1-mavzu: Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati va tasniflanishi


O’zbekistonga jalb qilinayotgan portfel investitsiyalar va ularga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə97/108
tarix30.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#167510
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   108
xorijiy investitsiya maruza (3)

8.4. O’zbekistonga jalb qilinayotgan portfel investitsiyalar va ularga ta’sir etuvchi omillar
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmlarini oshirish zaruriyati milliy iqtisodiyotning real sektori sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ishlab chiqarishni restrukturizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashga bo’lgan ehtiyojning ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Xorijiy investitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning katalizatori sifatida xizmat qiladi. Shu sababdan ham O’zbekiston iqtisodiyotida to’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalar roli oshib bormokda.
Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, xo’jalik sub’ektlarining innovatsion taraqqiyotini moliyalashtirish manbalari tuzilmasida markaziy o’rinni qimmatbaho qog’ozlar bozorining dastaklari egallaydi. Qimmatbaho qog’ozlar vositasida investitsion moliyalashtirish investorlar mablag’larini muomaladagi qimmatbaho qog’ozlarga sarflanishini anglatadi hamda qimmatbaho qog’ozlar bozorida ochiq va erkin faoliyati bilan xarakterlanadi. Xo’jalik sub’ektlarining innovatsion ehtiyojlarini moliyalashtirishning barcha turlaridan qimmatbaho qog’ozlar vositasidagi investitsion moliyalashtirish investitsiyalarni sarflash ob’ektlari tavsifining xususiyatlari va investitsion jarayon ishtirokchilari o’rtasidagi munosabatlarning murakkab mexanizmi bilan ajralib turadi. Innovatsion jarayonlarni qimmatbaho qog’ozlar yordamida moliyalashtirishning qarama-qarshiligi va murakkabligi, innovatsion dasturlar emitentlarining turli xarakterliligi va yo’naltirilganligi, investorlarning manfaatlarini keng. Ularning bir xillari uzoq muddatli va ishonchli daromadlar olishiga intilib, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarga urg’u berishadi, buning uchun esa ular o’zlarini qiziqtirgan korxonalarning kamida 10% aktsiyalarini sotib olishlari shart. Boshqa investorlar qarama-qarshi o’laroq portfel investitsiyalarni afzal ko’rishadi. Bunda ular investitsion faoliyatni investitsiya portfelini turli emitentlarning qimmatbaho qog’ozlaridan tashkil etish hisobiga diversifikatsiyalaydilar, shu bilan birga o’zlariga to’g’ri keladigan risk darajasini pasaytiradilar va daromadlarning barqaror darajasiga erishadilar. Portfel’ investitsiyalarning maxsus funktsiyasi bo’lib qimmatbaho qog’ozlar portfeli egasiga o’z qo’yilmalarini diversifikatsiyalash imkonini berish orqali risklarni to’plash va tarqatib yuborish, kurs va turli qimmatbaho qog’ozlar tebranishlarini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Portfel investorlarning maqsadlari va strategiyalarining tahlilidan kelib chiqib, ularni strategik portfel va spekulyativ portfel investorlarga ajratish mumkin. Ular o’rtasidagi asosiy farq ushbu guruh investorlarining maqsadga yo’naltirilganligidan kelib chiqadi. Agar strategik portfel investorlar korxonalarning kam daromad keltirishiga qaramasdan uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanishga yo’naltirib mablag’larini joylashtirsalar, spekulyativ investorlarning strategiyalari qimmatbaho qog’ozlar bozorini o’zining samarali holatidan chetlashishi natijasida kelib chiqadigan arbitraj imkoniyatlarini hisobga olish va faol (qisqa muddatli) foydani olishga yo’naltiriladi. Ya’ni spekulyativ investorlar ular tomonidan sotib olingan qimmatbaho qog’ozlarning birja kurslarining o’sishi yoki pasayishidagi o’yin hisobiga foyda olish va sotib olingan, sotilgan qimmatbaho qog’ozlarning qiymatlari farqi hisobiga daromad olishga intiladilar. Bu kategoriyadagi investorlar qimmatbaho qog’ozlarga uzoq muddatli egalik qilish hamda bo’sh resurslarni bitta emitentning aktsiya va obligatsiyalariga qo’yishga qiziqmaydilar.
Strategik portfel investorlar ishlab chiqarishni restrukturlashtirish va chiqarilayotgan mahsulotning assortimentini yangilash jarayonlarida faol qatnashadilar, spekulyativ portfel investorlar esa qimmatbaho qog’ozlarning talab va taklifi nisbati farqidan kelib chiqadigan arbitraj bitimlarni afzal ko’rishadi. Shu bilan birga strategik portfel investorlariga past darajadagi risk to’g’ri keladi, chunki ular emitentlarning investitsion potentsialini sinchiklab o’rganishadi va yaxshi bilishadi hamda ular faoliyati samaradorligini oshirish imkoniga egadirlar. Ammo, shu narsani unutmaslik kerakki, strategik investorlarning daromadlilik darajasi spekulyativ investorlarga nisbatan pastroqdir, chunki konservativ kayfiyatdagi investorlar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini keskin oshirishni ta’minlashga yoki o’zlarining qimmatbaho qog’ozlarining investitsion potentsialini keskin oshirishga tayyor bo’lmaydilar. Investitsiya bozorining faol qatnashchisi sifatida institutsional investorlar namoyon bo’lib, ular bu faoliyat bilan professional asosda, investitsion biznesga nafaqat o’zlarining bo’sh mablag’larini, balki o’z ta’sischilari yoki mijozlarining mablag’larini aktsiyalar bo’yicha yuqori dividendlarni, ulushli qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha foizlarni yoki ularni qayta sotish operatsiyalaridan daromadlar olish maqsadida jalb etishadi.
Institutsional investorlar qimmatbaho qog’ozlar portfelini ularning kotirovkalarining fundamental prognozlariga va emitentlari biznesining raqobatbardoshligini uzoq va o’rta muddatli rejada baholashga asoslanib shakllantirishadi. Shundan so’ng ushbu portfelning daromadga erishish va risk darajasini pasaytirish maqsadida qimmatbaho qog’ozlarni sotish yoki xarid qilish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish orqali boshqaradi.
Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, portfel investitsiyalar bozorining asosiy ishtirokchilari bo’lib institutsional investorlar namoyon bo’lishadi. Masalan, 1994 yildan 2006 yilga qadar faqatgina rivojlangan mamlakatlarning ochiq investitsiya jamg’armalarining aktivlari 4,5 trln. dollardan 16,1 trln. dollargacha oshdi. Jahonda pensiya zaxiralari (jamg’armalari) aktivlari 2005 yilga kelib 11,1 trln. dollardan oshib ketdi, bu esa jahon YaIMning 24,8% ini tashkil etadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) mamlakatlarida sug’urta kompaniyalari qimmatbaho qog’ozlari portfellarining umumiy hajmi 2006 yilda 8978,8 mlrd. dollarga etdi. Bunda moliya bozorining aksariyat qismini nazorat qiluvchi Amerika institutsional investorlari (75% gacha) nazorat qilishadi. Masalan, pensiya jamg’armalari, sug’urta kompaniyalari va ikki taraflama jamg’armalar mustaqil ravishda 10 trln. dollardan ortiq aktivlarni boshqaradi, pensiya jamg’armalari jahonning eng yirik institutsional investori statusiga ega bo’lishdi, AQShda taxminan 28000 ta investitsion klublar mavjud. Eng yirik xalqaro institutsional investorlar ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar ega bo’lgan summalar hajmiga teng yoki undan katta bo’lgan summaga egadirlar, bu ularga milliy iqtisodiyotga jiddiy ta’sir ko’rsatishga va hatto o’zgartirib yuborishga imkon beradi. Ular davlatlar va jamiyatlarning investitsiyalarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga qodirdirlar. IOSS0 (unga rivojlanayotgan bozorga ega bo’lgan mamlakatlarning 54%i a’zodir) ma’lumotlari bo’yicha a’zo mamlakatlar investorlarining yalpi aktivlari 700 mlrd. dollardan oshgan va ushbu mablag’lar 22 mingdan ortiq jamg’armalarga qo’yilib, ular 1262 ta boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqariladi. Bu katta mablag’lar mamlakatda ulkan miqyosdagi investitsiyalar oqimini “o’zlashtirish”ga tayyor bo’lmaganligi sababli inqirozga olib kelishi, shu bilan birga, jadal iqtisodiy o’sishni ta’minlashi mumkin.
XXI asr boshlariga kelib O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining asoslari yaratilmoqda, bozor infratuzilmasi institutlari faoliyat yuritmoqda, soliq tizimi takomillashtirilgan, valyuta siyosati modernizatsiyalashmoqda, O’zbekiston qimmatbaho qog’ozlar bozoriga xorijiy ynvestitsiyalarni jalb etish jarayonlari soddalashtirilgan. O’zbekistondagi barqaror makroiqtisodiy vaziyat, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi manzilli tadbirlarni moliyalashtirishga etarli mablag’larning mavjudligi respublikaga 2009 yil oxirida kelgan Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasi tomonidan yuqori baholandi
Iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorlashuvida jiddiy o’zgarishlarning mavjudligi, birinchidan, byudjet taqchilligining mavjud emasligi, davlatning qimmatbaho qog’ozlar ichki bozorida yirik qarzlarni olish ehtiyojini yo’qotdi. Yuqori likvidli va daromadli davlatning ishonarli qarz vositalari bozorining qisqarib borishi bilan investorlar korporativ qimmatli qog’ozlar bozoriga e’tibor berishga majbur bo’ldilar. Mamlakat kompaniyalarida moliya bozorini moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish mexanizmi sifatida foydalanishga imkoniyat vujudga keldi
Hozirgi kunda qimmatli qog’ozlar bozori etarli darajada rivojlanmaganligiga qaramasdan, yaqin va o’rta muddatli istiqbolda korporativ qimmatli qog’ozlar bozori shubhasiz, korxonalar emitentlari tomonidan moliyaviy investitsiyalarni jalb qilishning egiluvchan instrumentlaridan biri sifatida, moliyaviy investorlar tomonidan esa kapital qo’yishning foydali tarmog’i sifatida faol qo’llaniladi.
O’zbekiston iqtisodiyotining real sektorini investitsion rivojlantirish maqsadida qimmatbaho qog’ozlar bozoriga xorijiy portfel investitsiyalarning oqib kelishini faollashtirish jarayoniga inflyatsiyaning pasayishi, barqaror iqgasodiy o’sish,siyosiy barqarorlik, islohotlarning ketma-ketligi va samaradorligi, davlat investitsiya dasturlarinmng jozibadorligi omillari ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Boshqa tomondan esa, iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshib borishi xo’jalik sub’ektlari investitsion faoliyatini faollashtirish jarayonini jadallashtirdi, bu o’z navbatida, mamlakatning milliy iqtisodiyoti rivojlanishining har bir bosqichida investitsion potentsialni oshirishning real imkoniyatlarini belgilab berdi.
Xorijiy investorlarni milliy iqtisodiyotning real sektori sub’ektlarining innovatsion rivojlanishidagi ishtirokining murakkabligiga qaramasdan, ular mamlakatning xususiylashtirilgan korxonalarining kapitalini mustahkamlash va ularda yuqori korporativ madaniyatni kiritish jarayonini jadallashtirish imkoniga ega bo’lgan asosiy guruh hisoblanadilar. Shuningdek, jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotining real sektoriga spekulyativ emas, balki uzoq muddatli investitsiya instrumentlarini jalb etishga talab oshib bormoqda. Talab etilayotgan investitsiyalar strategik investorlarning to’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalari orqali ta’minlanadilar.
O’zbekiston iqtisodiyoti real sektori korxonalarining innovatsion rivojlanishi ehtiyojlariga yo’naltirilayotgan to’g’ridan-to’g’ri hamda portfel investitsiyalar miqyoslarining oshib borishi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni keltirib chiqaruvchi katalizator vazifasini bajaradi. Investitsiyalarning avval to’liq foydalanilmagan tabiiy, ishlab chiqarish, mehnat potentsialining xo’jalik jarayoniga jalb etilishini faollashtiruvchi omil sifatidagi o’rni katta ahamiyatga ega.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə