1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари


 Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyati va uning huquqiy asoslari



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

7. Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyati va uning huquqiy asoslari 
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati 
to‘g‘risida”gi qayta tahrirdagi Qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: 
“investitsiya - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va 
nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar”
8
, sifatida ta’riflanadi. 
YUqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelish 
mumkinki, “investitsiyalar” tushunchasi “kapital qo‘yilmalar”, “investitsiyalarning 
mulkiy shakli”, “kapital”, “kredit” va boshqa tushunchalarga qaraganda kengroq, 
“sig‘imliroq” tushuncha hisoblanadi
9
. Kapital qo‘yilmalar investiitsilarning tarkibiy 
qismi hisoblanadi. SHuning bilan birgalikda investitsiyalarning tarkibida kapital 
qo‘yilmialardan tashqari aylanma mablag‘ (vosita)lar ham mavjud. Demak, ko‘rinib 
turibdiki, kapital qo‘yilmalar tushunchasi aynan investitsiyalar tushunchasini 
anglatmaydi.
10
Umumlashtiradigan bo‘lsak, investitsiyalar bu faqat uzoq muddatli 
kapital qo‘yilmalar bo‘libgina qolmasdan, balki qisqa muddatli qo‘yilmalarni ham o‘z 
ichiga oladi. Demak, investitsiyalar g‘ mulkchilikning barcha ko‘rinishlaridagi 
moddiy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiyg‘ijtimoiy daromad olish maqsadida 
muomalaga kiritishdir.
 
“CHet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
3-moddasiga ko‘ra “chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida 
tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat 
ob’ektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga 
doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, chet el 
8
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, 1998. 24 dekabr. //Soliqlar va bojxona 
xabarlari. 4-son, 1999. 3g’b. 
9
G’ozibekov D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: “Moliya” nashriyoti, 2003. 28-b. 
10
Investitsii: Uchebnoe posobie /G.P. Podshivalenko, N.I. Laxmetkina, M.V. Makarova i dr. –M.: KNORUS, 
2004. S.7. (Finansovaya akademiya pri Pravitelstve RF). 


 333 
investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi 
hududida chet el investitsiyalari”
11
, deb e’tirof etiladi. 
 
Sug‘urta kompaniyalari asosiy faoliyati Bilan bir qatorda investsiya 
faoliyatini xam amalga oshirish imkoniyatiga egadir. Odatda, sug‘urta 
kompaniyalarining sug‘urtaviy xizmat ko‘rsatish o‘ziga xos xususiyatga ega ya’ni, 
mijoz dastlab sug‘urtalovchiga sug‘urta badalini shartnoma tuzilishi Bilan to‘laydi. 
Sug‘urta shartnomasi muddatining tugashi xizmat to‘liq ko‘rsatilganligini bildiradi. 
Demak, sug‘urta kompaniyalarida moliya resurslarining xarakati xususiyatlari 
shunga olib boradiki, sug‘urta kompaniyalari ixtiyorida shartnomani amal qilish 
mobaynida qo‘shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo‘lgan 
vaqtinchalik majburiyatdan xoli bo‘lgan katta miqdorda vaqtincha bo‘sh 
mablag‘lar to‘planadi. Sug‘urtalovchilar bu mablag‘larni qo‘shimcha daromad 
olish maqsadida turli ob’ektlarga investitsiya qilishlari mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari tasarrufida kata miqdordagi moliyaviy resurslarni 
to‘planishi, ularni iqtisodiyotni rivojlanishida muxim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. 
Sug‘urta qiluvchilar tomonidan moliya resurslarining to‘planishi sug‘urtani faol 
investitsion siyosat yo‘li Bilan iqtisodiyotning asosiy omiliga aylantiradi. 
Boshqacha so‘z bilan aytganda, sug‘urtalovchilar turli polis egalaridan olingan 
passiv pul mablag‘larni moliya bozorida xarakat qiluvchi aktiv kapitaliga 
aylantirishadi. 
Sug‘urta kompaniyasi investitsion imkoniyatlarini quyidagi omillar 
belgilaydi: 
-
yig‘iladigan sug‘urta mukofotlari xajmi; 
-
sug‘urta portfeli xajmi; 
-
amalga oshirilayotgan sug‘urta xizmatining foydaliligi yoki zararliligi; 
-
sug‘urta rezervlarini shakllantirishga davlat tomonidan qo‘yiladigan talablar; 
-
tuzilgan sug‘urta shartnomalari muddati; 
-
o‘zlik mablag‘lari xajmi. 
Cug‘urta kompaniyasining investitsion imkoniyatlari taxminan shunday 
deyarli shakllanib boradi. Investitsion imkoniyat asosiy qismi «O‘zlik 
mablag‘lar”ga to‘g‘ri keladi. Sug‘urta rezervi esa domiy ravishda sug‘urta 
qoplamalari to‘lanishiga qarab o‘zgarib turadi. 
Sug‘urta kompaniyasining investitsion portfeli tizimi, uning moliyaviy 
barqarorligini ta’minlashi lozim va u odatda sug‘urta nazorati me’yorlari bilan 
belgilanadi. Unda sug‘urta zaxiralarining vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larini 
joylashtirish tartibi belgilanadi. 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, sug‘urta 
kompaniyalari bo‘sh mablag‘larini turli ob’ektlarga investitsiya qilish imkoniyati 
tug‘ildi. 1993 yilning 6 mayida qabul qilingan “Sug‘urta to‘g‘risda”gi Qonunning 
25-moddasida “Sug‘urta tashilotlari o‘z moliyaiy manbalarini boshqa yo‘l bilan 
foydalanishga xaqlidir”, deb ko‘rsatilgan edi. Ammo 2002 yilning 5 aprelidagi 
ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining VIII-sessiyasida qabul 
11
O’zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to’g’isida”gi Qonuni, 1998. 30 aprel. //Xalq so’zi. 1999. 
12 yanvar. 7-son. 1-b. 


 334 
qilingan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq 
“sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas” deb belgilangan. 
Demak, sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyati qat’iy cheklangan. 
SHuningdek, Ushbu qonunning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan moddasida 
sug‘urtalovchilar maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartib va 
shartlardagi investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishlariga ruxsat berilgan. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2006 yil 6 mayda 
tasdiqlangan, №1571 raqam Bilan davlat ro‘yxatidan va 2006 yil 22 aprelda 
tasdiqlangan, №1565 raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan buyruqlariga asosan, 
sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta rezervlarini tashkil qilish va 
investitsiyalashning tartiblari belgilangandir. 
Jumladan, unda respublika sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta aktivlarini 
joylashtirish tartiblari, investitsiyalashning qonunchilikda belgilangan quyidagi 
asosiy talablarga javob berishi lozim: 
1.
Diversifikatsiya; 
2.
Qaytishliligi; 
3.
Likvidliligi; 
4.
Foydaliligi.
12
Investitsion faoliyatning diversifikatsiyasi birinchi navbatda sug‘urta 
kompaniyasi investitsion portfelining barqarorligini ko‘zda tutadi. Ma’lumki, 
sug‘urta kompaniyalari ularga o‘z mablag‘larini qo‘yishi mumin bo‘lgan 
investitsion loyixalar tshplami sarmoya bozorining rivojlanish darajasiga bog‘liq. 
Xozirgi paytda sug‘urtalovchilarning vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘lari tijorat 
banklari depozitlariga, qimmatli qog‘ozlarga joylashtirilishi, korxona va ko‘chmas 
mulklarga investitsiya qilinishi mumkin. Investitsiya portfel tarkibi va tizimini 
tartibga solish odatda kiritilgan mablag‘larning turlari bo‘yicha minimum va 
maksimumni belgilash yo‘llari orqali amalga oshiriladi. SHu Bilan birga
dunyoning etakchi kompaniyalarining tajribasiga ko‘ra, kompaniya investitsion 
portfelining korxona va ko‘chmas mulklar ustav fondiga investitsiyalari 15%, 
qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalari 25-60%, tijorat banklari depozitlariga 
mablag‘lari 15-30%, investitsiyaning boshqa tutsrlariga 1-12% dan oshmaydigan 
miqdorlarda joylashtiradilar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mablag‘lar yalanishini to‘g‘ri tashil 
etish muxim axamiyatga ega. CHunki, mablag‘lar aylanishi eng ma’qul variantini 
topish pirovard natijada korxona faoliyatini foyda bilan yakunlashiga olib keladi. 
Sug‘urta faoliyatida joriy natijalar sug‘urta badallari ko‘rinishida sug‘urta 
kompaniyalari xisob – raqamiga kelib tushgan pul mablag‘lari aylanishi xisobidan 
daromad kelish imkoniyati yuzaga keladi. 
12
Prikaz Ministerstva Finansov Respubliki Uzbekistan, zaregistrirovan №1565 ot 22.04.2006 «Ob utverjdenii polojeniya o poryadke 
opredeleniya predelno dopustimogo razmera obyazatelstv po otdelnim riskam, svokupnogo razmera obyazatelstv i normativov platejesposobnosti 
straxovshchikov» 


 335 
Ushbu daromadlar sug‘urta kompaniyalarini sug‘urta zaxiralarini 
shakllantirish orqali xarajatlar qismini qoplash va foyda olish manbai bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Sug‘urta faoliyatining joriy taxlil pul mablag‘lari tushumi orqali o‘ziga 
olyotgan majburiyatlar adektivliligini belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2008 yil 22 apreldagi 41-
sonli buyrug‘i bilan “Sug‘urtalovchilar to‘lov qobiliyati to‘g‘risida”gi Nizom 
tasdiqlandi. Ushbu Nizomga asosan sug‘urtalovchilar aktivlarini joylashtirishga 
oid quyidagi talablar belgilab qo‘yildi. 
1. Sug‘urtalovchi boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitallariga joylashtirgan 
aktivlarining umumiy summasi sug‘urtalovchi ustav kapitalining 50 foizi miqdori 
bilan chegaralanadi. 
2. Sug‘urtalovchining har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok 
etish ulushi ushbu yuridik shaxsning ustav kapitalining 30 foizidan oshmasligi 
shart. 
3. Sug‘urtalovchining aktivlari ko‘chmas mulk ob’ektlariga joylashtirilganda, 
sug‘urtalovchi aktivlarining 50 foizidan ortig‘ini bitta er uchastkasi yoki ko‘chmas 
mulkning boshqa ob’ektiga joylashtirish mumkin emas. 
4. Sug‘urtalovchi aktivlarini bank omonatlariga joylashtirganda, bitta tijorat 
bankiga joylashtirilgan omonat sug‘urtalovchi aktivlarining 40 foizidan oshmasligi 
shart. 
5. Sug‘urtalovchi aktivlarini kredit tashkilotlarida omonatlarga joylashtirganda
omonatlarning umumiy summasi sug‘urtalovchi aktivlarining 10 foizidan 
oshmasligi shart. 
6. Sug‘urtalovchi aktivlarini bitta yuridik shaxsning ustav kapitaliga joylashtirish 
yoki bitta yuridik shaxsda ishtirok etish bo‘yicha boshqa huquqlari sug‘urtalovchi 
aktivlarining 30 foizidan oshmasligi shart. 
7. Sug‘urtalovchi aktivlarini quyidagi yo‘llar bilan joylashtirishi taqiqlanadi: 

intellektual mulkka qo‘yilmalar; 

jismoniy va yuridik shaxslar bilan qarz shartnomasini tuzish (moliyaviy 
yordam berish). 
8.Sug‘urtalovchi o‘z ta’sischilari, aksiyadorlari va xodimlariga, shuningdek u bilan 
hayot sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urta qildiruvchilarga ushbu shartnomalar 
bilan kafolatlangan qarzlar berishga haqli. Bunda berilgan qarzlarning umumiy 
summasi sug‘urtalovchining ustav kapitalining 10 foizidan oshmasligi shart. 
9. Sug‘urtalovchi o‘z mablag‘lari manbalari summasining 30 foizidan oshgan 
hajmdagi qarzlarni faqat Davlat sug‘urta nazoratini xabardor etgandan so‘nggina 
olishga haqli. 
10. Sug‘urtalovchi kassa va boshqa bank raqamlarida o‘tgan 12 oy mobaynida 
hisoblangan sug‘urta tovonlari summasining 3 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda 
pul mablag‘lariga ega bo‘lishi shart. 


 336 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə