1-mavzu. Qurilishda bahoni shakllantirishning umumiy masalalari. Qurilishda narxlarni shakllantirish usullari


Ob’ektning joriy narxlardagi dastlabki bahosini aniqlashda mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasi uchun sarflanadigan xarajatlarini aniqlash



Yüklə 168,2 Kb.
səhifə23/43
tarix19.10.2023
ölçüsü168,2 Kb.
#128342
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Мавзу Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва-fayllar.org

6.2. Ob’ektning joriy narxlardagi dastlabki bahosini aniqlashda mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasi uchun sarflanadigan xarajatlarini aniqlash
Ob’ekt qurilishining dastlabki narxini aniqlashda mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasi uchun joriy narxlarda sarflanadigan xarajatlar quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Sem = Em x Spr,
Bu erda:
Em – mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasining soatlarda berilgan hajmi;
Spr – mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasining soat/so‘m dagi joriy narxlari.
Ob’ektning joriy narxlardagi dastlabki bahosini aniqlashda mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasi uchun sarflanadigan xarajatlarni quyidagi asosiy texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha birlashtirib hisoblash tavsiya etiladi:
- er kavlovchi (bir kovshli, ko‘p kovshli, o‘zi yurar, qadam tashlovchi, rotor va hk.);
- yuk ko‘taruvchi (minorali, ko‘prik, chorpoya, gusenitsali, suzuvchi kranlar, avtoyuklovchilar va hk.);
- tekislovchi mexanizmlar (buldozer, skreper, avtogreyder va hk.);
- traktorlar (gusenitsali, g‘ildirakli);
- ustun-qoziq qoqish texnikasi;
- yo‘l qurilishida ishlatiladigan mashina va mexanizmlar;
- quvurlar yotqizilishida ishlatiladigan mashina va mexanizmlar;
- transport qurilishida ishlatiladigan mashina va mexanizmlar;
- pardozlash ishlarida ishlatiladigan mashina va mexanizmlar;
- boshqa yordamchi mashina va mexanizmlar.
Ob’ektning dastlabki bahosini aniqlashda mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasining joriy narxini (mash/soat) bozor konyukturasini hisobga olgan monitoring yoki belgilangan tartibda hisoblash yo‘li yordamida belgilash tavsiya etiladi.


6.3. Mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasining joriy narxlardagi qiymati
Pudratchi tashkilotlarining (taklif etilgan narx) tanlov savdosida qatnashish uchun, qurilish bahosini joriy narxda aniqlashda va pudratchi tashkilotlarni tanlov savdosi o‘tkazmasdan qurilish bahosini joriy narxda aniqlashda qurilish mashina va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilishning bir mashina soat qiymati O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura qurilish Qo‘mitasi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxni shakllantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Qurilish mashina va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilishning jariy narxlar hisobini aniqlash” Uslubiy ko‘rsatma, hamda SHNQ 4.03.01-04 Qurilish mashina va mexanizmlaridan foydalanish smeta resurs normalari to‘plami asosida aniqlanadi.
Mashina va mexanizmlar ekspluatatsiyasining joriy narxlardagi qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi: soat/so‘m

Yüklə 168,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə