1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


Investitsiya muhitini aniqlashning jahon tajribasi



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə103/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

9.3. Investitsiya muhitini aniqlashning jahon tajribasi


Investitsiya muhiti — bu xorijiy kapital qo’yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig’indisidir.
Investitsiya muhiti kompleks, ko’pqirrali tushuncha bo’lib milliy qonunchilik, iqtisodiy shart-sharoitlar (inqiroz, o’sish, stagnatsiya), bojxona rejimi, valyuta siyosati, iqtisodiy o’sish sur’atlari, inflyatsiya sur’atlari, valyuta kursining barqarorligi, tashqi qarzdorlik darajasi kabi ko’rsatkichlarga ega.
Jahon amaliyotida mamlakatning investitsiya muxitini baholash borasida turli yondashuvlar mavjud. Ushbu yondashuvlar bir-biridan investitsiya muhitini tashkil etuvchi omillarni to’liq yoki qisman qamrab olishi bilan farq qiladi. Tahlillar ko’rsatishicha, “Standart & Poor’s”, “Moody’s” va “Fitch IBCA” jahondagi eng yirik reyting agentliklardan hisoblanadi. Ushbu agentliklar emitentning qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’laqonli bajara olish imkoniyatlari va emitentlarning kredit bera olish qobiliyatiga baho beradilar. Agentliklar tomonidan ishlab chiqilgan va tuzilgan reytinglar mamlakat investitsiya muhitini ma’lum darajada baholash imkonini beradi.
Masalan, “Standart & Poor’s” uslubiyatiga ko’ra, uzoq muddatli reyting eng yuqori “AAA” ko’rsatkichidan eng quyi “D” ko’rsatkich oralig’ida o’zgarib boradi. “AA” dan “SSS” ko’rsatkichigacha bo’lgan oraliq reytingi “musbat” (+) yoki “manfiy” (-) belgilar bilan to’ldirib borilishi mumkin va ular asosiy ko’rsatkichlarga tegishli bo’lgan oraliq ko’rsatkichlar hisoblanadi. Qarz majburiyatlarini bajarish sifati reytingning quyidagi ko’rsatkichlari orqali baholanadi:
AAA - qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’liq bajarishning eng yuqori qobiliyatini aks ettiradi;
AA - qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’liq bajarishning yuqori qobiliyatini anglatadi;
A - qarz majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajarishning nisbatan yuqori qobiliyati, ammo tijorat, moliya va iqtisodiy sharoitlardagi salbiy o’zgarishlar ta’sirini ifodalaydi;
VVV — qarz majburiyatlarini o’z vaqtida va to’liq bajarishning etarli darajadagi qobiliyati bo’lib, moliya va iqtisodiy sharoitlardagi salbiy o’zgarishlar ta’sirining yuqori darajada sezilishini ifodalaydi;
V - moliya va iqtisodiy sharoitlardagi salbiy o’zgarishlar ta’sirining keskin sszilishi hamda qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’liq bajarish imkonining mavjudigini bildiradi;
SSS - emitentning qarz majburiyatlarini bajarmaslik ehtimolining mavjudligi bo’lib, qarz majburiyatlarining o’z vaqtida bajarilishi esa qulay tijorat, moliyaviy va iqtisodiy shart-sharoitlar bilan belgilanadi;
SS - hozirgi davrda emitentning qarz majburiyatlarini bajarmaslik ehtimolining yuqori ekanligini ifodalaydi;
S — emitentga nisbatan bankrotlik yoki protsedurasi qo’zg’atilgan holda to’lovlar yoki qarz majburiyatlarining bajarilishi davom etayotganligini bildiradi;
SD — boshqa qarz majburiyatlarini ko’rsatilgan muddatda va to’liq to’lanayotgan sharoitda ushbu qarz majburiyati bo’yicha tanlanma defolt mavjudligini aks ettiradi;
D — qarz majburiyatlari bo’yicha defoltni ifodalaydi.
“AAA”, “AA”, “A” va “VVV” kategoriyalari reytingi investitsion klass reytinglari hisoblanib, “VV”, “V”, “SSS”, “SS” va “S” kategoriyalari reytingi esa spekulyativ klassga ma’lum darajada kiradi. Kredit reytinglarini ishlab chiqishning asosiy tashkiliy qismi ularning o’zgarishini prognozlash hisoblanadi. Prognozning quyidagi tavsiflari keng qo’llaniladi: “ijobiy” (reytingning ko’tarilishi ehtimoli), “salbiy” (reytingning pasayishi ehtimoli) va “barqaror” (reytingning o’zgarishi kuzatilmaydi). Reyting agentliklari tomonidan reyting o’zgarishi tendentsiyalarini aniqlash murakkab bo’lgan holatda “rivojlanayotgan” prognoz tavsifidan foydalaniladi va u reytingning ko’tarilishi yoki pasayishi ehtimoli borligini anglatadi.
BERI indeksi bo’yicha mamlakat riskini baholash usuli (shu nomdagi firma tomonidan ishlab chiqilgan).

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə