1-Mavzu. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Reja


Soliqlar va maxsus soliq rejimlari



Yüklə 73,64 Kb.
səhifə7/8
tarix19.05.2023
ölçüsü73,64 Kb.
#111530
1   2   3   4   5   6   7   8
1-Mavzu (1)

1.4.Soliqlar va maxsus soliq rejimlari. O’zbekiston Respublikasi hududida 2020 yil 1 yanvardan amalda bo’lgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan quyidagi soliq turlari mavjud:9
1) qo’shilgan qiymat solig’i;
2) aktsiz solig’i;
3) foyda solig’i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig’i;
8) yer solig’i;
9) ijtimoiy soliq.
O’zbekiston Respublikasi hududida soliq va yig’imlar belgilanishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shuningdek, yig’imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to’lash tartibi Soliq kodeksida hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi. Yuqorida belgilangan soliq turlari davlat byudjetini to`ldirishda asos bolib xizmat qiladi.
Avtotransport yig’imini hisoblab chiqarish va to’lash tartibi soliq kodeksi bilan tartibga solinsa, davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Soliq to’lovchilarning ayrim toifalari uchun O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilangan:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to’lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog’liq holda muayyan muddat uchun belgilangan bo’lib, maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to’lashdan ozod etish, pasaytirilgan soliq stavkalari va boshqa soliq imtiyozlarini qo’llashni nazarda tutadi.
Soliqlar orqali davlatning muayyan maqsad, vazifalarini bajarishda byudjet mablag’larini asosiy qismini shakllantirib boradi va bozor iqtisodiyotini tartibga solishda asosiy kuch sifatida namoyon bo’ladi.

Yüklə 73,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə