1-Mavzu: sql tiliga kirish



Yüklə 23,66 Kb.
səhifə3/8
tarix13.12.2023
ölçüsü23,66 Kb.
#149141
1   2   3   4   5   6   7   8
1-ma\'ruza.SQL TILIGA KIRISH

Ishlatilgan atamalar
SQL tilida relatsion modelga nisbatan quyidagi muqobil atamalar
ishlatiladi:
Relatsion modelda SQL tilida
munosabat jadval
kortej satr
atribut ustun (maydon)
Undan tashqari SQL tilida tanlash natijasida hosil bo`lgan jadvalda bir xildagi takrorlanuvchi satrlar bo`lishi mumkin, satrlarni tartiblash imkoniyati bor, ustunlarni tartibi fiksirlangan.


SQL operatorlarni yozish qoidalari
SQL tilida operatorlar erkin formatda yoziladi. Har bir operator kalit so`zlar va foydalanuvchi tomonidan kiritilgan so`zlardan iboratdir. Kalit so`zlarni bo`lib yozish mumkin emas, ya`ni ularni namunada ko`rsatilgani bo`yicha yozish kerak. Foydalanuvchilar tomondan kiritilgan so`zlar jadvallar, ustunlar, so`rovlarni va ma`lumotlar bazasidagi boshqa obyektlarni nomlash uchun ishlatiladi. So`zlarni ketma-ketligi qoidalar bo`yicha beriladi, operator nuqta-vergul (;) bilan yakunlanadi.
Barcha operatorlar registrga bog`lanmagan, ya`ni katta va kichik harflarni ishlatsa bo`ladi, lekin literalda bu ahamiyatga ega. Masalan, «Boltayev » va BOLTAYEV» har xil literallardir. Til erkin formatda yozilishi mumkin bo`lgani uchun, quyidagi kelishuvlarga tayanamiz:
1. Har bir konstruksiya yangi satrdan boshlanishi kerak.
2. Har bir konstruksiya bir xil satrni bir xil pozitsiyasidan boshlanishi kerak.
3. Agar konstruksiya bir nechta qismdan iborat bo`lsa, qismlar yangi satrdan boshlanib biroz o`nga surilib yozilishi kerak.
Misol :
SELECT fam, ismi, sharifi, jinsi, tug_il, shaharlar, name shahar
FROM talaba INSERT JOIN shahar
ON talaba.id_shah=shahar.id_shah
ORDER BY fam;
Til konstruksiyalari sintaksisini tavsiflash uchun biz Kengaytirilgan Bekus-Naur shakli (KBNSh) metatilini ishlatamiz .
Bu tilda quyidagi metabelgilar kiritilgan (meta bu boshqa tilni tavsiflash uchun ishlatiladigan so`z):
1) ::= meta belgisi chap tarafda turgan meta so`zni o`ng tarafda turgan tavsifdan ajratish uchun ishlatiladi, ya`ni meta so`z bu o`ngda turgan konstruksiyadan iborat.
2) Katta harflar kalit so`zlar uchun ishlatiladi.
3) Kichik harflar foydalanuvchi kiritgan so`zlar uchun ishlatiladi.
4) Vertikal belgisi | bir nechta variantlardan birini tanlash kerakligini bildiradi (a | b | c).
5) Figurali qavslar { } ichidagi element majburiyligini bildiradi.
6) Kvadrat qavslar [ ] ichidagi element shart emasligini bildiradi.
7) Kvadrat qavslardagi vergul va 3 nuqta belgisi [, . . .] bundan oldin turgan element nol, bir yoki bir necha marta qaytarilishi mumkinligini bildiradi.
8) Burchak qavslar < > konstruksiya elementlarini belgilash (meta so`zlar) uchun ishlatiladi.
9) Probel belgisi operatorlar shaklini qulay ko`rsatish uchun ishlatiladi.
10) Vergul belgisi elementni ro`yxatda berish uchun ishlatiladi.
11) Nuqta-vergul belgisi operator tamom bo`lishini bildiradi.
Ma`lumotlar bazasi turkumini (jadvallar va bog`liqliklar) tafsiflash uchun DDL tili ishlatiladi, bazani to`ldirish va undan ma`lumot olish uchun DML tili qo`llanadi. Lekin barcha MBlarida jadvallarni yaratish, tavsiflash va o`zaro bog`lash uchun «master» (usta) deb nomlangan maxsus programma vositasi bor, shu sababli DDL tili amalda kamdan-kam ishlatiladi.
Shuning uchun biz oldin DML tilini o`rganib chiqamiz.

Yüklə 23,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə