonidan rivojlantirildi.
Pulning metallilik nazariyasi merkantilizm g’oyalariga asoslanadi.
Merkantilizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi.
Merkantilistlar 2 yirik guruhga bo’linadi:
Ilk merkantilistlar.
So’nggi merkantilistlar.
Ilk merkantilistlar - aktiv pul balansi degan g’oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga ko’ra oltin va kumush o’z tabiatiga ko’ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi.
Aktiv pul balansi - deganda oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo’lishi tushiniladi.
Ilk merkantilistlar davlat protektsionizm siyosatini qo’llash shart deb hisoblaydilar. Ular aytadiki, davlat mamlakatdan oltin va kumush pullarni chiqib ketishini to’sqinlik qilishi zarur.
So’nggi merkantelistlar pulning asosiy funktsiyasi bu jamg’arish funktsiyasi deb hisoblaydilar. XVI asrning ikkinchi yarimidan XVII asr oxiriga qadar Yevropada so’nggi merkantelistlarning qarashlari hukmron g’oyaga aylandi.
So’nggi merkantelistlarning eng taniqli vakili Tomas Men hisoblanadi. T. Men ilk merkantalistlardan farqli ravishda pulning muhimligi jamiyat boyligining manbai ekanligida emas balki mamlakat ichidagi tovarlar va pullarning harakatiga ta’siridadir degan xulosaga keldi.
T. Men birinchi bolib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik quyidagilardan iborat:
Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo’lganda tovarlarni import qilish mumkin.
Agar mamlakat uchun foydali bo’lsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin.
Tomas Men aytadiki pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni ko’paytiradi. Tomas Men birinchi bo’lib umumiy savdo balansi degan tushunchani kiritgan.
So’nggi merkantalistlar umumiy savdo balansi g’oyasini ilgari surdilar. Bungacha xususiy savdo balanslari mavjud edi. Ular mamlakatning alohida olingan bitta mamlakat bilan savdo munosabatlarini aks ettirar edi.
Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni emirilib ketishini tan olmaganlar. Lekin amaliyot ko’rsatadiki oltin va kumush tangalar ishqalanish xususiyatiga ega. Ushbu tangalar vaqt o’tishi bilan o’z vaznining bir qismini yo’qotadi, natijada ayirboshlash munosabatlarida notenglik holati yuzaga keladi. VIII asrga kelib metal tangalarning emirilishi isbotlandi. Shuningdek, birinchi jahon urushi ta’sirida Yevropada oltin standarti bekor bo’ldi.
Dastlab merkantilistlar Adam Smit va Jorj Styuard tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Ushbu olimlarning fikriga ko’ra pul jamiyatning boyligi emas, balki shartli hisob birligidir. Pullar baho masshtabi sifatida ayirboshlash munosabatlarini ifoda etadi. Taniqli iqtisodchi olimlar P. Samuelson , J. Key metal pullar muomalasini inkor etganlar.


Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə