1-Mavzu: Rahbarlik sifatlari,liderlik va boshqaruv reja



Yüklə 309,5 Kb.
səhifə10/13
tarix03.04.2023
ölçüsü309,5 Kb.
#104098
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-Mavzu Rahbarlik sifatlari,liderlik va boshqaruv reja

Demokratik uslub
Demokratik rahbar, aksincha, bo’ysunuvchilarga mustaqillik erk berish tarafdori. Ishda topshiriqlar berganda ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda taqsimlaydi. Bunda u xodimlarning shaxsiy moyilliklarini ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlar, odatda, taklif ma’nosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o’rtoqlarcha, do’stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, uning lavozimini oshirish yoki ishdagi kamchilikka ko’ra ishiga baho berish doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Tanqid, ko’pincha taklif, istak shaklida qilingan ishlarning mazmuniga baho berish holida ''aybdorga" yetkaziladi. Har bir yangi ish jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Shuning uchun ham uning fazoviy-ijtimoiy holati ''jamoa ichida".
Jamoada tanqid va o’z-o’zini tanqid shunday yo’lga qo’yilganki, uning oqibatidan hyech kim aziyat chekmaydi. Chunki ko’prok boshliq emas, balki jamoaning boshqa faollari — norasmiy liderlar tanqid qiladilar. Boshliq yo’l qo’ygan xato-kamchiliklarni jamoatchilik oldida bo’yniga olishdan qo’rqmaydi. Chunki undagi mas’uliyag hissi nafaqat yuqori boshqaruv tashkilotlari a’zolari bilan muloqot paytida, balki, xodimlar bilan muloqotda ham sezilib turadi va qo’yilgan topshiriq yuzasidan mas’uliyatni boshqalarga ham bo’lib berishni yaxshi ko’radi. Boshliqning xodimlaridan siri yo’q, shuning uchun ham majlislarda ko’proq u emas, balki barcha xodimlar gapiradilar, oxirgi qaror chiqarish va so’zlarni yakunlash, umumlashtirish huquqidan u to’liq foydalanadi.
Gibsh va Forverglarning tahlillariga ko’ra, bunday boshliq rahbarlik qilgan jamoalarda ma’naviy-ruhiy muhit juda yaxshi, ishchilar jamoadan, ishdan qoniqish hosil qilganlar, ishdan ketish hollari kam bo’ladi, lekin ishlab chiqarish zo’rg’a norma holatida bo’lar ekan.
Liberal uslub
Liberal (loqayd) uslubda ishlaydigan rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda taqiqlash, po’pisa bo’lmaydi, uning o’rniga ko’pincha ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilan cheklanadi, xolos. Jamoada hamkorlik yo’q boshliq jamoaning muammolari, ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, go’yoki boshqa ''koinotda" yurganga o’xshaydi. Aniq ko’rsatmalar bermaydi, uning o’rniga norasmiy liderlar yoki o’ziga yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo’lgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaratish, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulot, xom-ashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va hokazolardan iborat.
Xodimlar bilan muloqotda bo’lishga to’g’ri kelganda, u doimo xushmuomala bo’lib, odob, ahlok normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hyech qachon ular bilan tortishmaydi. Majlislarda agar biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayonga aralashmay, oxirgi so’zni o’ziga qoldiradi. Shunday qilib, xodimlarga fikrlash va hatti-harakatlar erkinligi berib qo’yilgan, bular yuzasidan boshliqning fikri so’ralgan taqdirda ham, undan aniq gap chiqmaydi, chunki u xodimlarni yaxshi bilmaydi, qolaversa, ularni xafa qilib qo’yishdan qo’rqadi. Uning fazoviy-psixologik holati ''guruh tashqarisida".
Olimlar fikricha, bunday rahbar ishni olib borgan jamoalarda barcha ko’rsatkichlar doimo orqada, qo’nim ham yo’q. Liberal rahbar ishda o’zboshimchalikka yo’l qo’yib, ko’p turmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.
Yuqorida baho berilgan boshqarish uslublari ko’proq liderlikka emas, balki rahbarlikka taalluqli, lekin ilmiy adabiyotlarda bu ikkala ibora, ko’pincha sinonimday ishlatiladi. Aslida, eng yaxshi rahbar o’zida barcha liderlik sifatlarini ham mujassamlashtirgan bo’ladi. Chunki sof ijtimoiy psixologik ma’nodagi liderning turlari turli sharoitlarda o’zida ko’proq namoyon etadigan shaxsiy sifatlariga ko’ra tabaqalanadi. Masalan, lider-tashkilotchi, lider-tashabbuskor, lider-erudit, jamoa hissiy-emosional holatni boshqaruvchi lider, lider-bilag’on va hokazo. Yaxshi rahbar ana shu lider sifatlarini bilgan holda, ularni o’zida tarbiyalashi va jamoasidagi liderlar bilan hamkorlikda ishlay olishi kerak. Oxirgi yillarda Moskva va boshqa yirik ilmiy markazlarda o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelindiki, aslida hayotda sof demokrat yoki sof avtoritar rahbarni uchratish qiyin, lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq muddat boshqara olmasligi ma’lum buldi. Shuning uchun ham ular vaziyatga bog’liq, konkret jamoa, unda qabul qilingan hatgi-harakat normalari, shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taktikasi va uslubini belgilaydi, degan g’oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarining psixo­logik mazmun va mohiyatini bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir uslubda o’ziga xos ijobiy tomon bor, mohir rahbar o’zini-o’zi tarbiyalar ekan, o’shalarning eng ma’quli, ayniqsa o’zi rahbarlik qilayotgan jamoaga moslarini tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 309,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə