1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Takror ishlab chiqarish tarkibiga ko’ra YaIM quyidagi uch elementdan



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə26/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

Takror ishlab chiqarish tarkibiga ko’ra YaIM quyidagi uch elementdan:
1) moddiy ne’matlar va xizmatlarning pirovard iste’moli;
2) yalpi jamg’arish;
3) tovar va xizmatlarning sof eksporti.
Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi ayrim tarmoqning YaIMdagi, asosiy ishlab chiqarish fondlaridagi, ishlayotganlarning sonidagi ulushi bilan belgilanadi. Ushbu tarkib ijtimoiy mehnat taqsimoti, tarmoqlararo va tarmoq ichi jarayonlari ta’siri ostida shakllanadi.
Iqtisodiyotning texnologik tarkibi ishlab chiqarishni texnologiya bazasini belgilovchi texnologik ukladlarning yig’indisidan iborat. Iqtisodiy fanda texnologik yutuqlarni 5 turi farqlanadi. O’zbekiston iqtisodiyotida xom-ashyoga asoslangan iqtisodiyotdan yuqori texnologiyali iqtisodiyotga o’tish amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyotning mintaqaviy tarkibi — milliy xo’jalik sub’ektlarini mamlakat YaIMni ishlab chiqarishdagi ulushi bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi mamlakatdagi mulk shakllarining YaIMni ishlab chiqarishdagi, band bo’lganlarni umumiy soni, asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalardagi ulushi bilan belgilanadi.
Kapitalning kontsentratsiyalashuvi, kooperatsiyalashuvi va markazlashuvini aks ettiruvchi iqtisodiyot tarkibi — kichik, o’rta, yirik korxonalar, moliya-sanoat guruhlari, transmilliy kompaniyalarning YaIMni ishlab chiqarishdagi o’rni bilan belgilanadi.
Tarkibiy siyosatni amalga oshirish printsiplari quyidagilardan iborat: raqobatbardosh bozor iqtisodiy rivojlanish bosh tartibga soluvchisi sifatida; davlatni iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish va optimallashtirish; iqtisodiyotning ochiqligi; mikroiqtisodiy darajada iqtisodiyot faoliyatini erkinlashtirish.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini yuzaga keltiruvchi sabablardan biri — bu iqtisodiyotda disproportsiyalarning vujudga kelishi va investitsiya resurslari etishmasligi tufayli ularni boshqarish mexanizmlarining amal qilmasligidir. Masalan, milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy nisbatlaridan biri real sektor bilan moliyaviy sektor o’rtasidagi nisbat hisoblanadi. Jahon xo’jaligida, shu jumladan, taraqqiy etgan va ayrim o’tish mamlakatlari iqtisodiyotida moliya sektori deformatsiyalashib, real sektordan uzilib, soxta kapitalni takror ishlab chiqaruvchi institutsional mexanizmlar o’z-o’zidan ishlay boshladi.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə