1-mavzu: pul va banklar faniga kirish. Pul nazariyalari


Pulning nominallik nazariyasi



Yüklə 44,12 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü44,12 Kb.
#129217
1   2   3   4   5
1-mavzu

3. Pulning nominallik nazariyasi.
Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo’lib Angliyalik ruhoniy va faylasuf J. Berkli va Angliyalik iqtisodchi J. Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning etakchisi. Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo’shgan olim G. Knapp. 1905- yilda Knappning pulning davlat nazariyasi nomli kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda paydo bo’lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki pul qiymat va iste’mol qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo’yilgn nominali bilan belgilanadi. Ular metal pullar emirilish xususiyatiga ega ekanligini takidlashdi va qog’oz pullar to’lov vositasi sifatida moslashuvchan va qulay, ayirboshlash vositasi ekanligini etirof etishdi.
Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quyidagi xulosaga keldi.
Pulni davlat yaratadi;
Pulning asosiy funktsiyasi bu to’lov vositasi funktsiyasidir;
Davlat pulga xarid qobilyatini beradi;
Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori bo’lgan. Keyns aytadiki qog’oz pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g’alabasidir.
Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo’ladi.
Pul barcha tovarlar qiymatini o’zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.
Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish)
Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o’lchovi.
Buyumlashgan mehnatning ichki o’lchovi mehnat asosida o’lchanadi.
Nominalistlar baho masshtabi deganda milliy pulning oltin asosiga aytiladi.
Nominalistlar oltinga almashmaydigan qog’oz pullar muomalasini afzal ekanligini etirof etadilar. Hozir dunyoda hech bir valyuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi davrda muomlaga chiqarilayotgan naqd pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi.


Yüklə 44,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə