1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


AQShda shtatlar miqyosida xorijiy investorlar uchun beriladigan imtiyozlar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə101/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

AQShda shtatlar miqyosida xorijiy investorlar uchun beriladigan imtiyozlar - bu soliq imtiyozlari, moliyaviy yordam, infratuzilmani rivojlantirishda hamkorlik, kadrlar tayyorlash, ijara haqi va elektr to’lovlarini kamaytirish, past foizlarda kredit shaklida bevosita moliyaviy resurslar ajratish kabilardan iborat.
Har bir shtatning mustaqil investitsiya siyosatini olib borishi, erkin raqobatning vujudga kelishiga, shu hududda ishlab chiqarishning, tadbirkorlikning rivojlanishiga zamin yaratadi.
So’nggi yillarda qator mamlakatlarda hududni iqtisodiy rivojlantirish korporatsiyalarini tashkil etish tajribasi keng qo’llanilmoqda. Bu korporatsiyalar mazkur hududda joylashgan firmalarning ishtirokida maxsus fondlarni shakllantiradi. Bu fond mablag’lari hududda infratuzilmani rivojlantirishga, yangi qurilishlarga yo’naltiriladi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, chet el investorlariga turli engillik va imtiyozlarni joriy etish bo’yicha Xitoy davlati tajribasi ham ahamiyatlidir. Xitoy hukumati investitsiyalar oqimini hududlar darajasida, mahalliy hokimiyatga katta vakolat bergan holda muvaffaqiyatli muvofiqlashtirib kelmoqda.
Markaziy organlar umumiy investitsiya siyosati doirasida qaysi sohaga investitsiyalarni yo’naltirish zarurligini aniqlab beradi. Mahalliy organlar esa bir vaqtda investitsiyalarni rag’batlantirish dasturlarini ishlab chiqadi. Chet el investitsiyalarini jalb etish uchun “soliq kanikuli” va engilliklari, import ta’riflari bo’yicha engilliklari kabi turlicha rag’batlantirish usullari ishlab chiqilgan. Ayniqsa ko’pgina erkin iqtisodiy zonalarda tashkil etilgan korxonalarga nisbatan bunday engillik va imtiyozlar ko’proq ishlatiladi.
Hozirda Xitoy hukumati mamlakatning ichki rayonlariga ko’plab, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun, ularga uzoq muddatga soliq to’lashdan ozod etish, foydasini har qanday to’siqlarsiz olib chiqib ketish kabi shart-sharoitlarni yaratmoqdalar. Mahalliy hokimiyatlar mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun chet el kapitalini jalb qilishni rag’batlantirish dasturlarini markaziy organlarning ruxsatisiz hayotga tatbiq etishlari mumkin.
Xitoy davlatining investitsiyalar bo’yicha qonunlari Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur kabi davlatlarining qonunlariga ko’p jihatdan o’xshash holda ishlab chiqilgan. Shuning bilan birgalikda ta’kidlash lozimki, turlicha davlatlarning qonunlarida chet el investorlari faoliyatiga cheklanmalar ham belgilangan. Deyarli barcha davlatlarda chet el kapitali kiritilishi mumkin bo’lmagan tarmoqlar mavjuddir. Qator davlatlarda chet el investitsiyalari uchun ayrim tarmoqlar to’liq yopiqdir.
Xorijiy investorlarning faoliyati bo’yicha cheklovlarni muvofiqlashtirishda mahalliy organlarning ishtiroki ham salmoqlidir. Qator davlatlarda mahalliy hududdagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, xorijiy investorlarning faoliyatida turlicha cheklovlarni belgilaydi. Masalan AQShda ayrim shtatlarda foydali qazilmalarga chet el kapitalini jalb etish man etilgan bo’lsa, ayrim shtatlarda er uchastkasini sotib olishda cheklovlar belgilangan. Biroq, jahon tajribasi ko’rsatmoqdaki, ko’pgina davlatlarda hududiy investitsiya siyosatidagi moliyaviy-iqtisodiy imtiyozlarning va engilliklarning berilishi hududlarning iqtisodiy rivojlanishlariga zamin yaratmoqdalar.
Respublikamizda ham viloyatlarning, tumanlarning investitsion faoliyatdagi faolligini va mustaqilligini oshirish hududlarga chet el investitsiyalarini jalb etishda bir muhim mezon bo’lishi mumkin.
Jahon amaliyotida investorlarning manfaatlarini himoya qilish va kafolatini ta’minlashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: milliy qonuniyatlarning chet el investorlariga nisbatan mos me’yorlarini qabul qilish; ko’p tomonlama shartnomalarning me’yorlarini muvofiqlashtirish; kapital qo’yilmalarni o’zaro himoyalash va rag’batlantirish bo’yicha davlatlararo ikki tomonlama shartnomalarni muvofiqlashtirsh; aniq olingan investitsiya loyihalari bo’yicha davlatlararo va xorijiy investorlar bilan kelishuvnomalarni muvofiqlashtirish. Respublikamizda bu qayd qilingan usullarning barchasidan foydalanilsada, lekin bizning fikrimizcha etarli darajada emas.
Yuqorida qayd etganimizdek, bizning fikrimizcha, respublikamiz investitsiya faoliyatida mahalliy hokimiyatlarning mustaqilligini va rolini oshirish va maxsus investitsiyalarni rag’batlantirishning mahalliy dasturlarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek hududlarda investitsiyalarning manbasi sifatida munitsipial va korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarish va ulardan oladigan daromadlar bo’yicha imtiyozlarni belgilash investitsiya oqimini ko’paytirishga olib kelishi mumkin.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə