1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Opsion bitimi bo‘yicha sotish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə288/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   296
hisob raqam kod

92724 Opsion bitimi bo‘yicha sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotish bo‘yicha opsion (opsion — bu, shartnoma davri ichida moliyaviy instrumentning ma’lum qismini aniq belgilangan kursda sotish yoki sotib olish huquqini beruvchi shartnomadir) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96369 — “Opsion shartnomasi bo‘yicha sotish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan opsion shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsion shartnomalari bo‘yicha sotilgan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92728 Opsion bitimi bo‘yicha sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha opsion (opsion — bu, shartnoma davri ichida moliyaviy instrumentning ma’lum qismini aniq belgilangan kursda sotish yoki sotib olish hukuqini beruvchi shartnomadir) shartnomalarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96370 — “Opsion shartnomasi bo‘yicha sotib olish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan opsion shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida opsion shartnomalari bo‘yicha sotib olingan moliyaviy instrumentning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir opsion shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92732 Svop shartlarida sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotish bo‘yicha svop (svop — bu, shartli summada va kelishilgan indeksni qo‘llash asosida kelajakda to‘lovlarni almashtirish bo‘yicha kelishuvdir. Ikki namuna sifatida valyuta svopi va foizlar stavkasi bo‘yicha svop xizmat qiladi) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96371 — “Svop shartlari bilan sotish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotishga asoslangan svop shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida svop shartnomalari bo‘yicha moliyaviy instrumentning sotilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir svop shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqarda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə