1-Mavzu: sql tiliga kirish



Yüklə 23,66 Kb.
səhifə7/8
tarix13.12.2023
ölçüsü23,66 Kb.
#149141
1   2   3   4   5   6   7   8
1-ma\'ruza.SQL TILIGA KIRISH

From bo`limi
From bo`limi quyidagi sintaksisga ega:
<from bo`limi> ::= FROM tasnifi > [, ...]
tasnifi> ::={nomi> | qismi>} [[AS]
taxallusi>] [( [, ...])] []
From bo`limi bajarilish natijasida ro`yxatda berilgan jadvallarning «kengaytirilgan» dekart ko`paytmasi hosil bo`ladi. «Kengaytirilgan» atamani ma`nosi shundaki, natijaviy jadvalda bir xil satrlar bo`lishi mumkin.
Sintaksisdan ko`rinib turibdiki, jadval nomidan keyin qo`shimcha ism qo`yish mumkin va operatorni boshqa bo`limlarida shu ism orqali jadval ustunlariga murojaat qilish mumkin. Bu ancha qulayliklar yaratadi, birinchidan sinonim qisqa bo`lishi mumkin, ikkinchidan biror bir jadval ko`p marta ro`yxatda uchrashi mumkin, bu holda sinonim albatta ishlatilishi kerak.
Jadval ifodasida from bo`limi majburiydir, agarda u yagona bo`lsa,ifodani natijasi shu bo`lim natijasiga teng bo`ladi.
Where bo`limi
Agar jadval ifodasida where bo`lim mavjud bo`lsa, u keyingi navbatda
hisoblanadi. Where bo`limning sintaksisi quyidagicha:
<where bo`lim> ::= WHERE <qidirish sharti>
<qidirish sharti> ::= [NOT] {<predikat>|(<qidirish sharti>)} [{{OR |
AND}{ [NOT] {<predikat>|(<qidirish sharti>)}}}…]
<predikat>::= <solishtirish predikati> | <interval predikati> |
<mansublik predikati> | <qolip predikati> | <null predikati> | <kvantor
predikati> | <mavjudlik predikati>
Where bo`limini hisoblanishi quyidagicha bajariladi: faraz qilaylik R- FROM bo`limini hisoblash natijasi bo`lsin. U holda, tanlash sharti R jadvalni barcha satrlariga qo`llanadi, where bo`limi natijasida R jadvalga tanlash shartini qo`llashda predikat qiymati TRUE ga teng bo`lgan satrlar qoladi. Agar tanlash shartiga so`rov qismlari kirsa, u holda har bir satr uchun so`rov qismi qayta hisoblanib shart tekshiriladi, lekin aslida hisoblash usullari real MBBTda boshqacha bo`lishi mumkin. SQL/92 namunada berilgan bazasida noma`lum qiymatlar uchrashi mumkin, ya`ni Null-qiymat, bu qiymatni 0 bilan yoki bo`sh satr bilan adashtirmaslik kerak, Null-qiymatga ega bo`lgan har qanday arifmetik ifodani qiymati NULLga teng, agar satrlar ulamasida (kontenatsiyasida) Null-qiymat uchrasa, bunday ulamani qiymati NULL bo`ladi, xuddi shunday solishtirish amallarni natijasi ham NULLga teng. Tanlash shartini hisoblashda uch qiymatlik mantiq (TRUE, FALSE, NULL) ishlatiladi, ya`ni bu amallarning natijasi quyidagicha bo`ladi:

Yüklə 23,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə