1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


Sotsiologiyadagi yo‘nalishlar



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə10/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
manaviy begonalashuv

Sotsiologiyadagi yo‘nalishlar.
Sotsiologiyada geografik maktab — xalqlar va mamlakatlar taraqqiyoti ularning geografik, tabiiy joylashuvlariga ko‘p jihatdan bog‘liq, deb hisoblaydigan yo‘nalish. Maxanik geografik determinizm tarafdorlari inson faoliyatini to‘liq tabiiy muhitga bog‘langan va shundan kelib chiqadi, deb hisoblaydilar. Sotsiologiyada geografik maktab tarafdorlari insonning tabiiy muhitni o‘zgartirish, tabiatni muhofaza etish, atrof-muhit shart-sharoitlarini yaxshilash imkoniyatlarini tan olmaydilar. Mazkur oqim ta’sirida 20-asr oxirlariga kelib jahondagi eng nufuzli mamlakatlar boshqa davlatlarga siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy tazyiq ko‘rsatuvchi “hayotiy zarur makon”, “milliy manfaatlar hududi” singari talablarni ilgari surdilar. Keyingi o‘n yilliklar mobaynida mazkur oqimdan sotsiogeografiya hamda ijtimoiy ekologiya oqimlari ajralib chiqdi.
Sotsiologiyada funksional maktab — hozirgi zamon G‘arb sotsiologiyasidagi maktablardan biri. Malinovskiy, Redklif-Braun, Merton, Parsons, P.Sorokinning nuqtai nazariga ko‘ra, jamiyat yagona, o‘zaro aloqador “sotsial sistema”, bu sistemaning har bir elementi muayyan funksiyani bajaradi. Komponentlarining o‘zaro ta’siri va yagona belgilovchi asosning yo‘qligi — bunday sistemaning muhim xususiyatidir. Ammo, haqiqatda “ruhiy qadriyatlarning tiplari” Sotsiologiyada funksional maktabda sistemaning asosiy belgilovchi qismi hisoblanadi.
Sotsiologiyada irqiy-antropologik maktab — uzoq shakllanish tarixiga ega bo‘lib, o‘z ibtidosini miloddan avvalgi XIII-XI-asrlarda Misr, Vavilon davlatlaridan hamda miloddan avvalgi XII asrlardan milodiy III-asrlargacha bo‘lgan davrlardagi Afina va Rim davlatlari ijtimoiy-siyosiy hayoti jarayonlaridan boshlaydi. Sharq xalqlari tarixida, xususan Markaziy Osiyoda irqiy-antropologik yondashuv mohiyati o‘zgacha kechgan bo‘lib, bu yerda odamlar yuz tuzilishi, tili, tanasining rangiga ko‘ra emas, asosan e’tiqodi, diniy mansubligi, millatiga ko‘ra farqlangan. Yevropada irqiy-antropologik maktab XIX-asr oxirlaridan XX-asr o‘rtalariga qadar muhim ijtimoiy mavqe kasb etib keldi. Yevropa irqiy-antropologik maktabi namoyandalarining fikriga ko‘ra, dunyodagi hayot yer yuzi aholisining irqiy-antropologik tarkibiga bog‘liq bo‘lib, millatlarning rivojlanish darajalari o‘rtasidagi tafovutlar tamomila xalqlarning irsiy va biologik kelib chiqishlariga bog‘liqdir. Aholi turli tabaqalari o‘rtasidagi deviant holatlar (axloqiy me’yordan og‘ishlar) to‘laligicha kishilarning irqiy va nasliy mansubliklariga bog‘liqdir. Mazkur maktab namoyandalari kishilarning irqiy jihatdan qo‘shilib ketishlari, boshqa millat vakillari bilan turmush qurish hollariga keskin e’tiroz bildiradilar. Irqiy-antropologik maktab tarafdorlarining fikricha, bunday hol mamlakatning ijtimoiy taraqqiyoti va madaniy yaxlitligiga raxna soladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə