1. Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]



Yüklə 23,75 Kb.
tarix28.09.2023
ölçüsü23,75 Kb.
#124625
307 20.06.1994




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.03.00.00 Pul tizimi va pul muomalasi. Inflyatsiya / 07.03.01.00 Umumiy masalalar]

[TSZ:

1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY VALYuTASINI JORIY ETIShGA OID TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 16-iyundagi PF—870-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — “So‘m” muomalaga chiqarilishini va 1994-yilning 1-avgustiga qadar so‘m-kuponlarning muomaladan to‘liq yig‘ishtirib olinishini ta’minlasin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 1994-yil 1-iyuldan boshlab mahsulotlar (ishlar)ga so‘m-kuponlarda bo‘lgan amaldagi narxlarning barcha turlari va xizmatlarning tariflari belgilangan yaxlitlash qoidalarini hisobga olgan holda 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” nisbati bilan qaytadan hisoblab chiqiladi. Bunda tovarlarning qayta hisoblab chiqilgan chakana narxlari va xizmatlarning tariflari narxnomalarda albatta aks ettirilishi hamda xaridorlarga ko‘rinadigan joyga qo‘yilishi shart.
3. Respublikaning bank muassasalari 1994-yilning 1-avgustigacha mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning schyotlariga so‘m-kuponlarni qabul qilish va qo‘shib qo‘yishni 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” qilib belgilangan kurs bo‘yicha “So‘m” hisobida amalga oshirsinlar.
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.02.00 Asosiy vositalarning hisobi]

[TSZ:

1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]

4. Milliy valyuta muomalaga kiritilishi munosabati bilan narxlarni qaytadan belgilash va O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobi va hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha yuridik shaxslar mazkur Tartib talablariga ko‘ra narxlarni qaytadan belgilasinlar hamda buxgalteriya hisobi va hisobotiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritsinlar.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
davlatlararo hisob-kitoblar savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida imzolangan hukumatlararo Bitimga muvofiq yuritiladi;
so‘m-kupon hisobida tuzilgan, O‘zbekiston Respublikasida yuridik kuchga ega bo‘lgan kontraktlar (shartnomalar), savdo, moliya, kredit hamda boshqa bitimlar yuzasidan majburiyat va talablar 1994-yilning 1-iyulidagi holatiga ko‘ra 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” nisbatida qaytadan hisoblab chiqiladi.
6. Belgilab qo‘yilsinki, 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasidagi navbatdagi savdoga qadar “So‘m”ning xorijiy valyutalarga nisbatan almashish kursi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994-yil 1-iyuldagi holatiga ko‘ra tasdiqlangan va 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” nisbat bilan qaytadan hisoblab chiqilgan so‘m-kuponning almashish kursiga asosan belgilanadi.
Keyinchalik “So‘m”ning almashish kursini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida o‘tkaziladigan navbatdagi savdo natijalariga qarab belgilaydi.
7. Aloqa muassasalari 1994-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy shaxslarga ichki va tashqi pul o‘tkazish bo‘yicha pul mablag‘larini “So‘m” bilan to‘lasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-iyun,
307-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 20-iyundagi 307-son qaroriga
ILOVA
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.02.00 Asosiy vositalarning hisobi]

[TSZ:

1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]

Milliy valyuta muomalaga kiritilishi munosabati bilan narxlarni qaytadan belgilash va O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobi va hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish
TARTIBI
1. Xalq xo‘jaligida buxgalteriya hisobi, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi barcha kredit mablag‘lar, naqd pulsiz hisob-kitoblar “So‘m” bilan yuritiladi.
2. Quyidagilar 1994-yil 1-iyuldagi holati bo‘yicha 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” nisbati bilan so‘mlarda qaytadan hisoblab chiqiladi:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning hisob-kitob va joriy schyotlarida bo‘lgan pul mablag‘lari;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning barcha asosiy va muomaladagi fondlarining balans qiymati, pul mablag‘lari va boshqa moddiy boyliklari, debitorlik va kreditorlik qarzi, budjetga, bank muassasalariga qarzlari, shuningdek, ular balansi aktivi va passivining qolgan barcha moddalari inventarizatsiya yoki buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida;
respublika va mahalliy budjetlar mablag‘larining, shuningdek, hosil bo‘lish manbalaridan qat’i nazar, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larining qoldiqlari;
tovarlar va ishlarning ulgurji, hisob-kitob va chakana narxlari, xizmatlarning tariflari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xarid va topshirish narxlari;
ish haqi tarif stavkalari, ishbay miqdorlari, okladlari, pul ta’minoti, gonorarlar, mukofotlarning miqdorlari, shuningdek, mehnatga haq to‘lashning boshqa barcha turlari miqdorlari;
pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning miqdorlari;
soliqlar, yig‘imlar, davlat bojlari, jarimalar bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlar;
1992-yilgi respublika davlat zayomi obligatsiyalarining qiymati va ular bo‘yicha belgilangan yutuqlarning miqdorlari;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslarga va aholiga beriladigan sug‘urta to‘lovi mablag‘lari, 1994-yilning 1-iyuligacha tuzilgan shartnomalarga binoan shaxsiy sug‘urta bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli sug‘urta mablag‘lari va boshqa mablag‘lar, shuningdek, mazkur shartnomalar bo‘yicha sug‘urtachilarning to‘lovlari.
3. O‘zbekiston Respublikasining aholiga, korxonalar va tashkilotlarga berilgan chek daftarchalari va hisob-kitob cheklari ularni bergan bank muassasalari tomonidan 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” nisbatida foydalanilmay qolgan pul miqdorida almashtiriladi.
4. Ichki pul o‘tkazishlar, akkreditivlar va deponent schyotlar bo‘yicha pul mablag‘lari tegishli muassasalarga “So‘m” muomalaga chiqarilgunga qadar tushgan bo‘lsa, ular bo‘yicha jismoniy shaxslarga pul mablag‘lari 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” nisbatida to‘lanadi.
5. “So‘m” hisobidagi qiymat bahosi qayta hisoblanganida va balans moddalarida ifodalanganida butun “Tiyin”da ko‘rsatiladi, “Tiyin”ning 0,5 gacha bo‘lgan qismi hisoblanmaydi, 0,5 “Tiyin” va undan ko‘p bo‘lsa to‘liq “Tiyin” deb hisoblanadi.
0,5 “Tiyin”dan kam miqdordagi “So‘m” bilan narx belgilanadigan tovar-moddiy boyliklarni balans moddalarida ifodalashda hisob normasi juft, o‘n va shu singari tarzda o‘zgaradi.
qayta hisoblash chog‘ida hosil bo‘lgan tafovutni:
korxonalar va tashkilotlar — xo‘jalik-moliya faoliyati natijalariga;
muassasalar — mablag‘ bilan ta’minlashni ko‘paytirish yoki kamaytirish hisobiga kiritsinlar.

Yüklə 23,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə