1-mavzu. Sotsial psixologik xizmat tizimida reabilitatsiya masalalari Reja


Ijtimoiy ishning axloqiy tamoyillari. Ijtimoiy ish muammolari



Yüklə 27,52 Kb.
səhifə4/5
tarix29.05.2023
ölçüsü27,52 Kb.
#114066
1   2   3   4   5
3. Ijtimoiy ishning axloqiy tamoyillari. Ijtimoiy ish muammolari.
Ijtimoiy ish – bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal qilish va jamiyatdagi ijtimoiy oʻzgarishlarda koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam koʻrsatish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy ish:

  • Odamlar, ijtimoiy guruhlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilgan amaliy faoliyat;

  • Oʻquv sohasi;

  • Ilmiy yoʻnalish hisoblanadi.

Ijtimoiy ishchi faoliyatining mazmuni:

  • shaxslar, oilalar, guruhlar va hamjamiyatlarga yordam berish (ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy reabilitatsiya, ijtimoiy profilaktika);

  • zarur ijtimoiy muhofaza va axolini himoya qilish boʻyicha turli davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda muassasalari faoliyatining integratsiyasiga koʻmaklashish;

  • ijtimoiy va psixoijtimoiy muammolarni oʻrganish;

  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari muammolarini hal qilish boʻyicha ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, bu dasturlarning samaradorligini baholash.

Ijtimoiy ish faoliyati sohasiga kiritilgan tashkilotlar:
Ijtimoiy ishchi faoliyati odamlar bilan bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) darajada boʻlgani kabi tashkiliy-boshqaruv va maʼmuriy faoliyat darajasida ham amalga oshirilishi mumkin. Ijtimoiy ishchi xodim sifatida boʻlganiday, quyidagi tashkilotlar bilan sherikchilikda ham ishlashi mumkin:

  • aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tashkilot va muassasalari (Muruvvat, Saxovat uylari, ijtimoiy taʼminot muassasalari va boshqalar), halq taʼlimi (Mehribonlik uylari, Vasiylik va xomiylik organlari, umumtaʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktabgacha va maktab muassasalari, yordamchi taʼlim muassasalari va boshqalar);

  • sogʻliqni saqlash (oilaviy poliklinikalar, maxsus tibbiyot muassasalari, reabilitatsion markazlar;

  • tibbiy-pedagogik-psixologik komissiyalar va hk.), hokimiyatlar huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar, ixtisoslashtirilgan kasbiy-texnik kollej va litseylar va boshqalar;

  • halq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, mehnat va ijtimoiy himoya boʻyicha boshqarmaning viloyat, shahar va tuman organlari, ichki ishlar organlari;

  • tuman, shahar va viloyat hokimiyatlari;

  • mahalla;

  • jamoatchilik tashkilotlari va uyushmalari.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, koʻmak, yordam, xizmat koʻrsatish va muhofazaga muhtoj boʻlgan odamlar hisoblanadi:

  • bolalar va yoshlar: ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar, alohida ehtiyojli bolalar, OIV bilan azoblanayotgan bolalar, huquqiy xatar guruhidagi yoki qonun bilan nizoga kirgan bolalar, institutsional muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari, ixtisoslashtirilgan oʻquv va oʻquv-tarbiyaviy muassasalarning oʻquvchilari va bitiruvchilari, nazoratsiz qolgan bolalar, shafqatsiz yoki sovuqqon munosabatni boshidan kechirgan, zoʻravonlikning guvohi boʻlgan bolalar, trafik, mehnatning eng yomon shakllari va barcha turdagi ekspluatatsiyaga tortilgan bolalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolardan azoblangan bolalar va boshqalar;

  • oilalar va ayollar – kam taʼminlangan oilalar, koʻp bolali oilalar, ota-onasidan biri boʻlmagan oilalar, aʼzolarining birida OIV boʻlgan oilalar, alohida ehtiyojli aʼzosi boʻlgan oilalar, krizis vaziyatidagi (oila aʼzolaridan birining oʻlimini, ajrashish, nizolar, uydagi zoʻravonlik, koʻchib oʻtishni boshidan kechirgan va h.k.) oilalar, tabiiy ofatlar, qurolli nizolardan jabr tortgan oilalar, tutingan oilalar va bolalikka olgan oilalar;

  • nogironligi boʻlgan odamlar va ularning oilalari;

  • ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj keksa odamlar;

  • murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan odamlar;

  • ish, turar-joyini yoʻqotgan, yaqin insonining oʻlimi yoki ogʻir kasalligini boshidan kechirgan, surunkali kasalliklari boʻlgan odamlar va boshqalar;

  • OIV bilan yashayotgan odamlar;

  • spirtli ichimlik va/yoki giyohvand moddalarga tobeligi boʻlgan odamlar;

  • penitensiar muassasalardan chiqqan va yopiq muassasalarda jazoni ijro etib qaytgan odamlar va hk.

Ijtimoiy ishchi quyidagi bilimlarni egallagan boʻlishi zarur:

  • Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining asosiy tamoyillari, ijtimoiy siyosat sohasida davlat ijtimoiy dasturlari va yoʻnalishlari toʻgʻrisida;

  • kasbiy faoliyat sifatidagi ijtimoiy ish haqida;

  • ijtimoiy ishning kasbiy-etik meʼyorlari va qadriyatlari haqida;

  • ijtimoiy ishning zamonaviy nazariy modellari va bu sohadagi tadqiqotlar haqida;

  • ijtimoiy muammolar yechimi, baholashni olib borish, intervensiya, ijtimoiy reabilitatsiya va profilaktikaning turli usullari haqida;

  • insoniy axloq va rivojlanishi haqida, jamoatchilik muhitining rivojlanishi toʻgʻrisida, insoniy rivojlanish va axloqning shakllanishidagi biologik, psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillarning oʻzaro harakati haqida;

  • aholi turli guruhlarining ishlashidagi yosh, psixoijtimoiy va etnomadaniy xususiyatlar haqida;

  • inson rivojlanishi va axloqiga bunday taʼsirning ijobiy hamda salbiy tomonlarini inobatga olgan xolda anʼanalar;

  • madaniyat, din, shuningdek, shaxsiy ishonch va shaxsiy yoʻl tutishning taʼsiri toʻgʻrisida;

  • aholini ijtimoiy muhofaza qilishning halqaro-huquqiy va milliy-davlat meʼyorlari (onalik va bolalik muhofazasini, bolalar, alohida ehtiyojli odamlar huquqlarini boshqaruvchi oila, mehnat, turar-joy qonunchiligi meʼyorlari, jinoiy, maʼmuriy, fuqarolik va oilaviy huquqlari asoslari) haqida;

  • vasiylik, homiylik, farzand qilib olish, patronat oilaga joylashtirish, imtiyoz va nafaqalarni rasmiylashtirish, ishga joylashtirish, tibbiy va taʼlim muassasalariga joylashtirish va h.k. larni tashkil etish hamda tartibi haqida.

Ijtimoiy ishchi quyidagi shaxsiy-professional sifatlarga ega boʻlishi, ularni rivojlantirishi va namoyish qilmogʻi zarur:

  • xar bir odamning qadriyatlarini shaksiz qabul qilish, uning huquqlarini hurmatlash;

  • odamlarning individual farqlariga bahosiz munosabat, insonparvarlik;

  • rivojlangan oʻz-oʻzini anglash va oʻz-oʻzini baholash, tanqidiy tafakkur;

  • empatiya (hamdardlik va xayrixohlik qobiliyati);

  • refleksiya (fikrlash, mulohaza yuritish qobiliyati);

  • odamlar bilan aloqa oʻrnatish va ishonchli munosabatlarni shakllantirishni uddalay olish;

  • odamlarning hissiy holatiga sezgirlik va taʼsirchanlik, hissiy vazminlik va chidamlilik;

  • murakkab vaziyatlarni hal qilishdagi qatʼiyatlilik va izchillik;

  • xavotirlilikning maqbul darajasi, ruhiy tushkunlik holatiga moyillikning yoʻqligi;

  • yordam koʻrsatilayotgan odamlar va oilalarning kuchli tomonlarini koʻra bilish va rivojlantirish mahorati;

stressli va hissiy murakkab vaziyatlarda ishlash koʻnikmasi: oʻz — oʻzini nazorat qilish, bir holatdan boshqasiga oʻtish, oʻz hissiyotlari va axloqini boshqarish qobiliyati.


Yüklə 27,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə