1-mavzu: pul va banklar faniga kirish. Pul nazariyalari


Pulning miqdoriylik nazariyasi



Yüklə 44,12 Kb.
səhifə4/5
tarix21.10.2023
ölçüsü44,12 Kb.
#129217
1   2   3   4   5
1-mavzu

4. Pulning miqdoriylik nazariyasi.
Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati shundaki muomalada pul miqdorining oshishi tovarlar bahosining va pulning qiymatini o’zgarishiga sabab bo’luvchi asosiy omildir.
XVI asrda Yevropalik mustamlakachilar va birinchi navbatda ispanlar Amerikadagi ko’plab oltin va kumush konlarini topdilar. Natijada Amerikadan Yevropaga juda katta miqdorda oltin va kumush oqib keldi. Bu esa G’arbiy Yevropada tovarlar bahosining keskin oshishiga sabab bo’ldi. Shu bog’liqlikni birinchi bo’lib franwuz faylasufi Jan Boden aniqladi.
J. Bodenga qadar tovar bahosining oshishi metal tangalarni emirilishi bilan izohlanar edi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XVII-XVIII asrlarda Angliyada J. Lokk va D. Yum; Fransiyada Monteske rivojlantirdi. Ular bu nazariyani qog’òz pullarga nisbatan qo’llashning mumkinligini asoslab berishdi.
Klassik iqtisodchi D. Rekardo pulning miqdoriylik nazariyasini tarafdori. Rekardo qiymatning mehnat nazariyasini yaratgan. Ushbu nazariyaga ko’ra metal pullarning qiymati ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan belgilangan. Ammo keyinchalik Rekardo o’zining ushbu qoidasiga qarshi chiqdi. U yozadiki ayrim davlatlarda pulning qiymati muomaladagi pul miqdoriga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Karl Marks pulning miqdoriylik nazariyasini ayovsiz tanqid qildi. Marksning fikriga ko’ra miqdoriylik nazariyasining eng kata xatosi shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning qiymat o’lchov funktsiyasini tan olmaydilar. Karl Marksning fikricha pulning miqdoriylik nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va tovarlar muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega bo’lmaydilar deganlaridadir.
Marksning fikriga ko’ra muomalaga kirishgunga qadar pullar qiymatga tovarlar esa bahoga ega bo’ladi. Pullar qiymati va tovarlarning bahosiga bog’liq ravishda tovarlarning bahosi shakllanadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi namoyondalri bilan K. Marks o’rtasidagi munozara quyidagida namoyon bo’ladi.
Marks aytadiki: tovarlar bahosining oshishi muomaladagi pul miqdorining ko’payishiga olib keladi. Pulning miqdoriylik nazariyasining namoyondalari aytadiki: muomaladagi pul miqdorining ko’pligi tovarlar bahosining oshishiga olib keladi. XX asrda pulning miqdoriylik nazariyasi hukmron nazariyaga aylandi. XX asrda miqdoriylik nazariyasining 2 xil ko’rinishi paydo bo’ldi.
Transaksion ( I. Fisher yaratdi)
Kembridj.
1911-yilda Irving Fisherning mashhur “Pulning xarid kuchi nomli” asari nashrdan chiqdi. Ushbu asarda Fisherning almashuv tenglamasi o’z ifodasini topdi.


MV=PQ

M-muomaladagi pul massasi


V- pulning aylanish tezligi
P –tovarlarning o’rtacha bahosi
Q –ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori


P=MV/Q

Fisherning xulosasiga ko’ra tovarning bahosi muomaladagi pul miqdoriga va pulning aylanish tezligiga to’g’ri proporsional. Bunda Q va V o’zgarmasdir. Bu ikkala component o’zgarmas bo’lganligi sababli shunday xulosa kelib chiqadi. Tovarlar bahosining o’zgarishi muomaladagi pullarning o’zgarishiga bog’liq.


Kembridj variantini Alfred Marshal yaratdi. Ushbu nazariyani Pigu rivojlantirdi. Fisherdan farqli o’laroq Marshal va Pigu tahlilni mikroiqtisodiy darajada amalga oshirdi. Ular asosiy etiborini xo’jalik subektlarining kassa qoldiqlarini o’zgarishiga qaratdilar.


M =KPY

K-pulning aylanish tezligi ammo bu tezlik xo’jalik yurituvchi subèktlarning pul shaklidagi nominal daromadiga qarab o’rganiladi. Fisherda pulning aylanishi tovarlar aylanishiga qarab belgilanadi. Kembridj variantidan shunday xulosa chiqadi: muomaladagi pul miqdori pulning aylanish tezligiga teskari proporsional. Pulning aylanish tezligi real kassa qoldiqlarining miqdori va ularning hisobidan qilingan xarajatlar nisbatiga bog’liq bo’lganligi sababli muomaladagi pul miqdorining o’zgarishi pul shaklidagi nominal daromadning o’zgarishiga bog’liq.


Kembridj variantida kassa qoldiqlarini shakllantirishning ikki xil varianti keltiriladi:
-pulning qulay to’lov vositasi.
-ko’zda tutilmagan holatlar munosabati bilan nominal daromadning bir qismini pulda saqlash.


Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə