1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-rasm. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar xususiyatlari



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə11/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

1.3-rasm. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar xususiyatlari

XVF, IXTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) hamda BMT milliy schyotlari tizimidagi ta’riflarga muvofiq, TTXI tarkibiga quyidagilar kiritiladi:


kompaniyalarning o’z kapitalini xorijga chiqarishi;
to’g’ridan-to’g’ri investor xorijiy korxonadan olgan foydasini uning foydasiga qayta moliyalashtirishi;
kapitalning bosh firma va uning xorijiy korxonalari o’rtasida ichki korporativ o’tkazmalari.Iqtisodiy adabiyotda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning tor va keng ma’nodagi ta’riflari ajratiladi.
TTXIning tor ma’nodagi ta’rifi IHTT tomonidan berilgan bo’lib, bu yo’nalishning bazaviy metodologiyasi kapital harakatini erkinlashtirish kodeksida bayon etilgan: mustahkam iqtisodiy munosabatlarni o’rnatish hamda korxona ustidan nazorat xuquqini qo’lga kiritish maqsadida kapital va resurslarning transchegaraviy harakati qamrab olinadi. Bunday yondashuv asosida investor sifatida mazkur mamlakatning norezidentlari va xorijlik rezidentlar maydonga chiqishlari mumqin.
Har ikkala toifalar uchun to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hosil bo’lishining quyidagicha yo’nalishlari ko’rsatiladi:
100 foizlik xorijiy mulkchilikka asoslangan korxona, shu’ba kompaniyasi yoki bo’linmasini tashkil etish yoki bo’linmasini tashkil etish yoki kengaytirish;
mavjud korxonani to’liq mulkchilikka sotib olish;
yangi yoki harakatdagi korxonada ishtirok etish;
5 yil va undan ko’p muddatga qarz berish.
TTXIning keng ta’rifi Jahon banki tomonidan berilgan “MIGA” (Ko’p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligi)ni ta’sis etish haqidagi shartnomada ilk bor tilga olingan; u shuningdek, ikki taraflama kafolatlash shartnomalari uchun ham xosdir. Bunday yondashuvda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarga kapital (yoki resurslar)ning harakatlanishi shakllarigina emas, balki aktivlarning boshqa turlari ham kiritiladi: har xil turdagi mulk va mulkiy xuquqlar, noaktsiyador turdagi investitsiyalar (subbitimlar, boshqaruv shartnomalari, franchayzing, litsenzion bitimlar, mahsulot taqsimoti va h.k.lar ham shular jumlasidan) ham kiradi.
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalash shakllari va usullariga tegishli turlicha talqinlarning berilishi jiddiy muammolarni keltirib chiqardi (masalan, NAFTA va ASEAN ta’riflari shular jumlasidandir) va amaliy muammolarni hal qilishda qator variantlar-optsiyalarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Bu xalqaro investitsiyalash masalalari bo’yicha muzokaralardagi, iqtisodiy diplomatiyadagi munozarali muammolardan biridir.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə