1-mavzu: pul va banklar faniga kirish. Pul nazariyalari


Zamonaviy monetarizm nazariyasi



Yüklə 44,12 Kb.
səhifə5/5
tarix21.10.2023
ölçüsü44,12 Kb.
#129217
1   2   3   4   5
1-mavzu

5. Zamonaviy monetarizm nazariyasi.


AQShning Chikago Universiteti professori Xalqaro Nobel mukofoti sohibi Fridmen XX asrning 70-yillarida yaratdi. II jahon urushiudan keyin AQShda J. M. Keynsning pul kredit kontseptsiyasinining qabul qilinishi AQSh iqtisodiyotini 1960- yillarga qadar inqirozsiz rivojlantirish imkonini berdi.
60- yillarga kelib Keynsning kontseptsiyasi AQShda ishlamay qoldi. Ya’ni past va barqaror foiz stavkalari sharoitida ishsizlik darajasi oshib ketdi. Inflyatsiyaning yillik darajasi 10 % ga etdi.
Maydonga M. Fridmen chiqdi. U aytadiki: AQShdagi hozirgi inqiroz holati pullar taklifining keskin ko’payganligi bilan bog’liq. Shuning uchun pul massasining o’sish sur’atlarini nazorat ostiga olishimiz kerak. U taklif qildi. Pul massasining o’sishi 3-5 % darajasida bo’lishi kerak. Agar pul massasining yillik o’sish massasi 3 % dan ortiq bo’lsa, bu pul massasining o’sish suràtini sekinlashishiga olib keldi. Agar pul massasining yillik o’sishi 5 % dan yuqori bo’lsa mamlakatda inflyatsiya kuchayadi. Fridmen ushbu taklifini amaliyotda qabul qilinishi AQShda inflyatsiya yillik darajasini bir yil ichida 10 % dan 5 % ga tushirish imkonini berdi.
1978 - yillarda AQSh kongressi AQSh federal zaxira tizimiga M2 yoki M3 agregatlarini nazorat qilish vazifasini yukladi. Hozirgi kunda AQSh markaziy banki M3 ,O’zbekiston M2 pul agregatini nazorat qiladi.
Fridmen Markaziy bankning pullar taklifini tartibga solish imkoniyatiga qattiq ishonadi. U aytadiki, mamlakat bank tizimidagi ortiqcha pullarni Markaziy bankning ochiq bozor siyosati orqali olib qo’yish mumkin. Fridmen tijorat banklarining kredit ekspansiyasini jilovlash kerak degan g’oyani ilgari surgan. Uning fikricha banklar iqtisodiyotni haddan tashqari ko’p miqdorda kreditlab yuborishi mumkin, shu sababli Fridmen tijorat banklarining depozitlariga 100 % li majburiy zaxira qo’llash taklifini bergan.
Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə