1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja



Yüklə 383,95 Kb.
səhifə7/89
tarix11.12.2023
ölçüsü383,95 Kb.
#146714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89
1-mavzu tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja-fayllar.org

Mineral elementlar. Sabzavot va poliz maxsulotlari tarkibida kul moddalar (mineral elementlar) xo’l massasining 0,2-0,8% ni tashkil qiladi. Sabzavotlardagi kul moddasining yarmi kaliy elementiga to’g’ri keladi.
Bir qancha omillar qatori agrotexnika tadbirlari xam sabzavotlarni kimyoviy tarkibiga ta’sir ko’rsatadi. Mineral va organik o’g’itlar ta’sirida quruq modda va qand miqdori ma’lum darajada ortadi. Azotli o’g’itlar ko’p miqdorda solinganda sabzavotlar tarkibidagi qand va vitaminlarning miqdori kamayadi.
Sabzavot va poliz maxsulotlarining oziq-ovqatlik qimmati bebaxodir. Ularda turli-tuman organik va mineral moddalarning borligini ta’kidlash bilan birga dorivorlik xususiyatini xam qayd etish lozim.
Sabzavot va poliz maxsulotlari tarkibida ko’p miqdorda suv va uglevodlar bo’lganligi sababli ularda chirituvchi mikroorganizmlar tez rivojlanadi. Ularning ko’pchiligi olis joylarga tashishga va uzoq saqlashga yaramaydi. Shu sababli ularni qayta ishlashga (konservalashga) to’g’ri keladi. Qayta ishlash jarayonida albatta maxsulotlarning kimyoviy tarkibini xam xisobga olish lozim. Bu esa maxsulotni konservalashning qulay va uning sifatini uzoq vaqt buzmasdan saqlash imkonini beradigan usulini tanlashda muxim axamiyatga ega.
Sabzavot va poliz maxsulotlarining sifat kursatgichlari.
Sabzavot va poliz maxsulotlarining sifat ko’rsatgichlariga qo’yiladigan talablar ilmiy jixatdan asoslangan bo’lishi kerak. Sabzavot va poliz maxsulotlarini standartlashda ularning biologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, saqlanuvchanligi kabi bir qator xossalari xisobga olinib, tovar sortlarga, klass va kategoriyalarga ajratiladi. Shu bilan birga maxsulotning sifat ko’rsatkichlari uning qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab xam tabaqalanadi. Maxsulotning ma’lum bir sifat ko’rsatkichlari biron maqsadda foydalanish uchun yuqori xisoblansa, boshqa bir maqsadda ishlatilishi uchun esa past bo’lishi mumkin.
Sabzavot va poliz maxsulotlarining sifatini belgilashda uning texnologik xususiyatlari xam muxim o’rin tutadi.
O’zbekiston sharoitida sabzavot va poliz maxsulotlarining ko’plab nobud bo’lishiga ma’lum darajada sifat ko’rsatkichlarining standart talabiga javob bera olmasligi xisoblanadi.
Sabzavot va poliz maxsulotlarining standartga mos kelmaydigan qismi ovqatga yoki qayta ishlashga foydalanishga yaroqsiz xisoblanadi.
Sabzavot maxsulotlarining sifatini aniqlashda idishlarda keltirilgan maxsulotlardan o’rtacha namuna olish usuliga amal qilish lozim. 100 ta partiyadan uchtadan kam namuna sifatida olinadi. 100 dan ortiq bo’lganda esa xar 50 joy uchun qo’shimcha yana bitta joydan namuna olinadi. Olingan namunalardan taxlil uchun o’rtacha namuna xosil qilinadi. O’rtacha namuna esa umumiy namunaning 10 foizidan kam bo’lmasligi kerak.
Kartoshkaning asosiy sifat ko’rsatkichi uning tashqi ko’rinishi, o’lchamlari, yo’l qo’yiladigan nuqsonlari, tozaligi xisoblanadi. Tuganaklarning tashqi ko’rinishi butun, quruq, toza, sog’lom, o’sib ketmagan, so’limagan, kechki navlarning po’sti qalin bo’lishi kerak. Tugunaklarning o’lchami ularning shakllari va ekiladigan mintaqalariga ko’ra tabaqalashtirilgan. O’rta Osiyo uchun tugunaklarining diametri ertagi kartoshkaning yumaloq-oval shakli uchun 30 mm ga, kechkisini 35 mm ga, cho’ziq shakldagisi uchun esa shunga muvofiq ravishda 25-30 mm ga to’gri kelishi kerak. Belgilangan o’lchamlardan kichik bo’lishidagi tafovut 10-20 mm (lekin ko’pi bilan 5%) bo’lishiga ruxsat etiladi. O’sib ketgan va 2 sm2 dan ko’p miqdorda ko’kish tus olgan tugunaklar 2 % gacha bo’lishiga ruxsat etiladi.Xo’l, quruq va xalqali chirish kasalliklari va fitoftor bilan zararlangan tugunaklarning bo’lishiga ruxsat etilmaydi. Sovuq urgan, nami qochgan tugunaklarning aralashib qolishiga xam yo’l qo’yib bo’lmaydi. Tugunaklarga yopishgan tuproq miqdori xam 1% dan oshmasligi lozim.
Poliz maxsulotlarining sifatiga qo’yiladigan asosiy talablar quyilagilardan iborat.
. Xo’raki sabzi standart talabiga muvofiq topshiriladi. Ularning tashqi ko’rinishi barra, quruq, so’lish kasalligi va ifloslik belgilari bo’lmagan, butun, zararkunandalar shikastlamagan, to’g’ri shaklli, ma’lum botanik navga xos rangli, barg bandlari ko’pi bilan 2 sm bo’lishi lozim. Eng ko’p ko’ndalang diametri yuzasidan eng kichigi 2,5 va eng ko’pi 6 sm qilib belgilangan.
Maxsulot partiyasida belgilangan o’lchamlardan 0,5 sm farqli ildizmevalar 10% gacha, turli xil shakldagilari esa 5% dan oshmasligi kerak. Konssrva korxonalariga etkazib beriladigap maxsulot orasida singanlari 2% dan oshishiga, yorilganlari bo’lishiga ruxsat etilmaydi. Ildizmevalarga yopishgan tuproq esa umumiy massaning 1% dan ko’p bo’lmasligi lozim.
Yangi uzilgan oqbosh karam yaxlit, toza, o’zaksiz, bitta botanik navga mansub, zararkunandalar shikastlamagan, yaxshi pishgan bo’lishi lozim. Ertangi (15 iyungacha), tozalangan karam boshining og’irligi 0,3 kg, o’rtagi va kechkisi 0,8 kg bo’lishi talab qilinadi.
Bir partiyada xar xil nuqsonli (shikastlangan, yorilgan, pixlagan, chirigan, nami qochgan, sovuq urgan, ich tomondan sarg’aygan, qoraygan, qo’lansa xidli va boshqalar karam boshlarining 5% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi. Gulkaram boshining ko’ndalang diametri kamida 8 sm bo’lishi mumkin. Uning tashqi ko’rinishi, oq yoki sargish barra, toza, kasallanmagan, yorilmagan, ichki barglari ko’klamagan, qo’lansa xidsiz, shikastlanmagan, o’zagi ko’pi bilan 2 sm bo’lishi lozim. Bir partiyada shikastlangan karam miqdori 10% va diametri 6-8 sm ligi 5% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi..
Yangi uzilgan iste’mol qilinadigan bodringlar kasallanmagan, zararkunandalar bilan zararlanmagan, urilib shikastlanmagan, meva bandli va bandsiz, qalin etli, chala etilgan, sersuv, urug’li bo’lishi ruxsat etiladi.
Aynigan shaklli, lekin boshqa barcha ko’rsatkichlari bilan standart talablariga javob beradigan bodringlar barraligicha savdo shoxobchalariga (issiq xona maxsulotidan tashqari) chiqarilmaydi, konservalashga yuboriladi. Urilib shikastlangan sersuv urug’li bodringlar standart xisoblanmaydi, dag’al urug’li sarg’ayganlari chiqitga chiqariladi.
Yangi terilgan pomidorlar toza, yaxlit, pishgan, to’g’ri shaklli, urinib shikastlanmagan va oftob kuydirmagan, etilish darajasi jixatdan qizil xamda pushti rangda bo’lishi kerak. Pomidor ko’ndalang kesimining diametri olxo’risimonlar uchun kamida 4 va mayda xosilli navlar uchun 3 sm bo’lishi lozim. Xar bir partiyada po’kaklangan mevalar 15 %, belgilangan o’lchamlardan kichik mevalar 5%, biroz ezilganlari va bosilganlari 10% bo’lishiga ruxsat etiladi. Bunda ko’k mevalar, ya’ni pishmaganlari bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Mayda mevali va uzunchoq shaklli pomidor navlaridan olingan maxsulotlar konservasiya uchun foydalaniladi. Bunda pishib etilmagan ya’ni pushti rangli pomidorning aralashishiga yo’l qo’yiladi. Bug’lanadigan pomidorlarning etilish darajasi qizil, pushti, qo’ng’ir va oqish bo’lishi mumkin.
Iste’mol uchun etkazib beriladigan yangi boshpiyoz standart talabiga javob berishi lozim. Etilgan 5 sm gacha uzunlikdagn bo’g’zi qurigan, shuningdek, umumiy po’st ostida ikki bo’lakka ajraladigan sog’lom boshpiyoz iste’molga yaroqli xisoblanadn. Oval shakldagilarining ko’ndalang diametri kamida 3 va qolganlariniki 4 sm bo’lishi kerak, bir partiyada ko’rsatilgandan kichik o’lchamli, yalang’ochlangan va shikastlanganlarining umumiy miqdori 5% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi.
O’simtali piyozning 1 aprelgacha o’simtaning uzunligi 1 sm va 1 apreldan 1 avgustgacha esa 2 sm gacha bo’lganlari 10% gacha bo’lishi, bo’g’zi sentyabrgacha etarlicha qurilmaganlari (barcha navlar uchun) ko’pi bilan 15%, 1 sentyabrdan keyin esa 5% bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Iste’mol va qayta ishlash uchun foydalaniladigan xo’raki lavlagi standart talabiga javob berishi lozim. Yangi kovlangan, yaxlit, quruq, kasallik belgilari, loyi, yoriqlari yo’q, zararkunanda tushmagan, bitta botanik navga mapsub, bandspz yoki bandining uzunligi ko’pi bilan 2 sm, sershira, to’q qizil etli lavlagi standart talabiga mos keladi.
Ko’ndalang kesimining diametri 5,0 sm dan 14 sm gacha bo’lishi mumkin. Mexanik shikastlangan, bitib ketgan yoriqli, boshlari kesikli, sal so’ligan ildizmevalar 5% dan oshmasligi kerak. So’ligan, burishgan, shuningdek chirigan, sovuq urgan va zararkunandalar shikastlagan ildizmevalar bo’lishiga ruxsat etilmaydi. Ildizmevalarga yopishgan tuproq umumiy massaga nisbatan 1% gacha bo’lishi mumkin.
Yangi uzilgan chuchuk qalampir standart talabiga ko’ra iste’mol qilish uchun va qayta ishlash uchun topshiriladi. Ular toza, sog’lom bo’lishi, shakli va rangi jixatdan navga mos kelishi, ta’mi shirinroq yoki sal achchiqroq bo’lishi, meva bandi cho’zinchoq shaklli navlarda 6 sm gacha va yumaloqlarida esa 4 sm gacha bo’lishi mumkin.
Bir partiyada sal so’ligan, lekin burishmagan yoki sal tirnalganlar ko’pi bilan 10%, shuningdek, belgilangan o’lchamlardan farq qiladiganlarining 5% gacha aralashishiga ruxsat etiladi.
Tarvuzlar etilgan, yaxlit, sershira, miqti etli, po’stining rangi va yarqiroqligi shu navga mos kelishi lozim. Eng katta tarvuzning diametri kamida 15, ertagi navlar uchun kamida 12 sm belgilangan.
Yuklab jo’natiladigan joylarda bir partiyada pishib o’tib ketgan va pishmagan tarvuzlarning miqdori 3% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi. Engil zararlangan tarvuzlar ortilmaydi. Tashish vaqtida engil shikastlangan tarvuzlar 8% gacha bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Bir partiyaga bir muddatda pishadigan boshqa navlardan 10% gacha aralashgan bo’lishi mumkin. Bosilgan, ezilgan, yorilgan, kasallik va zararkunandalardan zararlangan xamda chirigan tarvuzlar standart xisoblanmaydi.
Xo’raki qovunlar yaxshi pishgan, kasallik belgilari yo’q bo’lishi lozim. Ertagi, mayda xosilli, duksimon navlarning diametri kamida 10 va o’rtagi, kechki, shuningdek, yumaloq oval shakldagilarniki 15 sm bo’lishi kerak.
Tirnalgan va qirqilgan joylari bitib qolgan qovunlar yaroqli xisoblanadi. Bir partiyada engil zararlangan qovunlar 5% gacha bo’lishiga va bir xil muddatda pishadigan boshqa navlardan 10% gacha aralashishiga ruxsat etiladi.


Yüklə 383,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə