1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja



Yüklə 383,95 Kb.
səhifə39/89
tarix11.12.2023
ölçüsü383,95 Kb.
#146714
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89
1-mavzu tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja-fayllar.org

Tamg’alash (markirovka). Iste’mol idishlarini tamg’alash o’zida idishga badiiy bezak berish, ishlab chiqaruvchini logotipini kiritish, mahsulot va uni ishlab chiqaruvchi to’g’risidagi ma’lumotni matn ko’rinishida berishni o’z ichiga oladi. Meva – sabzavot konservalarini tamg’alashda foydalaniladigan qog’oz etiketkalar toza, butun, g’ijimlanmagan, va batartib yelimlangan bo’lishi kerak.
Qog’oz etiketgadagi yoki iste’mol idishi yuzasidagi matnda ishlab chiqaruvchi joylashgan mamlakatning rasmiy tilida yoki eksport qilinayotgan mamlakatning rasmiy tilida quyidagi ma’lumotlar kiritilishi kerak:
– mahsulotni ishlab chiqargan korxonaning nomi, uning manzili va tovar belgisi;
– mahsulotning shtrix kodi;
mahsulotning nomi;
– mahsulotni ishlab chiqarishda tayanilgan texnik – normativ xujjat;
– mahsulotning massa nettosi yoki hajmi;
– mahsulotning navi;
– ishlab chiqarilgan va saqlanish muddatlari (agarda idishning o’ziga yozish imkoni bo’lmasa);
– 100 gr. mahsulotning oziqaviy va energetik qiymati, hamda mahsulot to’g’risidagi boshqa ma’lumotlar qayd etiladi.
Konserva mahsulotlari qadoqlangan transport idishlariga “dumalatilmasin” (vverx ne kantovat) ma’nosini bildiruvchi belgi, shisha bonkalar qadoqlangan transport idishlarga esa “ehtiyot bo’ling, sinuvchi” ma’nosini bildiruvchi belgi tushirilishi kerak.
Konserva mahsulotlari qadoqlangan har bir transport idishi birligiga qo’shimcha ravishda mahsulotni tavsiflovchi tamg’a tushirilishi kerak.
Konserva mahsulotlari uzoq muddat saqlanishga mo’ljallangan mahsulot turi hisoblanadi. Ular o’zining iste’mol xususiyatini uzoq vaqt sablab qolishi mumkin, lekin amaliyotda bunga ehtiyoj yo’q, shuning uchun ularning realizatsiya qilish muddati konserva turidan, foydalanilgan iste’mol idishidan, kimyoviy tarkibi va saqlash sharoitlaridan kelib chiqib 1 – 2 yilni tashkil etadi.
Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni va saqlash rejimlarini to’g’ri tashkil etilsa meva – sabzavot konservalarining sifati saqlash davrida o’zgarmaydi.

Yüklə 383,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə