Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli



Yüklə 75 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü75 Kb.
#153007
  1   2   3   4

Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli

Reja:


1. Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli
2. Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirish
3 Iqtisodiyotni boshqarish organlari
4. Bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish zarurati

Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli
Bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko`maklashadi, raqobatchilik muhitini yaratib, aholini salbiy oqibatlardan himoyalash chora-tadbirlarini ko`radi. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishdan ko`zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarini muayyan va ma`lum yo`nalishlar asosida rivojlantirib, iqtisodiy taraqqiyot sur`atlarini jadallashtirish va aholi turmush darajasini oshirish choralarini ko`rishdan iboratdir.
Rejali iqtisodiyot tizimidan xalos bo`lgan O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish davlatning bosh vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonini davlat bosh islohotchi sifatida boshqarib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov: “Murakkab o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi bo`lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lishi, iqtisodiy taraqqiyotning etakchi yo`nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o`zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ruyobga chiqarishi kerak”, – deb ta`kidlagan edi.
Davlatimizning bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo`yicha rivojlangan mamlakatlarda hozirgacha to`plangan boy tajribalarni o`rganishi va ularni respublikamizning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda tadbiq etishining maqsadga muvofiqligi bugungi kunda hech kimda shubha tug`dirmaydi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim va asosiy vositasi amaldagi qonunchilik hisoblanadi. Mamlakatimizda qonun ustivorligi, ya`ni uning barcha uchun bab-baravar kuchga ega ekanligi va unga barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning so`zsiz amal qilishi shart ekanini yana bir bor ta`kidlab o`tish zarur. Hozirga qadar iqtisodiy hayotga taalluqli bo`lgan yuzlab qonunlarning qabul qilingani iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Shu bilan birgalikda davlat ixtiyorida bir qator moliyaviy, ya`ni iqtisodiy vositalar ham mavjudki, ular yordamida davlat xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning manfaatlariga bevosita ta`sir ko`rsata oladi. Soliqlar, sanatsiya va subsidiyalar ana shunday vositalarga kiradi.
Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng kuchli va ta`sirchan vositasi hisoblanadi. Ular har qanday ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Shuning uchun soliq stavkasi ko`tarilsa, korxona (firma) foydasi kamayadi va aksincha, bu stavkalar kamaysa, olinayotgan foyda ko`payadi. Demak, tovar ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligi ko`p jihatdan undirilayotgan soliqlar stavkasiga bevosita bog`liq. Soliqlar stavkasini oshirish yoki kamaytirish orqali muayyan ishlab chiqarish tarmoqlari rivojini sekinlashtirish (hatto to`xtatish), boshqa tarmoqlar rivojini esa rag`batlantirish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviy vositalaridan biri sanatsiya hisoblanadi. U asosan umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib, davlat korxonalariga ko`rsatiladigan moliyaviy yordamdir. Korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o`zga sub`ektlar hisobidan qoplash, qarzni to`lash muddatlarini kechiktirish, qarz uchun to`lanadigan foizlarni kamaytirish, korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to`lab qo`yish va hokazolar sanatsiya shakllari hisoblanadi.
Davlat tomonidan aniq maqsadlar uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan moliya mablag`lari subsidiyalar deb yuritiladi. Iqtisodiyotni tarkiban o`zgartirish (diversifikatsiyalash), eksport va import muvozanatini ta`minlash, ayrim hududlarga yordam berish kabi maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar (subsidiyalar) ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə