1-mavzu: Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish faniga kirish



Yüklə 245,71 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü245,71 Kb.
#182911
1-mavzu


1-mavzu: Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish faniga kirish

1.Qishloq xo’jaligining maqsadi, vazifalari.


2.Qishloq xo’jaligini mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni, ahamiyati va dinamikasi.
3.Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlar, ularni rivojlanishi
Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining o’rni va ahamiyati ulkan. Kelajakda respublika iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun qishloq xo’jaligini yuksaltirish obektiv zaruriyat hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida rivojlantirish uchun tarmoqda erkin faoliyat ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan turli xildagi mulk shakllarini, ularga asoslangan tadbirkorlik turlari va ular o’rtasidagi erkin bozor munosabatlarining nazariy, uslubiy asoslarini erkinlashtirish, takomillashtirish, investisiyalarni jalb etib, fan-texnika yutuqlarini, yangi texnikalarni, ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, barcha resurslardan, kapitaldan to’liq va samarali foydalanish yo’llarini belgilash, barcha xarajatlarni tejash, mehnat unumdorligini yuksaltirish, ularni rag’batlantirish tizimini takomillashtirish hamda foyda summasini ko’paytirish yo’llarini asoslangan holda belgilab olish maqsadga muvofiqdir.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’rganishdan asosiy maqsad - talabalarda bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida qishloq xo’jaligi iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalari to’g’risida talab qilinadigan bilimlarni erkin bozor qonun va qonuniyatlari asosida shakllantirishdir. Fanning maqsadi quyidagi vazifalarni hal yetishni talab etadi:
- jahon, respublika iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining o’rnini, ahamiyatini anglab yetish;
- tarmoqdagi amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar, ularni chuqurlashtirish yo’nalishlarini o’rganish;
- tadbirkorlik shakllarining rivojlanishini, samaradorligini, FTT, innovasion texnologiyalar, ularga bo’lgan talab, ularni iqtisodiy baholashni amalga oshirish hamda ulardan foydalanish samaradorligini o’rganish;
- xarajatlar, ularni kamaytirish, daromadlar, foyda, ularni ko’paytirish yo’llarini, mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni samarali taqsimlash, tarmoqdagi baholar tizimi, ularni takomillashtirish va tarmoqlar iqtisodiyoti, ularga iqtisodiy baho berish hamda rivojlantirish yo’llarini o’rganish.
1.Fanning predmeti va vazifalari. O’rganish uslublari
Iqtisodiyot keng ma’noda ishlab chiqarish jarayonida kishilar ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlarning yig’indisidir. Bu munosabatlar obyektiv qonun va qonuniyatlarga bog’liq. Jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida ijtimoiy ishlab chiqarish qonunlari va moddiy boyliklarni taqsimlashni iqtisodiy nazariya o’rganadi. Kishilar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni o’rganib, iqtisodiy nazariya iqtisodiyotning turli tarmoqlarda iqtisodiy qonunlarning aniq turli tuman xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanmaydi va o’z oldiga shug’ullanishni vazifa qilib qo’ymaydi.
«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog’langan. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti»ning nazariy va uslubiy jihatdan bazasi xuddi boshqa tarmoq fanlari kabi iqtisodiy nazariya hisoblanadi. «Iqtisodiy nazariya» ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning iqtisodiy qonunlarida aks etishini, shuningdek bu qonunlardan amalda foydalanishni o’rganadi.
«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanish turlarini iqtisodiy qonunlarning harakat qilish mexanizmini, ularning namoyon bo’lish shakllarini va shu tarmoqda aniq sharoitda ulardan foydalanishni ochib beradi. «Iqtisodiy nazariya» bilan «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» o’rtasida ishlab chiqaruvchi kuchlarni o’rganish borasida farq bor. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida iqtisodiy qonuniyatlarning umumiy ko’rinish xususiyatlari bilan tarmoq iqtisodiy fanlari shug’ullanadi: sanoat, qishloq xo’jalik, qurilish, transport, savdo, kommunal-xo’jalik iqtisodiyoti va boshqalar. Iqtisodiy fanlarning bunday tabaqalanishi ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi bilan bog’langan. "Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti" fanining fan sifatida ajralishi ham moddiy ishlab chiqarishning asosiy sferasi hisoblangan qishloq xo’jaligining ajralishi bilan bog’langan. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» shunday fanki, u qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda obyektiv iqtisodiy qonuniyatlar harakati va ularning ko’rinish shakllarini o’rganadi. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy munosabatlarni undagi xususiyatlarni hisobga olgan holda tekshiradi: mavjud shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari, agrosanoat kombinatlari, agrofirmalar, ijara jamoalarining rivojlanishini nazariy jihatdan umumlashtiradi.
«Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani quyidagi aralash fanlarning o’rgatish uslubiyotlaridan foydalanadi:
1.Agrobiznesni tashkil qilish va rejalashtirish;
2.Iqtisodiy geografiya;
3.Qishloq xo’jaligi statistikasi;
4.Buxgalteriya hisobi;
5.Iqtisodiy kibernetika;
6.Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatining tahlili;
7.Qishloq xo’jaligi tarmoqlari texnologiyasini iqtisodiy baholash va boshqalar.
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti–tarixiy fan. U jamiyat rivojlanishi va o’zgarishdagi qonuniyatlarni, ularning ko’rinish shakllarini o’rganadi. Voqyea hodisalarni birgalikda o’zaro aloqadorlikda va sabab oqibatda aks ettiruvchi tushunchalar - iqtisodiy qonunlarga tayangan holda qishloq xo’jalik iqtisodiyoti aniq sharoitda ularning harakatini ochib beradi, xo’jalik sharoitida ulardan foydalanish, ishlab chiqarish va iqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash usullarini ishlab chiqadi.
Qishloq xo’jaligida butun iqtisodiyot tarmoqlari singari quyidagi qonunlar tizimi harakat qiladi:
1.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish;
2.Jamg’arish;
3.Qiymat, talab va taklif qonunlari;
4.Mehnat unumdorligining o’sib borishi va boshqalar.
"Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti" fanining predmeti shuki, u kishilarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o’zaro aloqadorligida va o’zaro bog’liqligida o’rganadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar tabiiy va texnologik fanlarning o’rganish predmeti hisoblanadi.
«Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti» ishlab chiqarish munosabatlarini o’rgana borib, ishlab chiqaruvchi kuchlardagi o’zgarishlarni ham aks ettiradi. «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti»ning muhim vazifasi loyihadagi va qo’llaniladigan mashina, agrotexnika, meliorativ va boshqa tadbirlarning samaradorligini aniqlash hisoblanadi. Shu bilan birga iqtisodiyotning tabiiy va texnologik fanlar bilan aloqasi o’rnatiladi. Shunday qilib, «Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti» fani qishloq xo’jalik tarmog’ida ishlab chiqarish munosabatlarini moddiy ishlab chiqarishning boshqa sferalari bilan aloqadorligida o’rganadi. Bunda tabiiy texnik va boshqa aralash fanlar tadqiqotlari natijasiga tayaniladi.
"Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti" fanining asosida materialistik dialektika yotadi. Shu bois, borliqni bilish usullari fanning asosiy uslubiyotini tashkil qiladi. Bu usul hodisalarni bir-biridan ajratmasdan ularni bir-biriga bog’lab o’rganadi. U hodisalarni to’xtovsiz harakatda, o’zgarishda, yangilanishda va rivojlanishda, shuningdek miqdor o’zgarishlardan sifat o’zgarishlariga aylanishida o’rganadi. Quyidan yuqoriga harakatini, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi nuqtai nazaridan o’rganadi. Bundan tashqari iqtisodiy materiallarni o’rganishda iqtisodiy tadqiqotlarning turli usullaridan foydalanadi. Eng ko’p qo’llaniladigan usullariga statistik, analitik, korrelyasiya, dispersiya, regressiya, indeks va boshqalar. Undan keyingisi iqtisodiy-matematik uslublar: simpleks, ishlab chiqarish deduksiyasi, ikki yoqlama baholash, taqsimot va boshqalar. Alohida ijtimoiy hodisalarni, ilg’or tajribalarni o’rganishda monografiya usul qo’llaniladi. Turli tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini asoslashda eksperimental usul qo’llaniladi. Bundan tashqari analiz va sintez, xronometraj, tanlab tekshirish, anketa so’rog’i kabi usullardan ham foydalaniladi.
2.Qishloq xo’jaligi-aholini oziq-ovqat mahsulotlari va iste’mol buyumlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish asosi. Uning rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari
Qishloq xo’jaligi agrosanoat majmuining yuragi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog’idir. U mamlakat aholisi uchun hyech bir narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy manbai hisoblanadi. Dunyo ahli sintetik yo’l bilan yog’, oqsil va uglevodlarni sintez qilish hisobiga yangi ozuqa resurslarini izlash bilan band. Lekin bu mahsulotlar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’rnini egallaydi degan gap emas.
Shunday qilib, qishloq xo’jaligining hayotiy muhimligi quyidagilarda aniqlanadi:
Birinchidan, u aholini oziq-ovqat bilan ta’minlaydi, usiz kishilarning ma’naviy hayoti va moddiy ishlab chiqarish amalga oshmaydi. Lekin davlat tomonidan qabul qilinayotgan chora - tadbirlarga qaramay qayta qurish boshlarida moddiy ishlab chiqarishning yetakchi sferasi hisoblangan qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari birmuncha pasaydi, aholining oziq-ovqatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, uning tizimini takomillashtirish kutilgan natijalarni bermadi.
Lekin, mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning natijalari shuni ko’rsatadiki, yildan yilga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sur’ati oshib bormoqda. 2012 yilga kelib 518,9 mlrd.so’mlik qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligi yengil va oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyoning asosiy massasini beradi, ya’ni u tarmoqlar mahsulotlari ham bevosita aholi ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. Qishloq xo’jaligining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi va samaradorligi sanoatning ushbu tarmoqlarining ishlab chiqarish hajmini va samaradorligini aniqlaydi.
To’qimachilik sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 40 foizini, qand sanoatida – 70 foizini, sut va yog’ mahsulotlari ishlab chiqarishda 80 foizga yaqinini qishloq xo’jaligi xom ashyosi tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda mamlakat xalq iste’moli fondining 3/4 qismi bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan yoki qishloq xo’jaligi xom ashyosidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlaridan iborat. 2012 yilga kelib 6513,1 mlrd. so’mlik oziq-ovqat va 1653,6 mlrd.so’mlik yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarilgan.
Uchinchidan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mamlakat og’ir sanoatining rivojlanish sur’atiga va darajasiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi yirik miqdorda ishlab chiqarish vositalarini iste’mol qilgani holda traktor, meliorativ va qishloq xo’jalik mashinasozligi, kimyo sanoati, ayniqsa mineral o’g’it ishlab chiqarishga faol ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarishga ketadigan material xarajatlarning asosiy qismini sanoat yetkazib beradigan ishlab chiqarish vositalari (yoqilg’i-moylash materiallari, zahira qismlar, mineral o’g’it, omuxta yem, asosiy vositalar amortizasiyasi va boshqalar) tashkil qiladi.
To’rtinchidan, qishloq xo’jaligi mehnat resurslarini safarbar qilish sferasi sifatida katta ahamiyatga ega. Har yili qishloq xo’jaligi o’z xodimlarining bir qismini boshqa tarmoqlarga o’tkazib iqtisodiyotning bu tarmoqlarida ish kuchini takror ishlab chiqarishga katta hissa qo’shadi.
Beshinchidan, qishloq xo’jaligining mamlakat iqtisodiyotidagi roli yana shu bilan aniqlanadiki, u umumxalq masalalarini hal qilish uchun zarur bo’lgan jamg’arishning muhim manbai hisoblanadi.
Bu tarmoqda mamlakat xalq xo’jaligida tashkil topgan qo’shilgan qiymatning 30 foizga yaqini yaratiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari va ulardan qayta ishlangan tovarlarni sotishdan jami valyuta tushumining 40–50 foizi tashkil topadi. 2012 yilda birgina paxta tolasi eksportidan 1259,7 mln. Va oziq-ovqat mahsulotlari eksportidan 877,2 mln. AQSh dollarilik tushum kelgan.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlaridan farq qiladigan o’ziga xos xarakterdagi xususiyatlari ham mavjud: qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining birinchi xususiyati shundan iboratki, tarmoqda yer-suv resurslari, o’simlik va tabiiy hayvonot dunyosi, tirik organizmlar, biologik mehnat vositalaridan foydalaniladi. Bu yerda ishlab chiqarish jarayoni obyektiv sharoitlarga, tirik organizmlarning rivojlanishi va o’zgarish tezligiga bog’liq. Bu shart-sharoitlardan foydalanish dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida ishlab chiqarishni tashkil qilishning ilg’or shakllarini hamda xodimlarga haq to’lashni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining ikkinchi xususiyati shuki, bu tarmoqda bosh ishlab chiqarish vositasi yer resurslari hisoblanadi. Agar sanoatda (qazilma sanoatdan tashqari) yer korxonalarni joylashtirish uchun makon bo’lib xizmat qiladigan bo’lsa, qishloq xo’jaligida esa u asosiy va almashtirib bo’lmaydigan ishlab chiqarish vositasidir. Mehnat jarayoni va mahsulot ishlab chiqarish qishloq xo’jaligida bevosita yer bilan, uning sifati, undan foydalanish jarayoni bilan bog’liq. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi katta yer maydonlarida agregatlar yordamida amalga oshiriladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida suv hamda energetik resurslarga talab juda yuqori hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining uchinchi xususiyati Yuqorida keltirilgan ikki xususiyatidan kelib chiqadi. Unda takror ishlab chiqarish iqtisodiy jarayoni tabiat bilan chambarchars bog’langan, mahsulot ishlab chiqarish biologik sikl bilan bog’liq.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining to’rtinchi xususiyati tuproq-iqlim sharoitiga bog’liqligidir. Qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi yillar bo’yicha iqlim sharoitiga qarab, obhavoga qarab o’zgarib turadi, bu esa o’z navbatida chorvachilikning rivojlanishiga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligiga ta’sir qiladi. Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra, ko’pgina qishloq xo’jaligi tarmoqlarida teng harajatlarga teng natija olinmaydi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining beshinchi xususiyati shuki, bu tarmoqda suv resurslaridan foydalanish muhim rol o’ynaydi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining oltinchi xususiyati shuki, bu yerda ish vaqti bilan ishlab chiqarish davri mos kelmaydi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish davri ish vaqtidan uzoqqa cho’ziladi. Bu shu bilan xarakterlanadiki, biologik jarayon bevosita kishilarning ishtirokisiz ham davom etaveradi. Masalan, kuzgi ekinlardan, bug’doyni yetishtirish uchun 200-230 kun talab qilinadi, ish vaqti esa 25-30 kunni tashkil qiladi, xolos. Yomon ob-havo bo’lsa, ish vaqti shuncha qisqa bo’ladi. Kapital va mehnat ham shunga qarab sarflanadi. Ishlab chiqarish davri bilan ish vaqtining mos kelmasligi qishloq xo’jaligida ishlarning mavsumiyligini ketirib chiqaradi. Sanoatning ko’pchilik tarmoqlarida esa mehnatning sarflanishi to’xtovsiz amalga oshiriladi va mavsumiylikni kamaytiradi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining yettinchi xususiyati shuki, bu tarmoq o’zining rivojlanishi jarayonida tabiiy va iqtisodiy sharoitlariga qarab o’zaro texnologik bog’liq bir necha tarmoqqa, ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Sanoatda esa korxonalar ma’lum bir mahsulotning alohida qismini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining sakkizinchi xususiyati shuki, bu yerda tayyor mahsulot (yalpi mahsulotning 20%)ning bir qismi kelgusi davr ishlab chiqarishiga, ishlab chiqarish vositasi (urug’, yem-xashak, buzoq va h.k.)ga kiradi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra asosiy va aylanma vositalaridan to’liq foydalanish muammolari vujudga keladi, ayrim qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tovarlilik darajasi sanoatga nisbatan anchagina pasayadi.
Qishloq xo’jaligining kelajakdagi rivojlanishi bo’yicha turli xil qarashlar mavjud. Hammaga ma’lumki, mustaqillikkacha bo’lgan davrda mamlakat qishloq xo’jaligi tarmoqlari chuqur inqirozga uchragan edi.
Bu eng avvalo oziq-ovqat sifatining pasayishida va yetishmasligida, ishlab chiqarishning turg’unligi va serxarajatligida, qishloq aholisi turmush sharoitining barqaror tashkil topmayotganligida namoyon bo’lgan edi. Ayrim mahsulotlarning iste’mol balansida anchaginasalmoqni chetdan olinadigan mahsulot tashkil qilar edi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining resurs potensialidan foydalanishi samarasiz va atrof muhit uchun zararli bo’lib keldi.
Ko’p tumanlarda tuproq gumus miqdori 30-40% ga pasaygan, uning sho’rlanish darajasi kuchaygan.
Xarajatlarning rentabelligi ham xorijiy mamlakatlarga nisbatan ancha pasayib ketdi. Ijtimoiy rivojlanishning infrastruktura tizimi anchagina orqada qoldi. Migrasiya jarayoni davom etmoqda va h.k.
Qishloq xo’jaligining uzoq yillar bunday davomida turg’unligining va inqirozining sabablari quyidagilar edi:
1).Dehqonlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy kamsitilishi;
2).Xodimlarning yer va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan va ishlab chiqarilgan mahsulotlaridan uzoqlashishi, mulkka egalikning past darajada tashkil topishi;
3).Direktiv rejalashtirish va baholarni belgilash, ma’muriy qo’mondonlik tizimining davom etishi;
4).Chegaralangan moddiy-texnika ta’minoti va moliyalashtirish, qayta ishlovchi sanoatlarda moddiy texnika va texnologiyaning orqada qolishi;
5).Fanning rolini to’g’ri baholamaslik, fan-texnika taraqqiyotidan foydalanishning pastligi.
O’tgan asrning 90–yillariga kelib, qishloq xo’jaligini inqirozdan chiqarishning asosiy yo’llari aniqlangan bo’lib, hozirgi kunda ularning ko’pchiligi amalga oshmoqda. Bunga quyidagilarni kiritish mumkin:
1).Iqtisodiy munosabatlarni qayta qurishning muhim qismi sifatida yer islohotini asta sekin amalga oshirish. Yer islohotining ma’nosi–yerga bo’lgan mulkni davlattasarrufidan chiqarish va undan, mulkning turli-tuman shakllaridan foydalanish. Mamlakatda mustaqillik yillarida yer isloxoti amalga oshirildi. Unga binoan respublika qishloq xo’jaligida hozir yerga davlat mulki saqlanib qolgani holda undan foydalanishning turli-tuman shakllari qaror topdi, ya’ni, dastlabki agrar islohatlardan biri bu aholiga tomorqa berish to’g’risidagi qaror bo’lib, bunda yerni qishloq aholisiga berish va shu orqali mahsulotlarni ko’paytirishga qaratilgan chora-tadbirlar edi. Bu 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining“Yer to’g’risida” gi qonunida aks ettirilgan edi.
Keyinchalik ushbu qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 30-apreldagi 599-I-sonli “O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksini amalga kiritish tartibi to’g’risida”gi qaroriga muvofiq o’z kuchini yo’qotib, uning asosida “Yer Kodeksi” qabul qilindi. Bu “Yer Kodeksi”da yer bilan bog’liq barcha huquqiy munosabatlar o’z aksini topdi. Yer fondi, yer tuzish, undan foydalanish, tarmoqlar bo’yicha foydalanish tartibi, uning muhofazasi va boshqa masalalar o’z aksini topgan ushbu kodeks 1998 yil 1-iyuldan beri amalda hamda so’nggi marta 2011 yilda o’zgarish kiritilgan.
Uning 1-moddasida «Yer umummilliy boylikdir, O’zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi» - deb yozib qo’yilgan.
Yer to’g’risidagi me’yoriy hujjatlar jumlasiga «O’zbekiston Respublikasida yer monitoring to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-sonli Qarori, «Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilaridan yagona yer solig’i undirish tartiblari to’g’risi» dagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi 539-sonli Qarori, «Qishloq xo’jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi 486-sonli Qarori, «Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’ini joriy etish to’g’risida»
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086-sonli Farmoni va boshqalarni kiritish mumkin.
2).Qishloqda taqsimot munosabatlarini o’zgartirish. Mulkni xususiylashtirishning ahamiyatini kamaytirmagani holda, yer va boshqa ishlab chiqarish vositalariga xo’jayinlik hissini uyg’otib, ular tomonidan yaratilgan mahsulotlarga o’zlarining egalik qilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Qanday mulk shakli bo’lishdan qat’iy nazar, arzon mehnat unumli bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov respublikamizda mulkdorlar qatlamini shakllantirish vazifasini dolzarb qilib qo’ydi. Mamlakatimizda mulkdorlar qatlamini vujudga keltirishni tezlashtirish uchun “Mulk to’g’risida”gi, “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi, “Ijara to’g’risida”gi va boshqa qonunlar qabul qilindi.
3).Mulk va xo’jalik yuritishning yangi shakllarini qo’llab quvvatlash. Agrar sektorning kelajagida bir-biri bilan raqobat qiladigan, o’zaro harakat qiladigan, bir-birini to’ldiradigan yirik, o’rtacha va mayda korxonalarni ko’rish mumkin. Korxonalarning turli o’lchamlari xo’jalik yuritishning turli shakllariga moslashib ketadi. Asosan dehqon va fermer xo’jaliklari rivojlanishi
kengayadi;
Shu sababli respublikada iqtisodiyotida, jumladan qishloq xo’jaligida kichik biznes va
tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi, “Dehqon xo’jaligi
to’g’risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi va boshqa bir qancha
qonunlar qabul qilindi. 2012 yilga kelib respublikada 70,8 mingta fermer xo’jaliklari 3,7 mln. ta
dehqon xo’jaliklari faoliyat olib borgan bo’lib, ular mos ravishda – 8377,2 mlrd.va 15474,2
mlrd.so’mlik mahsulot ishlab chiqargan.
4).Turli xo’jaliklarda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xo’jalik yuritishning mavjud
shakllarini o’zgartirish, ularni demokratik asosda ijara, shirkat (kooperativ) va aksiyador
korxonalarga aylantirish, bunda birlamchi mehnat jamoalariga va alohida har bir jamoa a’zosiga
mustaqillikni oshirish;
Haqiqatda mustaqilliq yillarida O’zbekistonda mulkning va xo’jalik yuritishning turli-tuman
shakllari barpo etildi, jumladan: davlat, kooperativ, shaxsiy-xususiy va aralash kabi mulklar va
shunga mos 10 dan ziyod xo’jalik yuritish shakllari vujudga keldi.
5).Xo’jalik yuritishning bozor mexanizmidan foydalanishga o’tish; mahsulot bozori, ishlab
chiqarish vositalari bozori, shu jumladan yer, ish kuchi va qimmatbaho qog’ozlar bozori. Bunda
korxona darajasida gorizontal, to’g’ri shartnoma munosabatlari rivojlanadi. Davlat darajasida
boshqarishning iqtisodiy richaglarini (banklar, soliqlar, subsidiya, kredit berish shartlari)
tavsiflaydigan ko’rsatkichlarning saqlanib qolishiga va dasturli yondoshishga olib keladi. Asta-sekin
mahsulotlar talab va taklif asosida erkin sotila boshlaydi. Mahsulotlarni markazdan taqsimlash
qisqaradi;
Mustaqillik yillarida fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab quvvatlashning asosiy
yo’nalishlari belgilab berildi, jumladan: davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtirish xarajatlarini
moliyalashtirish; qishloq xo’jaligida soliq imtiyozlarining berilishi; unumdorligi past yerlarda davlat
ehtiyojlari uchun mahsulot yetishtiruvchi fermer xo’jaliklariga moliyaviy yordam; irrigasiya va
meliorasiya tizimini davlat tomonidan qo’llab quvvatlash kabilar.
6).Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ekologizasiya qilish va resurslarni tejash. Bu yerda muhim
rolni biotexnologiya, tuproqni himoya qiladigan texnologiya, o’simliklarni himoya qilishning
yaxlitlangan usullari, qayta ishlashda chiqitsiz texnologiya va boshqalar o’ynaydi;
7).Fanning roli va uning ishlab chiqarishga ta’sirini kuchaytirish. U barcha resurslarni yirik
kompleks majmualariga to’plash yo’li bilan amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yo’qolishini maksimal
qisqartirishga barcha resurslarni jalb qilish va buning hisobiga yalpi ishlab chiqarish sur’atini
o’stirish qo’yilgan. Ikkinchi bosqichda, ishlab chiqarishni o’stirish, qishloq xo’jaligini ishlab
chiqarish resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, ilg’or xo’jalik yuritish shakllarini
rivojlantirish va bozor mexanizmidan foydalanish hisobiga aholini oziq-ovqat mahsulotlariga
bo’lgan talabini to’laroq qondirish qo’yiladi. Uchinchi bosqichda, aholining barcha oziq-ovqat
mahsulotlariga bo’lgan to’lov qobiliyatini to’la qondirish, biologik jihatdan to’laqonli oziqovqatning keng assortimentini ishlab chiqarish uchun baza yaratish qo’yiladi. Hukumat
tomonidan tuzilgan dasturlar o’z ichiga qishloqni ijtimoiy yangilashning keng jabhasini oladi:
qishloq aholisining mehnat va yashash sharoitini yaxshilash, aholining kamdaromadli guruhi
uchun ijtimoiy tovon to’lash va h.k.
Respublikamizda paxta va don ekinlariga davlat buyurtmasi o’rnatilgan bo’lib, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998 yil 31 dekabrdagi PF-2165-sonli farmoniga muvofiq fermer
xo’jaliklari davlat buyurtmasi hajmidagi yetishtirayotgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida
Moliya Vazirligining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan
hisob-kitob qilish jamg’armasi” mablag’lari hisobidan avans puli (transh) olish imkoniyatiga ega
bo’ldi. Buning ijobiy tomoni shunda bo’ldiki, fermer xo’jaliklari mahsulot yetishtirish uchun zarur
bo’lgan aylanma mablag’larni yuqori foiz stavkalarida tijorat banklaridan qarzga olishga majbur
bo’lmaydi.
O’zbekistonda qishloq xo’jaligi karxonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va
muvofiqlashtirish borasida mustahkam huquqiy–me’yoriy asos yaratilgan. O’zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasi, “Fuqoralik Kodeksi”, “Yer kodeksi”, “Soliq Kodeksi”,
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi, “Shirkat xo’jaligi to’g’risida”gi,
“Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa
me’yoriy hujjatlar respublikamizda qishloq ho’jaligi karxonalari faoliyatining turli jihatlarini tartibga
solib turadi va ularning xo’jalik faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarning hamda boshqa
organlar va tashkilotlarning hamda mansabdor shaxslarning aralashuviga yo’l qo’ymaydi. Davlat
tadbirkorlarning erkinligi, huquqlarini himoya qiladi va ularning faoliyatiga asossiz aralashuvlarni
cheklab turadi.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish maqsadida fermer
xo’jaliklarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish borasida muayyan ishlar
amalga oshirildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunining 29-
moddasi: “Davlat qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtirish va uni realizasiya qilish bilan
shug’ullanuvchi fermer xo’jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini
kafolatlaydi”, - deb e’tirof etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi 347- sonli
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish hamda hisobga qo’yish tizimini
takomillashtirish to’g’risida”gi qarori bilan tadbirkorlik subyektlarini, jumladan, fermer xo’jaliklarini
davlat ro’yxatiga olish va hisobga qo’yishning yengillashtirilgan tadbiri joriy etildi. Unga ko’ra,
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatiga olish “bir yo’la” tamoyili asosida, ularni avtomatik tarzda
hisobga qo’yish bilan amalga oshiriladi. Qarorga muvofiq tuman hokimiyatlari tarkibida davlat
ro’yxatiga olish bo’yicha maxsus xizmat tashkil etilgan bo’lib, uning xodimlari tadbirkorlarni davlat
ro’yxatidan o’tkazish bilan bog’liq barcha hujjatlarni tayorlash, ularni yo’l fondi, mehnat, bandlik va
ijtimoiy ta’minot bo’limi, soliq hamda statistika organlarida hisobga qo’yish ishlarini o’zlari amalga
oshiradilar.
Fermer xo’jaligini yer ijrosi bilan bog’liq barcha hujjatlar tayyor bo’lgan taqdirda davlat
ro’yxatiga olishning umumiy muddati (ichki ishlar bo’limidan muhr hamda burchak shtampini
tayorlashga ruxsat olishni ham qo’shib hisoblanganda) 12 kundan oshmasligi lozimligi ko’rsatildi.
Kuzatishlarning ko’rsatishicha, fermer xo’jaliklarini davlat ro’yxatiga olishning bu
yengillashtirilgan tartibi joriy etilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Chunki, qaror qabul qilingunga
qadar fermer xo’jaligi tashkil etish istagida bo’lgan fuqoralarni ro’yxatga olish ishlari asossiz
ravishda, turli ma’muriyatchilik va sansolarlik tufayli cho’zib yuborilar edi.
Fermer xo’jaliklari qonunda belgilab berilgan tartibda hisob va hisobot ishlarini yuritadilar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 fevraldagi “Kichik va o’rta biznes
korxonalar uchun hisobotlar yuritilishini qisqartirish hamda soddalashtirish chora – tadbirlari
to’g’risida”gi 65 – sonli qaroriga muvofiq 2000 yilning 1- choragidan fermer xo’jaliklari uchun
maksimal qisqartirilgan va soddalashtirilgan hisob shakli hamda uni taqdim etish belgilab berilgan.
Qishloq xo`jaligi respublika xalq xo`jaligining eng muhim va yirik tarmog`idir.
Shuning uchun ham bu tarmoqda o`tish davrida bozor iqtisodi talablariga javob
beradigan munosabatlar tizimini barpo etish ob`ektiv zaruriyat hisoblanadi. Chunki
ma`muriy-buyruqbozlik asosida markazdan rejali boshqarilgan iqtisodiyot
sharoitidagi qishloq xo`jaligidagi davlat yakka hokimligi (qancha maydonga
qanday ekinlar ekilishi, qanday mahsulotlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish
zarurligi, ularni qat`iy belgilangan baholarda sotib olish, ishlab chiqarish vositalari
bilan ta`minlash, daromadni taqsimlash, mulkiy munosabatlarda va boshqalarda)
tarmoqda bozor iqtisodi munosabatlarini talab darajasida shakllantirish
imkoniyatini bermaydi. Darhaqiqat, bozor iqtisodi avvalgi iqtisoddan tubdan,
shaklan va mazmunan farq qiladi. Bozor iqtisodiga o`tishda, shuningdek, bozor
iqtisodi sharoitida qishloq xo`jaligida ma`lum munosabatlarni qonunlar doirasida
hal etishda davlatning rahbarligi bo`lishi lozim. Lekin u qishloq xo`jaligidagi
korxonalarning to`liq erkinligi bilan bog`liq holda amalga oshirilishi zarur. Qishloq
xo`jaligiga davlat rahbarligini asosan davlat bosh islohotchi sifatida muttasil
amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir.
«Agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlantirish muammolari
islohotlarning dastlabki bosqichida hamda O`zbekistonning bozorga o`tish
strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Biz qishloqning ustun darajada
rivojlanishini ta`minlashni, qishloq xo`jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta
tiklashni o`z oldimizga vazifa qilib qo`ydik.» deb ta`kidlagan O`zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Shunga asoslangan holda davlat
qishloq xo`jaligida bozor iqtisodi munosabatlarini barpo etish maqsadida islohotlar
majmuasini ishlab chiqdi va ularning huquqiy asoslarini ham yaratmoqda. Bunga
respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan quyidagi qonunlar,
Prezidentning farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari yaqqol misol
bo`ladi:
O`zbekiston Respublikasining:
- «Korxonalar to`g`risida»gi;
- «Mulk to`g`risida» gi;
- «Ijara to`g`risida» gi;
- «Tadbirkorlik to`g`risida» gi;
- «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida» gi;
- «Investitsiyalar to`g`risida» gi;
- «Chet el investitsiyalari to`g`risida» gi;
- «Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida» gi;
- «er kodeksi»;
- «Suv va suvdan foydalanish to`g`risida» gi;
- «Mehnat kodeksi»;
- «Qishloq xo`jalik korxonalarini sanatsiya qilish to`g`risida» gi;
- «Qishloq xo`jalik kooperativlari (shirkatlar) to`g`risida» gi;
- «Fermer xo`jaligi to`g`risida» gi;
- «Qishloq xo`jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to`g`risida» gi;
qonunlari, Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo`jalik mahsulotlari kontraktatsiya
shartnomalarini tuzish va bajarish to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash to`g`risida» gi
qarori, Respublika Prezidentining «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish choratadbirlari to`g`risida»gi va boshqa farmonlari shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda davlat rahbarligida qishloq xo`jaligini moliyalashtirish, kreditlash
hamda soliqlar tizimlari ishlab chiqilib, ular hayotga bosqichma-bosqich tatbiq
qilinmoqda. Davlat, shuningdek, fan, texnika, ilg`or va samarali texnologiyalar
tizimlarini tarmoq miqyosida ishlab chiqishga ham, qishloq aholisini ijtimoiyiqtisodiy himoya qilishga ham rahbarlikni amalga oshirmoqda.
Qishloq xo`jaligida davlatning bevosita rahbarligida agrar islohotlarning
negizi hisoblangan er va mulk islohotlari amalga oshirilmoqda, davlat va jamoa
xo`jaliklari negizida shakllangan va mazmunan yangi jamoa, shirkat, fermer,
dehqon xo`jaliklari, qo`shma korxonalar tashkil etilmoqda. Qishloq xo`jaligidagi
davlat korxonalariga davlatning rahbarlik ko`lami nodavlat xo`jaliklarga nisbatan
ko`proq. Shu bilan birgalikda o`tish davrida davlat talabini e`tiborga olgan holda
jamoa va shirkat, fermer xo`jaliklariga ham qancha paxta, g`alla va sholi
mahsulotlari etishtirish davlat buyurtmasi shaklida belgilab berilmoqda. Bu hol
keyinchalik kamayib, uni erkin bozor qonunlari asosida shartnomalar bo`yicha
amalga oshirish ta`minlanadi. Demak, kelajakda qishloq xo`jaligiga davlatning
rahbarligi yanada takomillashtiriladi. Buning uchun davlatning uzoq muddatga
mo`ljallangan dasturlari ishlab chiqiladi. Ularda tomonlarning manfaatlariga
alohida e`tibor berish maqsadga muvofiqdir. Darhaqiqat, ishlab chiqarishning
ravnaqini faqat manfaat ta`minlaydi. U moddiy,ma`naviy va boshqa shakllarda
amalga oshiriladi.
Davlat bu tarmoq bilan bog`liq bo`lgan tarmoqlarni ham (xizmat
ko`rsatuvchi, qayta ishlovchi, sotuvchi) isloh qilishga alohida e`tibor berdi.
Natijada bu tarmoqlardagi davlat korxonalari davlat aktsiyadorlik korxonalariga,
tashkilotlariga aylantirildi. Masalan, paxta zavodlari, un,non, yog`-moy, go`sht
kombinatlari,konserva zavodlari .
Natijada shu tarmoqlarda bozor munosabatlarini erkin amalga oshirish
imkoniyatiga ega bo`lgan turli shakldagi mustaqil korxonalar, birlashmalar,
uyushmalar tashkil etildi. Ularning serqirrali faoliyatlarini samarali boshqarishni
ta`minlash qobiliyatiga ega bo`lgan tarmoq tashkilotlari ham davlatning bevosita
rahbarligida tashkil etilib, takomillashtirilmoqda. Chunonchi, Qishloq xo`jaligi
vazirligi Melioratsiya va suv xo`jaligi vazirligi bilan uyg`unlashtirilib, yagona
Qishloq va suv xo`jaligi vazirligiga aylantirildi. Unga 2001 yilda O`rmon xo`jaligi
davlat qo`mitasi ham qo`shildi.2003 yilda shu vazirlik tarkibiga
«O`zgo`shtsutsanoati», «O`zparrandasanoat» aktsionerlik tarmoqlari ham qo`shib
yuborildi.Natijada bu yirik vazirlikning maqsadi va vazifasi tubdan o`zgartirildi. U
hozirgi davrda qishloq, suv hamda o`rmon xo`jaliklarida iqtisodiy islohotlarning
samarali tizimlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish bilan
shug`ullanmoqda.
Shu bilan birgalikda «O`zpaxtasanoatsotish» uyushmasi, «O`zdonmahsulot»
davlat-aktsiyadorlik korporatsiyasi, «O`zqishloqxo`jalikta`minottuzatish» davlat
kooperativ qo`mitasi, «O`zmevasabzavotuzumsanoat» xolding kompaniyasi,
«O`zqishloqxo`jalikkimyo» davlat aktsiyadorlik jamiyati, er resurslari qo`mitasi,
«O`zagromashservis» uyushmasi, «O`zagrosug`urta» davlat aktsiyadorlik
kompaniyasi, «O`zqishloqxo`jaliklizing» aktsionerlik kompaniyasi, O`zbekiston
dehqon va fermer xo`jaliklari uyushmasi tashkil etildi. Islohotlar faqat tarmoqlarda
yangi vazirliklar, kontsernlar, kompaniyalar tashkil etishgagina emas, balki qishloq
xo`jaligi va u bilan bog`liq bo`lgan xo`jaliklar va tarmoqlarning boshqaruv tizimini
bozor iqtisodi talablariga moslashtirishga qaratilmoqda. Davlat rahbarligida
amalga oshirilayotgan islohotlar tarmoqqa ichki hamda chet el investitsiyalarini
jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratmoqda. Bular pirovard natijada qishloq
xo`jaligining yanada rivojlanishini, samaradorligi oshishini ta`minlaydi.
2. Er islohoti, uning amalga oshirilishi
Er islohotini rivojlantirish maqsadida O`zbekiston Respublikasining «er
Kodeksi»ga Oliy majlisning 2004 yilning 28-29 avgustida bo`lib o`tgan
sessiyasida talaygina o`zgartirishlar kiritildi. Jumladan, qishloq xo`jalik
kooperativlariga (shirkatlariga) hamda boshqa korxona tashkilotlariga qishloq
xo`jalik ishlab chiqarish maqsadida erlardan to`liq va samarali foydalanish uchun
ijaraga yoki doimiy foydalanishga erlarni qo`shimcha imkoniyati berilgan. Qishloq
xo`jalik erlarini qishloq xo`jalik shirkatlariga ma`lum muddatga ijaraga berish
boshqa tashkilotlarga doimiy foydalanishga berish huquqiga tuman hohoshi yoki
viloyat hokimi ega. Bunday holatni shakllantirilishi bizningcha, er islohotini
soddalashtirishga emas, balki murakkablashtirishga, noaniqlikka olib kelishi
mumkin. Chunki endilikda shirkat xo`jaliklarining rahbarlari tuman hokimidan
tashqari yana viloyat hokimining ham roziligini olishi zarur. Bu vaqt hamda
mablag` sarfini oshishiga olib keladi. Shuning bilan birgalikda tuman
hokimlarining rolini ham pasayishiga olib keladi. Bunday holni oldini olish uchun
avvalgi tartibni saqlagan holda intizomiy javobgarlikni hamda ma`suliyatni
kuchaytirish lozim.
2004 yilning sentyabr oyidan boshlab fermer xo`jaliklariga erni ijraga berish
30 yildan 50 yilgacha bo`lgan muddat belgilanadi. Shu davrgacha esa eng kami 10
yil deb belgilangan edi. Endilikda shu davrgacha cho`zilgan ijara muddatlari
avtomatik ravishda 30 yilga o`zgartirildi. Masalan, fermer erni 10,15,25 yilga
ijaraga olgan bo`lsa, 2004 yilning sentbr oyidan boshlab, ularning muddati 30 yil
deb tan olinadi. Agarda 30 , 65 , 40 , 50 yilga ijaraga olingan bo`lsa, bu muddatlar
saqlanib qolinadi.
Qishloq xo`jalik kooperativlarida (shirkatlarida) qishloq xo`jaligi
mahsulotlarini etishtirish uchun umumiy yig`ilishning qaroriga binoan oilaga 5 yil
muddatga pudratga beriladi. Shu muddat tugagach, pudratchi belgilangan shartlarni
buzmagan bo`lsa, shu erlarni unga pudratga berish yangi muddatga uzaytiriladi.
Respublikamiz qishloq xo`jaligini barqaror rivojlantirishda er-suv
resurslarining ahamiyati beqiyos. Chunki ular yordamida mamlakatimiz ichki yalpi
mahsulotining to`rtdan uch qismi, xalqimiz iste`mol qilayotgan mahsulotlarning 95
foizi etishtirilmoqda. Shunday ekan, ulardan kelajakda yanada to`liqroq,
samaraliroq foydalanish dolzarb muammo hisoblanadi. Uni hal etish maqsadida
respublika hukumati tomonidan siyosiy, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda
ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi,
er, suv, mulk to`g`risidagi qonunlar, kodekslar qabul qilindi. Ularda
respublikamizda erlarga, suvlarga egalik qilish, ulardan maqsadga muvofiq hamda
samarali foydalanish borasidagi munosabatlar tizimi va ularni amalga oshirish
tartibi ko`rsatilgan. er-suv resurslariga egalik qilishning huquqiy asosi O`zbekiston
Konstitutsiyasining 55-moddasida «er…suv…umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir» deb alohida
ta`kidlangan.
Respublikamiz jami er maydoniga umummilliy boylik, davlat mulki sifatida
egalik qilish huquqi O`zbekiston Oliy Kengashi zimmasiga yuklatilgan. Oliy
Kengash o`z vakolatidagi er munosabatlarining ayrim masalalarini xalq deputatlari
qishloq, shahar, posyolka, tuman hamda viloyat kengashlari va ularning ijroiya
qo`mitalari zimmasiga yuklagan. Ular yuqorida keltirilgan qonun talablaridan kelib
chiqqan holda erlarni ulardan oqilona, samarali foydalanish maqsadida
foydalanuvchilarga ma`lum muddatga haq to`lash evaziga foydalanish uchun
bermoqdalar. Demak, ular er islohotini amalga oshirishga ma`suldirlar. Chunki
ular erlarni samarali foydalanish uchun haqiqiy egasiga berish bilan bog`liq
bo`lgan masalalarni hal etadilar.
So`nggi yillarda erlar qonunda belgilangan tartibda qishloq xo`jalik
korxonalariga turli muddatlarga foydalanish uchun haq to`lash evaziga (er solig`i)
ijaraga berilmoqda. Masalan, 2002 yilning boshiga respublikamiz jami er
fondining 56,3 foizi yoki 25,3 mln. gektari jamoa hamda shirkat xo`jaliklariga,
642,4 ming gektari esa mustaqil fermer va dehqon xo`jaliklariga uzoq muddatga
foydalanishga berilgan.
Shu bilan birgalikda respublika fuqarolariga shaxsiy yordamchi
xo`jaliklarini, jamoa bog`dorchiligini, uzumchiligini yaratish hamda yakka
tartibdagi uy-joy qurilishi va uni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldirish
sharti va umrbod egalik qilish huquqi bilan belgilangan miqdorda er berilmoqda.
Demak, shu qoidaga muvofiq erni avloddan-avlodga meros qilib qoldirish
ta`minlangan. Ya`ni shu erlarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish huquqi
fuqarolarga umrbod berilgan. Bu respublikamiz er islohotidagi eng muhim yutuq
hisoblanadi. Lekin fuqarolar qonunlarda ko`rsatilgan shartlarni buzsalar, ularning
erga merosxo`r sifatida egalik qilish huquqi yuqoridagi tashkilotlar tomonidan
bekor etilishi ham ko`rsatilgan. Islohot natijasida respublika qishloq hududlarida
yashayotgan fuqarolarga umrbod foydalanish uchun 1990-2002 yillar davomida
600 ming gektarga yaqin qishloq xo`jalik erlari berildi. Bu maydon Andijon
viloyatining qishloq xo`jalik erlariga nisbatan 2,2 marta, Farg`ona viloyatinikiga
nisbatan 1,8 barobar ko`pdir. erlarni berish natijasida 3,2 mln. dan ortiq oilaning er
bilan ta`minlanganlik darajasi hozirgi davrda qondirilgan. 2001 yilning boshiga
kelib mamlakat aholisi ixtiyorida 625,8 ming gektar tomorqa erlari bor edi. Aholi
berilgan erga qonun doirasida egalik qilish hamda undan samarali foydalanish
natijasida yurtdoshlarimizni qishloq xo`jalik mahsulotlari bilan ta`minlashga ulkan
hissa qo`shmoqda. 2001 yilda aholi ixtiyoridagi erlardan respublikada etishtirilgan
jami don mahsulotlarining 19,3 foizi, kartoshkaning-80 foizi, sabzavotning-74,8
foizi, poliz mahsulotlarining-64 foizi, uzumning-35 foizi olingan. Shuningdek,
tomorqa xo`jaliklarida jami go`sht mahsulotlarining-91,1 foizi, sutning-93,6 foizi
etishtirilgan. Ta`kidlash kerakki, erlarni yuridik shaxslarga uzoq muddat
foydalanish uchun ijaraga berish jarayonida ma`lum qiyinchiliklar kelib
chiqmoqda. Masalan, mustaqil faoliyat ko`rsatish huquqiga ega bo`lgan fermer
xo`jaliklari foydalanish uchun er so`rab, o`zi joylashgan hududdagi tuman
hokimligiga hamda xo`jalikning rahbariga yozma ravishda murojaat etmoqdalar.
Lekin bu masala ayrim hollarda belgilangan 1 oy muddatda hal etilmayotir. Buning
bir qancha sabablari mavjud. Darhol er berish uchun tuman xalq deputatlari ijroiya
qo`mitalarining ixtiyorida bo`sh erlar yo`q. Demak, ular so`zsiz xo`jalik
rahbarlariga murojaat etadilar. Xo`jalik rahbarlari esa o`z ixtiyorlaridagi erlarni
osonlikcha berishmaydi. Chunki ularning zimmasida davlat buyurtmalari bor,
qolaversa, shu erlardan ma`lum miqdorda foyda oladilar. Shunday ekan, xo`jaliklar
ixtiyoridagi erlarni mustaqil fermer, dehqon xo`jaliklariga olib berishda yuqorida
ko`rsatilgan masalalarning hal etilishiga alohida e`tibor berish zarur. Shu bilan
birgalikda mustaqil fermer va dehqon xo`jaliklariga erlarni qishloq xo`jalik yili
boshlanmasdan hamda kuzgi don ekinlari hosili yig`ishtirib olingandan so`ng
berilishini ta`minlash maqsadga muvofiqdir.
O`zbekistonda er munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Prezident I.A.
Karimov tomonidan 1994 yil may oyida «erlardan foydalanishni yaxshilash
to`g`risida» maxsus farmon imzolangan. Shu farmonga ko`ra, ma`lum miqdordagi
er maydonlarini xususiy mulk sifatida «kim oshdi» savdolarida sotishga ruxsat
etilgan. Ulkan siyosiy ahamiyatga molik tadbirdir. Shunday ekan, sotilishi
belgilangan er maydonining dastlabki bahosini belgilash bilan bog`liq bo`lgan
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish lozim. Unda qanday erlar sotilayotganligi,
ularning qanday joyda joylashganligi, kommunikatsiyalar tizimining
rivojlanganligi, olinayotgan foyda miqdori, inflyatsiya koeffitsienti va boshqa
masalalar e`tiborga olinishi lozim.
erlardan foydalanganlik uchun yagona er solig`ining 1999 yil 1 yanvardan
joriy etilishi munosabati bilan yangi muammo shakllanmoqda. Chunki avval er
solig`i to`liq mahalliy byudjetga o`tkazilar edi. Endilikda esa bu masala to`liq hal
etilmagan. Chunki hozirgi yagona er solig`i tarkibi bir nechta soliqlardan tashkil
topgan. Lekin ularning qanday taqsimlanishi to`liq ko`rsatilmagan. Oqibatda
mahalliy byudjet evaziga erlarning sifatini yaxshilash bilan bog`liq bo`lgan
mablag`lar miqdori qisqarishi erlarning iqtisodiy unumdorligiga salbiy ta`sir
ko`rsatishi mumkin.
Ta`kidlangan masalalarning ijobiy hal etilishi er munosabatlari
takomillashishini ta`minlaydi.
3. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
Markazdan rejali boshqarilgan iqtisodiyot yillarida qishloq xo`jaligida: a)
davlat mulki; b) kolxoz-kooperativ mulki; v) shaxsiy mulk shakllari mavjud edi.
1992 yilgacha respublikamiz qishloq xo`jaligida mavjud bo`lgan mulkning 99,9
foizini davlat va kolxoz-kooperativ mulki tashkil etardi. Qishloq aholisining
shaxsiy mulki esa juda ham kam edi. Bunday hol bozor iqtisodi talablariga javob
bermaydi. Bozor iqtisodi sharoitida mulkchilikning turli shakllari va erkin mulk
munosabatlari mavjud bo`lishi, bunda xususiy mulkchilikni rivojlantirishga
alohida e`tibor berilishi lozim. Bu masalani hal etish uchun huquqiy asoslar
yaratildi: «Mulk to`g`risida», «Ijara to`g`risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish to`g`risida»gi qonunlar va qarorlar, farmonlar qabul qilindi.
Shularga asoslangan holda tarmoqda bosqichma-bosqich mulkchilikning
quyidagi turlari tashkil etilmoqda: a) cheklangan miqdorda davlat mulki
saqlanmoqda; b) jamoa mulki, uning turlari keng miqyosda tashkil etilmoqda; v)
xususiy, shaxsiy mulk ham rivojlantirilmoqda; g) aralash (qo`shma) mulkning
tashkil etilishiga imkoniyat yaratilmoqda.
Yuqorida qayd etilgan mulkchilik shakllarining hajmi qishloq xo`jaligida
ham bosqichma-bosqich o`zgarib bormoqda. Davlat mulkining hajmi, salmog`i
qisqarishi hisobiga jamoa, shaxsiy, qo`shma va xususiy mulk shakllarining
miqdori hamda salmog`i oshmoqda. Masalan, Vazirlar Mahkamasining qaroriga
muvofiq 1992 yili 224 ta davlat xo`jaligi (sovxozlar) iqtisodiy ahvoli nochor
bo`lganligi uchun jamoa xo`jaliklariga, ularning mulki esa jamoa mulkiga
aylantirildi. 1993 yildan boshlab jamoa hamda davlat mulkiga asoslangan
xo`jaliklarning mulki shirkat mulkiga (paychilikka asoslangan) aylantirildi. 1998
yildan boshlab zararga (uch yil davomida) ishlayotgan jamoa va shirkat
xo`jaliklari mustaqil fermer xo`jaliklariga tanlov asosida aylantirilmoqda. 2003
yilning boshiga kelib, barcha jamoa xo`jaliklari negizida 1866 ta shirkat
xo`jaligi tashkil etildi. Endilikda tumanlar miqyosida fermer xo`jaliklari
uyushmalari tuzilmoqda. 2003 yildan boshlab Farg`ona viloyatidagi Yozyovon
tumanida, Buxoro viloyatidagi Romitan tumanida, Sirdaryo viloyatidagi
Mehnatobod va Muzrobod tumanlarida fermerlar uyushmasi tashkil etiladi.
Tugatilayotgan, sanatsiya qilinayotgan korxonalarning mulki fermer xo`jaliklari
o`rtasida belgilangan tartibda taqsimlanmoqda. Shuning natijasida shaxsiy mulk
barpo etilmoqda. Davlat mulki keyinchalik sotish sharti bilan ijaraga berilishi
natijasida ijara mulkiga aylantirilmoqda; ishchi-xizmatchilarning xo`jaliklardan
olayotgan daromadlari, o`z mablag`lari hisobiga davlat mulkining ma`lum
qismini (aktsiyalarini) sotib olishlari natijasida hissadorlik jamiyatlari tashkil
etilmoqda. Qishloq xo`jaligi korxonalari ixtiyoridagi mulkni aholiga sotib,
ulardan o`zlari, shuningdek, yollangan mehnatdan foydalanish natijasida
xususiy, shaxsiy mulk tashkil etilib, rivojlantirilmoqda. Xususiy mulkchilikni
rivojlantirishda davlat iqtisodiy yordam bermoqda.
Qishloq xo`jaligi korxonalari ixtiyoridagi chorvachilik fermalarini sotib
olishda davlat sotib oluvchilarga imtiyozli (foizsiz) kreditlar ham berdi. Natijada
qishloqda mulkdorlar sinfi vujudga kelib, ularni davlat o`z himoyasiga olgan.
Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni kelajakda ham
rivojlantirilishi, takomillashtirilishi zarur.
Qishloq xo`jaligida mavjud bo`lgan mulkdorlarning uyg`unlashishlari
(mulk tarmog`idagi salmog`i bo`yicha) natijasida qo`shma mulk barpo
etilmoqda. Qo`shma mulkchilikni rivojlantirishda chet el yuridik hamda
jismoniy shaxslari ham qatnashishlari mumkin. Qishloq xo`jaligida mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish natijasida nodavlat mulkning
salmog`i ortib bormoqda. 2003 yilning boshiga kelib, qishloq xo`jaligida
nodavlat mulkning salmog`i 99 foizni tashkil etgan. Nodavlat mulkchilikka
asoslangan xo`jaliklarning faoliyati yuksalmoqda. Ularda ekilayotgan
ekinlarning hosildorligi, chorva hayvonlarining mahsuldorligi oshishi hisobiga
foyda ko`payib, rentabellik darajasi yuksalmoqda. Bu, albatta, mulk islohotining
natijasidir. Yuqoridagilarni e`tiborga olgan holda kelajakda qishloqlarda xususiy
va shaxsiy mulkchilikni rivojlantirishga alohida e`tibor berish maqsadga
muvofiqdir. Chunki haqiqiy mulk egasiga aylangan qishloq ahli undan oqilona
hamda samarali foydalanishi tabiiy.
4. Moliya, kredit, soliq va baholar islohoti
2004 yilda qishloq xo`jaligida iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish
maqsadida shirkat hamda fermer xo`jaliklaridan etishtirilayotgan mahsulotlarni
davlat buyurtmalariga binoan sotib olishda avval o`rnatilgan transhlar o`rniga
eksperiment tariqasida bevosita imtiyozli bank kreditlarining summasi sotib
olinadigan mahsulotni etishtirish uchun texnologik kartalarga binoan qilinadigan
xarajatar summasidan kam bo`lmasligi kerak. Lekin bevosita bank kreditlari
bo`yicha beriladigan mablag` yana avvalgi transhdagidek mineral o`g`itlarni,
yoqilg`i va yog`lash materiallarini hamda ehtiyoit qismlar sotib olish maqsad qilib
qo`yilgan. Bunday tartib qishloq xo`jalik korxonalariga olayotgan kredit
mablag`larini o`zlarini hohishlari bo`yicha erkin, mustaqil sarflash imkoniyatini
bermaydi. Shuning oqibatida olinayotgan kredit mablag`lari doim ham samara
keltirmaydi. Chunki ko`pchilik hollarda qishloq xo`jalik korxonalari ishlab
chiqarish yilning dastlabki oylarida ko`proq mablag`ni erni haydashga, uni ekishga
tayyorlashga, ariiq - zovurlarning texnik holatini yaxshilashga sarflashi lozim.
Lekin bevosita kreditdagi mablag` ularni ta`minlash qobiliyatiga ega emas. Ya`ni
xarajatlar kredit mablag`lari bilan ta`minlanmagan. Shunday holat mineral
o`g`itlarni sarflash jarayonida ham sodir bo`lmoqda. Shuning uchun bevosita
berilayotgan kredit mablag`larini sarflash erkinligi korxonalarga berilishi
maqsadga muvofiqdir. 2004 yilda ham davlat buyurtmalari bo`yicha sotib olingan
paxta xom-ashyosining narxi bilan uning chigit urug`i qishloq xo`jalik
texnikalarining erkin narxlari o`rtasida nomutanosiblik saqlanib qolgan. Masalan,
paxta xom-ashyosining davlat xarid narxi 2004 yilda 15,4 foizga oshgan bo`lsa,
paxta ekilgan maydonga ishlov beradigan kultivatorning narxi 33,7 foizga, er
haydaydigan TTZ – 60.11 va TTZ – 100.11 rusumli traktorlarning erkin narxi 22.1
– 26,3 foizga oshgan. Bunday hol qishloq xo`jaligi korxonalarining iqtisodiyotiga
salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Jahondagi iqtisodiy jihatdan eng baquvvat hisoblangan AQShda raqobatga
asoslangan erkin bozor iqtisodiy munosabatlari nihoyatda takomillashgan. Ular
mamlakatdagi barcha sub`ektlarning iqtisodiyotini yuksalishini ta`minlamoqdalar.
Jumladan, 2,5 mlnga yaqin fermer xo`jaliklari 199-2002 yillarda o`rtacha 350 mln.
tonnaga yaqin g`alla ishlab chiqarishga erishishgan. Shundan 200 mln. tonnaga
yaqini ichki talabni qondirgan. qolgani esa chet mamlakatlarga eksport qilingan.
Kichik biznes vakili hisoblangan fermer xo`jaligida ishlayotgan bir kishi (1998-
2000 yillarda o`rtacha) 150 ga yaqin kishilarni oziq-ovqat va xom-ashyoga
bo`lgan talabini qondirgan. AQSh fermerlari tomonidan yaratilayotgan qishloq
xo`jaligi mahsulotlari erkin bozor munosabatlari asosida sotilmoqda. Masalan,
mamlakatda etishtirilayotgan bug`doyni sotish bilan asosan «AQSh bug`doy
assotsiatsiyasi» shug`ullanadi. Bu assotsiatsiya qishloq xo`jaligi vazirligi
tomonidan byudjetdan hamda fermerlarning ajratayotgan mablag`lari evaziga
faoliyat ko`rsatadi. Unig asosiy maqsadi mamlakatda etishtirilayotgan bug`doy
donini ichki va tashqi bozorda samarali sotish. Maqsadni hal etsh uchun
assotsiatsiya tarkibida 27 ta «bug`doy komissiyasi» tashkil etilgan. Shundan 13 tasi
mamlakatning ichki bozorida, 14 tasi esa chet ellarda, AQSh da mavjud bo`lgan
hamda etishtirilishi mumkin bo`lgan bug`doyni sotish bilan shug`ullanadilar.
Ularning ko`pchiligida yuqori malakali xodimlar uddaburonlik bilan faoliyat
ko`rsatmoqdalar. Ular avval fermerlar bilan birgalikda qancha miqdorda, qanday
sifatli bug`doy donini etishtirish imkoniyatlarini Aniqlab olishib, so`ng
iste`molchilar bilan bog`lanishadilar. Shundan so`ng bug`doy sotuvchi fermerlarni
uni oluvchi bilan bog`lab, oldi-sotdi shartnomalarini tuzadilar. Bug`doy donini
sotayotgan har bir fermer asstsiatsiyasi xodimi tomonidan sotilgan har bir bushel`
bug`doy doni uchun yarim isit miqdorida shu komissiyaning jamg`armasiga
ajratadilar.
Assotsiatsiya jamg`armasining boyitish maqsadida uning xodimlari ko`proq
mahsulotlarni oluvchilarni topishga harakat qilishadi. Shunday qilib, ular bug`doy
donini ishlab chiqaruvchi fermerlarga mahsulotlarini vaqtida sotish bo`yicha
xizmat ko`rsatadilar. Fermerlar esa asosan bozor talabini e`tiborga olgan tarzda
sifatli mahsulot etishtirish bilan shug`ullanadilar.
AQSh fermerlari davlat siyosatini ichki va tahqi bozor talablarini e`tiborga
olgan holda ham sifatli qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishitirishga kirishadilar.
Jumladan, ular fan, Yangi texnikalarni, samarali texgologiyalarni izchillik bilan
o`zlarining barcha faoliyatlariga joriy etishga harakat qiladilar. Shu maqsadda,
aksariyat fermerlar ilmiy tashkilotlar bilan yaqin aloqada bo`lishadi. Shu jarayonda
ilmiy tashkilotlarning xodimlari ham faol harakatda bo`ladilar. Ular o`zlaridagi
fan, texnika hamda texnologik yangiliklar bilan fermerlarni bevosita xabardor etib,
o`zlarining takliflarini fermerlar ishlab chiqarishiga joriy etishda faol ishtirok
etadilar. Bu munosabat tomonlarning kelishgan holda tuzilgan shartnomalarida
batafsil aks ettiriladi. Fermerlar ilg`or Van, Yangi texnika va texnologiyalarning
samarali deb hisoblashgach, ilmiy muassasalar bo`lgan munosabatlarini yanada
rivojlantirishga intiladilar. Bir misol, AQSh da eng ko`p bog`doy etishtiradigan
shtatlardan biri Montana shtati hisoblanadi. U erda 1 mln. gektardan oshiqroq
maydonga bug`doy ekiladi. Har bir gektar maydonda so`nggi yillarda 18-20
tsentnerdan bug`doy hosili olingan. Shu shtatda Les Auer degan fermer 600 ga
yaqin maydonni shudgor qilib, o`g`itlardan foydalangan holda bug`doy ekadi.
U qishloq xo`jalik institutlariningilmiy xodimlarining takliflarini o`z fermer
xo`jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish maqsadida shartnoma tuzgan. Olimlarning
takliflariga ko`ra, ko`rashudgorlash o`rniga erlarni kul`tivatsiya qilishga, o`g`itlarni
ishlatish o`rniga gerbitsidlardan foydalanishga o`tgan. Shularning natijasida har bir
bushel` g`alla ekish xarajatlarini kamaytirib, bug`doyning shosildorligini
oshirishga erishgan. Natijada xo`jalikda mehnat unumdorligi hamda foyda
summasi sezirarli darajada oshgan. Olimlar ham o`z mehnatlari uchun etarli
miqdorda mablag` olganlar. Xullas, Yangi agrotexnik tadbir tomonlar uchun
manfaatli bo`lgan.
Olimlarning bug`doy etishtirish sohasidagi agrotexnik tadbirlarni
takomillashtirishga oid samarali takliflarini o`z xo`jaligi faoliyatida sinab yuqori
natijaga erishgan Les Auer bug`doy ekiladigan maydonini ikki marotaba
kengaytirishni rejalashtirgan. Bunday misollar AQSh fermer xo`jaliklari
faoliyatida talaygina.
Gollandiyada jahonga tarqalgan chiroyli, nafis gullarning Urug`larini etishtirish
bilan shug`ullanadigan fermerlar o`z faoliyatlarni olimlar bilan chambarchas
bog`laganlar. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda har qanday korxonani samarali
faoliyat ko`rsatishiga katta e`tibor beriladi. Buning uchun bo`lajak
boshqaruvchilarni tayyorlashga harakat qilinadi.shu maqsadda, AQSh
maktablarida 10 ga to`lgan o`quvchilardan boshlab bara sub`ektlar faoliyatini
boshqarish bilan bog`liq bo`lgan bilimlarni bosqichma-bosqich o`qitishni yo`lga
qo`yadilar. Ular maktabda olgan bilimlarini kelajakda institut va universitetlarda
yanada teranlashtirib boradilar. Malakali, uddaburon baoshqarvchilarni
tayyorlashda korxonalar ham katta rol` o`ynaydi. Shu maqsadda, korxonalarning
rahbarlari, egalari bilim maskanlariga borishib iqtidorli, bilimli talabalarni tanlab
olib, ularni tayyorlash bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarni moliyalashtiradilar. Ularni
o`qishni bitirganlaridan keyin ish bilan ta`minlaydilar. Yosh mutaxassislar shu
korxona oldidagi burchini bajarishga harakat qiladilar. Bundan tomonlar har
tomonlama manfaatdor. Yuqorida keltirilgan va ma`ruzada aytiladigan ayrim chet
el tajribalarini Respublika qishloq xo`jaligidagi kichik korxona hisoblangan fermer
xo`jaliklarining serqirrali faoliyatida qo`llash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun
birinchidan, fermerlarning o`zlari barkamol, etuk, bilimdon, tadbirkor rahbar
bo`lishlari kerak. Ikkinchidan esa, korxonalar, tashkilotlar, olimlar, mutaxassislar
o`zlarining xizmatlarini fermerlarga ko`rsatish maqsadida ular bilan aloqalarni
rivojlantirishlari zarur. Xullas, tomonlar o`rtasidagi munosabatlarni o`zaro
manfaatli tarzda rivojlantirishga erishishlari shart. Shundagina kichik korxona
hisoblangan fermer xo`jaliklarining yonida boshqalrning iqtisoditi rivojlanadi.
Bu holatni XII mavzuni o`rganishda ham foydalanish lozim.
Qishloq xo`jaligida erkin bozor munosabatlarini shakllantirish maqsadida
moliya, soliq, kredit hamda baholar tizimini isloh etish ob`ektiv zaruriyat
hisoblanadi. Chunki davlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarning faoliyatini
moliyalashtirish, ularga vaqtincha foydalanish uchun bo`sh bo`lgan mablag`larni
kredit shaklida berish, etishtirilayotgan mahsulotlarning xarid qilish baholari
davlat tomonidan markazdan rejali tarzda amalga oshirilar edi. Erkin bozor
iqtisodiyoti sharoitida esa korxonalar ishlab chiqarishi uchun zarur bo`lgan
mablag`larni eng avvalo o`zlari ishlab topishlari kerak. Mablag` etishmagan
hollarda uni chetdan o`zaro manfaatli tarzda olishga, ishlab chiqargan
mahsulotlarini esa bozor talablari asosida sotishga harakat qilishlari lozim.
Shunday ekan, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich davlat rahbarligida
o`tilayotgan davrda respublikamiz qishloq xo`jaligida moliya, kredit, soliq
hamda baholar islohoti qay tarzda amalga oshirilmoqda?
Bu o`rinda ta`kidlash kerakki, qishloq xo`jalik erlariga, yirik irrigatsiyamelioratsiya inshootlariga nisbatan davlat mulkchiligi saqlanib qolganligi tufayli
yangi erlarni kompleks o`zlashtirish, foydalanilayotgan erlarning unumdorligini
oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari,
yirik irrigatsiya-melioratsiya inshootlarini qurish, ta`mirlash va ulardan
foydalanish uchun davlat byudjetidan mablag` ajratilmoqda. Qishloq hududlarida
ekologik muhitni sog`lomlashtirish bilan bog`liq bo`lgan tadbirlarga ham, qishloq
xo`jaligidagi urug`chilik, selektsiya, naslchilik, veterinariya sohalariga ham
mablag`lar byudjetdan berilmoqda. Bundan tashqari tarmoqdagi davlat
tashkilotlarining faoliyatlari ham byudjetdan ajratilayotgan mablag`lar evaziga
moliyalashtirmoqda. Shirkat, fermer, mustaqil dehqon xo`jaliklari esa ishlab
chiqarishi uchun talab etilgan mablag`larning asosiy qismini o`z hisoblaridan
sarflamoqdalar.
Ular ishlab chiqarish vositalarini o`z foydalari, amortizatsiya fondi hamda
asosiy vositalarni tugatishdan olayotgan mablag`lari hisobidan xarid qilmoqdalar.
Bunday mablag`lar etishmagan hollarda chetdan vaqtincha bo`sh bo`lgan
mablag`larni manfaatli ravishda jalb etishga harakat qilmoqdalar.
Shuningdek, bu jarayonda homiylarning ajratmalari, turli xildagi kredit
institutlarining vaqtincha bo`sh bo`lgan mablag`lari, barcha investorlarning
sarmoyalari jalb etilmoqda. Bunda o`zaro manfaatlar e`tiborga olinmoqda. Qishloq
xo`jalik korxonalari aktsionerlik-tijorat banklaridan asosiy vositalar uchun uzoq,
aylanma vositalar uchun esa qisqa muddatli kreditlar oladilar. Ularni olishda kredit
stavkalarining foiz darajasiga hamda qaytarib berish vaqtining boshlanishiga
alohida e`tibor berishlari lozim. Lekin hozirgi davrda qishloq xo`jalik korxonalari
kam foyda olayotganligi, rentabelligi pastligi uchun kredit institutlari ularga juda
ham oz miqdorda kredit mablag`lari bermoqdalar. Bu ularning talablarini mutlaqo
qondira olmayapti. Shuning uchun qishloq xo`jalik korxonalari banklardan kredit
olish uchun etishtirayotgan mahsulotlarini va oladigan daromadlarini ham garovga
qo`yishlari kerak.
O`tish davrining hozirgi bosqichida davlat ehtiyojlari uchun talab etilmagan
miqdordagi paxta, g`alla, sholi mahsulotlari etishtirishni davlat byudjetidan maxsus
fondlar orqali moliyalashtirish amalga oshirilmoqda. Lekin bu mablag` qishloq
xo`jalik ishlab chiqarishi uchun zarur bo`lgan yoqilg`i, yonilg`i, mineral o`g`itlar,
ehtiyot qismlar sotib olish uchun sarflanmoqda. Qishloq xo`jalik korxonalari
bunday mablag`larning atigi 7 foizinigina ish haqi sifatida sarflashi mumkin. 93
foizi yuqoridagi yo`nalishlar uchun sarflanadi. Bu borada xo`jaliklar uchun
erkinlik berilmagan. Kelajakda bu jarayonni qisman bo`lsa ham takomillashtirish,
ya`ni korxonalarga bunday mablag`larni sarflashda erkinlik berish maqsadga
muvofiqdir. Qishloq xo`jaligiga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishga
alohida e`tibor berish lozim. Uning huquqiy asoslari yaratilgan. Chunonchi,
«Investitsion faoliyat to`g`risida», «Chet el investitsiyalari to`g`risida»gi qonunlar
qabul qilingan. Demak, endilikda korxonalar hamkorlar qidirib topishga harakat
qilishlari kerak. Shuningdek, davlat kanallari orqali kelayotgan investitsiyalarning
bir qismini qishloq xo`jaligiga yo`naltirish ham foydadan xoli emas.
O`tish davrida qishloq xo`jalik korxonalaridan olinayotgan soliqlar tizimi
ham takomillashtirilmoqda. 1999 yilgacha ular daromad, er, suv, mulk, aktsiz va
boshqa turdagi soliqlarni,to`lovlarni to`lar edilar. 1999 yilning 1 yanvaridan
boshlab korxonalardan yagona er solig`i olinmoqda. Uning miqdori er
unumdorligiga(erning bal bonitet klasslariga) qarab belgilanadi. Lekin yagona er
solig`i miqdorini (stavkasini) aniqlash tartibini xo`jaliklar bilmaydilar. Ular tuman
soliq inspektsiyalari tomonidan berilgan stavkalar bo`yicha soliq summasini
aniqlab, belgilangan muddatlarda mahalliy byudjetga o`tkazadilar.
Yagona er solig`ining joriy etilishi xo`jaliklar uchun ancha qulaylik
tug`dirdi. Chunki 10 ta soliq turi bo`yicha hisob-kitob qilgandan ko`ra, yagona
soliqni hisoblash ancha engil. Lekin yagona er solig`i joriy etilishi bilan byudjetga
to`lanayotgan summa qisqarish o`rniga oshdi. Bu hol xo`jaliklarni ancha
o`ylantirmoqda. Shuning uchun uning stavkalarini ko`rib chiqish hozirgi vaqtda
xo`jaliklar uchun eng muhim masala hisoblanadi. Chunki so`nggi yillarda tuproq
unumdorligining pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda. 1992 yildan qishloq xo`jalik
korxonalari etishtirayotgan barcha mahsulotlarini erkin sotish imkoniyatlariga ega
bo`la boshladilar.Bu tarmoqda baholar islohoti amalga oshirilayotganligidan
dalolat beradi.
Hozirgi davrda xo`jaliklar etishtirayotgan mahsulotlarini bir qancha turdagi
narxlarda sotmoqdalar. Jumladan:
- davlat ehtiyojiga kerak bo`lgan paxta, bug`doy, sholining rejalashtirilgan hosilga
nisbatan 30 foizini davlat xarid narxlarida;
- etishtirilgan hoslining davlat buyurmalaridan ortig`ini hamda davlat ehtiyoji uchun
olish mahsulotlarni oluvchilar bilan tuzilgan shartnomalarda ko`rsatilgan
kelishilgan baholarda (ularni shartnoma baholari ham deb atashadi);
- erkin sotiladigan mahsulotlarni erkin baholarda sotmoqdalar;
- xo`jalik ichida iste`mol qilinadigan yoki foydalaniladigan mahsulotlarni esa
ularning tannarxlarida o`tkazmoqdalar.
Bular bozor iqtisodiyoti talablariga to`liq javob bermaydi. Shuning uchun
uni kelajakda yanada takomillashtirish talab etiladi.
Tayanch iboralar:
Tadbirkorlik, iqtisodiy negizi, shakllari, jamoa xo`jaliklari, jamoa mulki,
shirkatlar, fermer xo`jaliklari, dehqon xo`jaliklari, qo`shma korxonalar, qo`shma
mulklar, xususiy korxonalar, xususiy mulk.
Yüklə 245,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə