1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


-jadval TTXIning asosiy nazariy kontseptsiyalari



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə18/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

2.1-jadval
TTXIning asosiy nazariy kontseptsiyalari
(Makroiqtisodiy yondashuv)



Muallif

TTXI oqimini rag’batlantiruvchi omillar

Nazariy xulosalar

Zamonaviy qo’llash sohasi

R. Aliber

Kapital va valyuta bozorlarining takomillashganligi

Valyutasi barqaror mamlakatlarda firmalar yuqori kapitallashish darajasiga ega, buning hisobiga valyutasi beqaror mamlakatlarda TTXI riski qoplanadi

TTXIning rivojlangan mamlakatlar-dan rivojla-nayotgan mamla-katlarga chiqa-rilishi va ularning valyuta kursi dinamikasiga bog’liq holda o’zgarishi

K. Kodzima

Muayyan resurslarga egalik qilishda nisbiy afzalliklarning mavjudligi va kompaniyalar faoliyat yuritayotgan bozor tuzilmasining xususiyaglari

TTXI - tashqi savdoga qo’shimcha tarzda kompaniyalarniig nisbiy afzalliklarini oshiradi. TTXI tashqi savdoga yo’naltirilgan (Yaponiya) va yo’naltirilmagan (AQSh) turlarga bo’linadi

Yapon TTXI xususiyatlari



T. Ochava

Yaponiya iqtisodiyotiga xos xususiyatlar:
- tashqi bozorlarga bog’liq;
- milliy ishlab chikarish omillari bahosining oshishi;
- yapon tovarlariga nisbatan protektsionizm siyosatining kuchayishi va boshqalar

TTXI qayd etib o’tilgan salbiy omillarii kamaytirish imkonini beradi

Yapon TTXI xususiyatlari

A.Shmitts P.Xelm-
berger

TTXI asosida vertikal integratsiyalashgan ishlab chiqarish tuzilmalari va kapital eksport qiluvchi mamlakat tomon yangi xom ashyo oqimlarini shakllantirish imkoni

TTXI vertikal va gorizontal integratsiya jarayonlari tufayli savdo hajmini oshiradi

Qazib oluvchi tarmoqlardagi TTXI

R.Man-dell

Bojxona tariflarining darajasi

Kapital harakatining importni o’rnini qoplashga qaratilishi

Import o’rnini qoplashga yo’naltirilgan TTXI

T.Xorst

Foyda va eksportni maksimallashtirish

Ushbu maqsadga erishish TTXI amalga oshirish strategiyasini nazarda tutadi

Narxlarning talabga bog’liq holda o’zgarishi xisobga olingan hollarda

S.Xay-mer

Portfel investitsiyalar uchun - foiz stavkalari; TTXI uchun — investitsiya kiritilayotgan firma mahsulotining differentsiatsiyalashuvi, “miqyos ta’sirida” tejash, savdo belgisi, patentlangan texnologiyalar, yuqori darajadagi menejment va marketing shakllaridagi nisbiy afzalliklar

TTXI va xalqaro savdo - bir-birining o’rnini bosuvchi strategiyalar bo’lib, investorlarga mahalliy firmalar tomonida raqobat kurashida to’siqlar yaratish imkonini beradi

Firmalarning portfel investitsiya-lari; Differentsiya-lashgan va vertikal integratsiya-lashgan ishlab chiqarishga ega firmalar tomonidan amalga oshirilaetgan TTXI

R.Vernon
L.Uells

Mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasi: tashqi savdo va investitsiyalar — tsiklning o’zgarishini hisobga olgan holda xorijiy bozorlarga kirib borish jarayonining umumiy dastaklari sifatida foydalaniladi

TTXI ishlab chiqarishni importyor mamlakatlarga ko’chirish imkonini beradi, “miqyos ta’sirida” tejash esa nafaqat mahalliy bozorni mahsulot bilan to’ddirish, balki uni uchinchi mamlakatga eksport qilishni ta’minlaydi

Yaponiya va G’arbiy Evropa TTXIning ri-vojlanayotgan mamlakatlarga chiqarilishi

S.Xirsh

Kompaniyaning nisbiy afzalliklari va axborot olish, bitimlarni amalga oshirish, xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yish uchun qilingan xarajatlar

Kompaniya TTXI strategiyasini tanlaydi: 1) agar nou-xau egasi, o’z mamlakati va xorijda mahsulot sotishda katta farqqa ega bo’lsa; 2) ishlab chiqarish xarajatlari past bo’lgan mamlakatlar mavjud bo’lsa.

TTXI nou-xauga ega kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladi;
TTXI ishlab chiqarish xarajatlari past bo’lgan mamlakatlarga chiqariladi chiqariladi

D.Pen-rouz
O. Uilyamson K.Errou va
h.k.

Bozorning iqtisodiy institut sifatida mustaqil sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida aktivlar, tovarlar va axborotlar bilan samarali almashinuvni amalga oshira olmasligini engishga bo’lgan intilish

Firmaning muzokaralar va bitimlar, mulk huquqini himoya qilish, xaridorning bexabarligi tufayli tovar uchun maksimal narx olishning iloji yo’qligi va boshqalar uchun xarajatlar qaicha yuqori bo’lsa, kom-paniya TTXIni amalga oshirishda shunchalik faol bo’ladi

Kompaniyalar tomonidan bozorning nomukammalli-gini engish uchun ko’p miqdorda sarf-xarajatlar qilingan hollarda qo’llaniladi

J.Danning

Kompaniya quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lganda TTXIni amalga oshiradi: 1) sezilmaydigan aktivlarga bo’lgan mulk xuquqi bilan bog’liq afzalliklarga ega bo’lganlar; 2) kompaniyaning aktivlari o’zi ishlatishi manfaatlirok, bo’lganda;
3) kompaniya 1 va 2 shartlar mavjud bo’lgan hollarda o’z afzalliklaridan xorijdagi biron-bir ishlab chiqarish omili bilan birga foydalanishi manfaatliroq bo’ladi

Fakat birinchi afzallikka ega kompaniya patentlar va litsenziyalarni sotadi; birinchi va ikkinchi yoki barcha afzalliklarga ega kompaniya TTXIni amalga oshiradi

Sanab o’tilgan shart-sharoitlarga ega kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan TTXI

Mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasi frantsuz olimi R.Vernon tomonidan 1966 yilda ishlab chiqilgan. U kapitalni chetga chiqarishni mahsulotning hayotiylik tsikli qonuniyatlari bilan bog’laydi. Mahsulotning bozordagi hayoti bir nechta bosqichlardan o’tadi:


1) mahsulot bozorga olib kiriladi;
2) mahsulotni sotish hajmining ortishi va sifat ko’rsatkichlarining yaxshilanishi;
3) mahsulot ommaviy tarzda ishlab chiqariladi;
4) bozor mahsulotga to’yinadi va sotish hajmi pasayadi.
Shunda mahsulot ishlab chiqarish to’xtatiladi.
Mahsulotni eksport qilish va ishlab chiqarishni xorijga ko’chirish ehtiyoji uchinchi va to’rtinchi bosqichlar oralig’ida vujudga keladi. Agar tovar va kapital muvaffaqiyatli eksport qilinsa, firma mahsulotning hayotiylik tsiklini qulay tarzda uzaytirish imkonini qo’lga kiritadi. Bu davrda yuqori, barqaror mahsuldorlik ta’minlanadi va daromadlilik oshadi. Mahsulotning raqobatbardoshligi hayotiylik tsiklining etuklik bosqichida ortadi va ushbu bosqichda jahon bozorida mustahkam o’rin egallaydi. Shu bilan bir vaqtda tashqi iqtisodiy ekspansiyaga ehtiyoj zaruriyatga aylanadi. Ushbu holat maqsulotning monopolistik raqobat afzalliklarining boshqa mamlakatda “gullab-yashnashi” uchun imkoniyat yaratib beradi.
Raqobatbardoshlik nazariyasi 1990 yilda M.Porter tomonidan ishlab chiqilgan (2.1-rasm). M.Porter raqobatbardoshlik nazariyasini jahonning sakkiz mamlakatidan yuzdan ortiq tarmoqlarni tahlil qilish asosida yaratgan. M.Porter ushbu tahlillar asosida TMKning jahon bozorlaridagi muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillarni quyidagi guruxlarga ajratadi: korporativ boshqaruv; ishlab chiqarish omillaridan foydalanish; turdosh tarmoqlarni qo’llab quvvatlash; talab holati.
M.Porter ushbu omillar sintezini “raqobat afzalliklari olmosi” deb ataydi va ular kapitalni chetga chiqarishning muvaffaqiyatini kafolatlashini nazarda tutadi. Qo’shimcha omillar sifatida esa davlatning oqilona investitsiya siyosati va “omadli vaziyatlari”ni keltiradi.
M.Porterning fikricha, bozorni o’zlashtirishda raqobat faqat foydalanilayotgan texnologiyalar bilan bog’liq bo’lmasdan, balki TMK tomonidan qo’llanilayotgan strategiyalarda ham namoyon bo’ladi.



Korporativ boshqaruv





Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish

Turdosh tarmoqlarni qo’llab quvvatlash





Talab holati



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə