1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Svop shartlarida sotib olish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə289/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   296
hisob raqam kod

92736 Svop shartlarida sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha svop (Svop — bu, shartli summada va kelishilgan indeksni qo‘llash asosida kelajakda to‘lovlarni almashtirish bo‘yicha kelishuvdir. Ikki namuna sifatida valyuta svopi va foizlar stavkasi bo‘yicha svop xizmat qiladi) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96373 — “Svop shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan svop shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida svop shartnomalari bo‘yicha moliyaviy instrumentning sotib olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir svop shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
92800 Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muddatli bitimlar
92802 Qimmatli qog‘ozlarnn sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotib olinishi lozim bo‘lgan, shuningdek bank bilan kontragent o‘rtasida qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha qayta sotib olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96374 — “Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotib olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek bank tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha qayta sotib olinishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelushuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob shartnoma va qimmatli qog‘ozlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə