1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-rasm. Ssuda kapitali xususiyatlari



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə13/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

1.5-rasm. Ssuda kapitali xususiyatlari

Kapitalning ssuda shaklidagi migratsiyasi deganda kapitalning barcha xalqaro harakatlanishi tushunilib, quyidagi turdagi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar bundan mustasno:


davlat va xususiy zayomlar;
boshqa mamlakatlarning obligatsiyalari, xorijiy kompaniyaning veksellari va trattini sotib olish;
qarzlar bo’yicha to’lovlar;
banklararo depozitlar;
rivojlanishga rasmiy yordam.
Xalqaro valyuta fondi yana bir guruh — “boshqa investitsiyalar”, guruhini ajratadi. Bu guruh asosan xalqaro zayomlar va bank depozitlaridan tashkil topadi. Ular ba’zida portfel, ba’zida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tarkibida bo’lishi mumkin. Bayon qilingan sxemada zamonaviy investitsiya amaliyotiga tegishli bo’lgan ikkita holat mavjud.
Birinchidan, u mutlaqo mantiqqa mos keladi va valyuta-kredit munosabatlari pozitsiyasida ishlay oladi. Biroq savdo-iqtisodiy aloqalaridan investitsiyalarga bog’liq turli operatsiyalar kelib chiqadi. Ular orasidagi turli-tuman servis, marketing, boshqaruv, texnologik va boshqa operatsiyalarga berilgan tasnifga mos tushmaydigan investitsiyaviy huquqlarni yuzaga keltiradi. Ular xorijiy investorga mulkchilik huquqini berishni ko’zda tutmaydi, biroq muntazam daromad olish huquqini beradi (royalti, rentals va h.k.)
Ikkinchidan, bayon qilingan sxemada barcha shakllar bir ma’noli bo’lib, bir chiziqqa tortilgandek tuyuladi. Biroq ilgari olingan va taqsimlangan foydaning qayta taqsimlanishi emas, balki haqiqiy ishlab chiqarishni boshqarish nuqtai nazaridan investitsiyalarning qanday shakllari muhimroq, degan masala dolzarb hisoblanadi.


1.5. Investitsiya normasi va unga ta’sir etuvchi omillar

Jamg’arish normasi barqaror iqtisodiy o’sishning asosiy ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.


Jamg’arish — bu joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish orqali kelajakda aholi iste’molini oshirishga yo’naltirilgan jarayondir. Bozor iqtisodiyotida jamgarish funktsiyasini tadbirkorlik, fermer yoki ular tomonidan belgilangan yuridik homiy shaxslar amalga oshiradi. Ular qatoriga menejerlar, ma’muriyat, mehnat jamoasining kengashi, aktsiyadorlik jamiyati kengayishi, davlat boshqaruv organlari va xo’jalik faoliyatini olib borish xuquqini olgan shaxslarni kiritish mumkin.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə