1-Mavzu: Rahbarlik sifatlari,liderlik va boshqaruv reja


Xodimlarga nisbatan o’zini tutish Kodeksi



Yüklə 309,5 Kb.
səhifə12/13
tarix03.04.2023
ölçüsü309,5 Kb.
#104098
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-Mavzu Rahbarlik sifatlari,liderlik va boshqaruv reja

Xodimlarga nisbatan o’zini tutish Kodeksi
1. Ularni hurmat qil. Talabchan, qattiqqo’l bo’lishing mumkin, biroq, adolatli bo’lishing, xodim shaxsini hurmat qilishing shart. Agar sen kishilarni hurmat qilsang, ularning o’zi sendan talabchanligingni so’rab oladilar.
2. Ularning har biri betakror, alohida bir olam ekanligini tan ol. Xodimlar, barcha odamlar kabi, o’zlarining o’zgalarda uchramaydigan fazilatlar sohibi ekanliklarini tilga olib turishlarini juda xush ko’radilar.
3. Xodimlar faoliyati yoki xatti-harakatlardagi har qanday ijobiy o’zgarishlarni payqay bil va buni ularning o’ziga ham oshkor qil. Bu – kishilarni o’zlaridagi ijobiy o’zgarishlarga tayangan holda boshqarish, deb ataladi. O’z vaqtida, kishiga xush keladigan vaziyatda aytilgan birgina «tashakkur» yoki «rahmat» so’zi qimmatbaho sovg’adan ham qadrliroq bo’lib tuyuladi.
4. Yakka qolganda dashnom ber, hammaning oldida maqtayver. Ortiqcha maqtab yuborishdan cho’chima, aksincha, ortiqcha tanbehdan ehtiyot bo’l. Zarurat bo’lmasa ham, tanqid qilaverma. Tanqid maqsad emas, balki vosita bo’lib xizmat qilmog’i darkor.
5. Xodimlarga tegishli mustaqillikni, harakat qilishdagi erkinlikni va vakolatlarni berib qo’y. Erkinlik bilan ishonch, xatto yamoq solishning uddasidan chiqmaydiganlarni ham, qanot chiqarib ko’klarga parvoz qiladigan darajada ilhomlantirib yuboradi. Bundan tashqari, u ko’pincha tilga olinadigan omadsizilik sabablarini ko’rsatmaslikka imkon beradi.
6. Xodimlarning faoliyati uchun zarur bo’ladigan barcha vositalar bilan ta’minlab qo’y, ammo ularning o’rniga ishlashni odat qila ko’rma. Och kishiga pishirilgan baliqni bergandan ko’ra, qarmoqdan qanday qilib foydalanish mumkinligi ko’rsatib bergan yaxshiroq.
7. Xodimlaringdagi jahlingni chiqarayotgan sifatlarga qarshi kurashgandan ko’ra, yaxshisi ulardan umumiy manfaatlar yo’lida qanday foydalanish mumkinligi haqida bir o’ylab ko’r. Nimanidir man etib bo’lmasa, undan foydalanishga bir urinib ko’rmoq darkor.
8. Agar nohaq ekanligingni his qilsang, murosa qilishdan, yon berishdan, kechirim so’rashdan qo’rqma. Bunga faqat barkamol va kuchli shaxslargina qobildirlar. Biroq bularni tezlik va qatoiyat bilan, ishonchli ohangda qil, buni suhbatning oxiriga qoldira ko’rma.

Yüklə 309,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə