1-mavzu. “Statistika” fanining predmeti va uslubi Reja


xos uslub, ya’ni usullar, metodlar, yo’llar



Yüklə 482,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix16.03.2023
ölçüsü482,84 Kb.
#102617
1   2   3   4   5
1-mavzu. “Statistika” fanining predmeti va uslubi Reja

xos uslub, ya’ni usullar, metodlar, yo’llar, 
vositalar majmuasi
tushuniladi. Ommaviy hodisa 
va jarayonlarning miqdoriy nisbatlarini aniqlash, 
ularda 
namoyon 
bo’ladigan 
qonuniyatlarni 
oydinlashtirish maqsadida amalga oshiriladigan 
statistik tadqiqotlar bir necha bosqichlarga, ular esa 
fazalarga bo’linadi. Bosqich va fazalar o’zining 
maqsadi, vazifalari va xususiyatlari bilan bir biridan 
ajralib turadi. SHuning uchun har bir faza va bosqichda o’ziga xos tekshirish 
usullari, yo’llari, vositalari qo’llanadi. SHu bilan birga o’rganilayotgan soha va 
masalaning xarakteriga qarab, unga mos keladigan u yoki bu usul (yoki usullar 
to’dasi) aniq tekshirishda, uning muayyan fazasi va bosqichida asosiy, yetakchi 
qurol sifatida ishlatiladi.
Keng va to’la ma’noda statistik tadqiqot ikkita 
bosqichdan tashkil topadi: 
1) Tasviriy statistika bosqichi 
2) Analitik statistika bosqichi. 
Birinchi bosqichda quyidagi asosiy maqsad va 
vazifalar ko’zlanadi: o’rganilayotgan ob’ektlarni 
spetsifikatsiyalash, ular haqida ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash, ommaviy 
hodisa va jarayonlarning miqdoriy me’yorlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni 
hisoblash, ularni ko’rkam va ixcham shaklda va zarur xollarda so’z bilan tavsiflash. 
Ikkinchi bosqichda esa ko’rsatkichlarni statistik taxlil qilish, ular orasidagi sabab-
oqibat bog’lanishlarni aniqlash va baholash, o’rganilayotgan ob’ektlar 
taqsimotlaridagi qonuniyatlarni oydinlashtirish, ilmiy gipotezalarni ishonchlilik 
jihatdan baholash va statistik xulosalarni chiqarish va hokazolar asosiy maqsad va 
vazifalar hisoblanadi. 
Har bir bosqichni, o’z navbatida, fazalarga bo’lish mumkin. Masalan, tasviriy 
statistika bosqichida quyidagi fazalar ajralib turadi: o’rganilayotgan ob’ektlar 
to’plamini, ommaviy hodisa va jarayonni spetsifikatsiyalash; ular ustida statistik 
kuzatish o’tkazish; to’plangan boshlang’ich ma’lumotlarni ma’lum tartibga solish, 
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash, ularni ko’rkam va ixcham shakllarda 
tasvirlash. Analitik statistika bosqichida esa quyidagi fazalar odatda ko’zga 
tashlanadi: o’rganilayotgan ob’ektlarning turli belgilari asosida taqsimotlarini tuzib, 
ulardagi qonuniyatlarni o’rganish, hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni miqdoriy 
ifodalash, ularni zamonda rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish, ilmiy 
Statistika uslubiyati - bu 
ommaviy 
hodisa 
va 
jarayonlarni o’rganishda, unda 
namoyon 
bo’ladigan 
qonuniyatlarni 
oydinlashtirishda 
ishlatiladigan 
o’ziga 
xos 
uslub, ya’ni statistika fani va 
amaliyotida 
qo’llanadigan 
yo’llar, 
usullar, 
vositalar 
majmuasi. 
Statistik tadqiqot ikkita 
bosqich 
va 
bir 
necha 
fazalardan tashkil topadi va 
ularda o’ziga xos usullar 
qo’llanadi.


gipotezalarni baholash va statistik xulosalar yasash, murakkab jarayon tomonlari 
orasidagi o’zaro bog’lanishlarni integral tizim shaklida bir butunlikda taxlil qilish. 
U yoki bu bosqichning har bir fazasida ommaviy hodisa va jarayonlarni 
tekshirishning turli usullari, vositalari,yo’llari qo’llanadi. Masalan, ob’ektlarni 
spetsifikatsiyalash fazasida ularni oddiy yoki murakkab tasniflash, elementar yoki 
iyerarxik birlashmalarini tuzib guruhlashlar, ikkilamchi (qayta) guruhlashning turli 
yo’llari, klaster taxlil yo’llari va hokazolar ishlatiladi. Statistik kuzatish jarayonida 
ishlab chiqarish yoki laboratoriya sharoitida tajriba sinovlar o’tkazish, hisobot yoki 
maxsus tekshirishlar va ro’yxatlar amalga oshirish, anketa yoki tanlama usullarda 
kuzatish va boshqalar qo’llaniladi. Hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni 
o’rganishda analitik guruhlash, parallel qatorlarni tuzish, ularning egri chiziqlarini 
diagrammalarda tasvirlash, balans usuli, korrelyatsion va regression taxlil usullari, 
dispersion taxlil usullari, ko’p o’lchovli taxlil usullari (omilli taxlil, bosh komponent 
usuli va h.k.) va boshqa usullardan foydalaniladi. Bundan buyon so’z asosiy usullar 
ustida boradi.
Statistika nazariyasi statistik tadqiqotning ikkala bosqichi va ularning barcha 
fazalariga tegishli umumiy nazariyadir. U mazkur tekshirishning umumiy 
qoidalarini, uslubiyatini, ya’ni unda qo’llanadigan usullarni o’rganayotgan 
ommaviy hodisalarning mohiyati bilan bir butunlikda yoritadi.
Ommaviy hodisa va jarayonlarni miqdoriy jihatdan 
statistika o’rganayotganda matematika usullaridan 
ham foydalanadi. Jumladan bir qator statistika 
metodlari algebra va sonlar nazariyasiga - to’plamlar 
nazariyasi, 
algebraik 
sistemalar, 
chiziqli 
tenglamalar va tengsizliklar sistemalari hamda 
matritsalar, 
vektor 
va 
yevklid 
fazolari, 
determinantlar 
va 
hokazolarga 
tayanadi.2[2] 
Odatda statistika nazariyasi va matematik statistika ikkita mustaqil fan sohalari 
sifatida qaraladi. Bunday zid qo’yish ularning matematik apparatidagi farqlarga 
asoslanadi. Statistika nazariyasi elementar, matematik statistika esa murakkabroq 
matematik yo’llardan foydalanadi.
Ammo mazakur xususiyat ularni alohida fanlar sifatida qarash uchun asos 
bo’la olmaydi, chunki stististika nazariyasi va matematik statistika yagona fandir. 
Birinchidan statistikada sodda usullar o’rniga murakkab, takomillashgan 
matematika vositalarini qo’llanilishi umuman ilm-fan taraqqiyotidan kelib chiqadi 
va uning oqibati hisoblanadi. Bu jarayon nafaqat statistika taraqqiyotini, balki 
matematika taraqqiyotini ham aks ettiradi.
Ikkinchidan, statistikada qo’llaniladigan barcha matematik vositalar, ular 
qanday ko’rinishda bo’lmasin, ya’ni arifmetik, algebraik yoki biror oliy matematik 
analiz bo’lishidan qat’iy nazar, o’z mazmunini matematikaning tarkibiy qismi 
2
[2]
Р.Н.Назаров., Б.Т.Тошпўлатов, А.Д.Дусумбетов. Алгебра ва сонлар назарияси. I қисм, 
Т.: -Ўқитувчи, 1993й. 
Ommaviy 
hodisalarni 
o’rga-nishda 
matematika 
usullari ham ishlatiladi. 
Statistika nazariyasi va 
matematik statistika yagona 
fandir.


bo’lmish ehtimollar nazariyasidan oladi va u tomonidan ochiladigan qonuniyatlarga 
asoslanadi.
Ehtimollar nazariyasi ommaviy hodisalarni sifat mohiyatidan ajralgan holda, 
umumnazariy jihatdan butunlay musaffo tasodifiy sonlar qatori sifatida qarab 
muhim xossalarini o’rganadi. Statistika esa hatto ommaviy hodisalarning umumiy 
qonun va qoidalarini tadqiq qilayotganda ham ularning birgina miqdoriy 
xususiyatlariga tayanmasdan, balki vujudga kelish mexanizmiga asoslanadi, yuzaga 
chiqish sabablarini hisobga oladi. Statistika kursidan matematika usullarini chiqarib 
tashlashga urinish, ulardan sun’iy ravishda yangi o’quv predmeti sifatida - 
matematik statistikani shakllantirishga harakat qilish statistika nazariyasining asosiy 
boyligini hech qanday asossiz musodara qilish bilan barobardir.
Biroq ushbu kitob umumiqtisodiy yo’nalish bo’yicha bakalavr darajasida 
mutaxassislar tayyorlash dasturiga binoan va talabalarning oliy matematik analiz 
bo’yicha bilim darajalarini hisobga olib yaratilgani uchun unda matematik apparatni 
juda soddalashtirishga harakat qilindi. SHu bois nozik matematik yo’llarga tayangan 
usullar umumiy tarzda bayon etildi. Ularni chuqur egallashni xohlovchi o’quvchilar 
kitob ilovasida tavsiya etilgan maxsus adabiyotlarga murojaat qilishlari mumkin. 

Yüklə 482,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə