1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə291/296
tarix29.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#114081
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296
hisob raqam kod

93616 Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: saqlash uchun topshiriq, vositachilik yoki saqlash shartnomalariga asosan olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 — “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida saqlashga qabul qilingan, shuningdek topshiriq va vositachilik shartnomalariga asosan sotish uchun olingan obligatsiyalar va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida topshiriq yoki vositachilik shartnomalari bo‘yicha sotilgan obligatsiyalarning va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlarining, sotilmagan va mijozlarga qaytarilgan, shuningdek saqlanish hisobidan chiqarilgan davlatning qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
93623 Shartli tarzda saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalarning topshiriq, vositachilik yoki saqlash shartnomalariga asosan olingan qimmatli qog‘ozlarining, shuningdek saqlanayotgan tijorat hujjatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 — “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida saqlash uchun qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar va tijorat hujjatlarining nominal qiymati, shuningdek topshiriq yoki vositachilik shartnomalariga asosan sotish uchun olingan xususiy korxonalarning qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida topshiriq yoki vositachilik shartnomalari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlarning, sotilmagan va mijozlarga qaytarilgan, shuningdek saqlanish hisobidan chiqarilgan xususiy korxonalarning qimmatli kog‘ozlarining va tijorat hujjatlarining nominat qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə