1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə10/73
tarix21.06.2022
ölçüsü1,73 Mb.
#89863
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Sotsial psixologiya ma\'ruzlar matni

4. Anketa metodi
Anketa metodi hammaga tanish bo`lgan usullardan biri. Lekin ko`pincha anketani o’tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma`lumotlarni qayta ishlab, sharxlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollarga ko’ra anketa ochiq yoki yopiq turlarga bo`linadi.
Ochiq anketa respondentdan o`z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarning esa javoblari berilgan bo`lib, tekshiriluvchi o`ziga ma`qul bo`lgan, o`zining qarashlari, fikrlari bilan mos bo`lgan javobni belgilab beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo’yilgan vazifaga yetarli darajada mas`uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo`lsa, yopiq anketadan respondentga tekshiriluvchi tomonidan o`z fikriga ergashtirishga o’xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo`lmasligidir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.
Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketa tuzilmoqdaki, ularda javob variantlardan tashqari, yana qo’shimcha fikr bildirish uchun qo’shimcha qatorlar qoldiriladi.
Anketaga kiritilgan savollar to`g’ridan-to`g’ri berilishi mumkin. Masalan, “... xususida Sizning fikringiz?”, “... ekanligini bilasizmi?”, “... Sizga ma`qulmi?” va shunga o’xshash. Lekin savollar bilvosita berilsa ham yaxshi qabul qilinadi. Masalan, "Ba`zi odamlar ... deb hisoblaydilar. Sizchi?" yoki oilaviy daromad qiziqtirgan sharoitda to`g’ridan-to`g’ri “Daromadingiz qancha?” demasdan, uy-ro`zg’or buyumlari ro’yxati va boshqa pul bilan bog’liq narsalarning bor-yo`qligini so’rash yo`li bilan ham o`rganish mumkin.
Ko`pgina tadqiqotlarda tekshiruvchilarga "proyektiv" savollar ham beriladi. Bunda shaxsga bir qancha xayotiy vaziyatlar, u yoki bunday xulq-atvor shakllari taklif qilinib, ular ichidan o`ziga ma`qul, u ma`qullashi mumkin bo`lganini tanlash topshirig’i beriladi. V.Yadov shunday hollarda munosabatning kuchini ham aniqlash mumkin, deb hisoblaydi. Masalan, ba`zi odamlar “Mening fikrimga to`g’ri kelmaydigan narsani gapirishsa, men hattoki ularni eshitishni ham xohlamayman”, deydilar. Sizning fikringiz qanday?

  1. Ularga to’laligicha qo’shilaman

  2. Ularga qo’shilaman

  3. Qo’shilaman, faqat butunlay emas

  4. Ularga qo’shilolmayman

  5. Ularga tamoman qo’shila olmayman

Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo`linadi:

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə