1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida tarkibiy siyosatni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə27/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida tarkibiy siyosatni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1. Iqtisodiyotda texnologik multiplikatorni ishga tushirish bo’yicha iqtisodiy siyosat olib borish. Masalan, Germaniyada fotoelektronika tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha maxsus qonun qabul qilingan. Ushbu qonunga muvofiq qurilish kompaniyalariga binolarning tomini yopishda fotoelektrik qurilmalardan foydalanish majburiyati yuklatilgan. Shu orqali Germaniyada elektronika tarmog’i mahsulotlariga talab shakllantirilgan va ushbu sohada innovatsiya muammosi hal etilgan.
2. Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (NIOKR), yangi texnikani o’zlashtirish va kadrlar tayyorlash bo’yicha barcha xarajatlarni soliqlardan ozod etish. Bu fan sig’imkorligi yuqori texnikaning milliy ishlanmalari rivojlanishini rag’batlantiradi.
3. Transaktsion sektorlar, jumladan, moliya sektori rentabelligini pasaytirishga ko’maklashish. Bu malakali kadrlarning mehnat unumdorligi yuqori tarmoqlardan transaktsion sektorlarga oqib o’tishining oldini oladi.
4. Yaqin uch yil ichida gaz, suv va elektr energiya bilan ta’minlash sohasida tariflar barqarorligini ta’minlash.
5. Davlat korporatsiyalari o’rtasida raqobat muhitini shakllantirish.
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. Investitsiya jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida so`nggi yillarda investitsiya hajmi sezilarli darajada ortdi.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to’siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika byudjetidan katta miqdorda mablag’lar ajratilmoqda.
Respublikamizda investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlari joriy etilishi bilan ularni moliyalashtirish manbalari hajmi yildan-yilga o’zgarmoqda. So’nggi yillarda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarida davlat byudjetining salmog’i boshqa bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan moliyalashtirish manbalarini oshishi evaziga kamayib borgan.
Rivojlangan davlatlarda investitsiyalarni moliyalashtirishda aholi qo’yilmalarining salmog’i ancha yuqori. Masalan, Yaponiyada aholi qo’yilmalari bank tizimining umumiy resurslarida 70 foizni tashkil etadi. Aholi uchun jamg’armalarni yuqori likvidligi, ishonchliligi ta’minlanadi10.
O’zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50%ga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo’naltirilganini ta’kidlash darkor.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha amalga oshirilayotgan yirik va strategik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat byudjetining ham ahamiyati yuqori bo’lmoqda.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə