1. Mustaqillikning dastlabki yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot


Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#152041
1   2   3   4
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda Milliy urf odatlar qadriyatlar (4)

Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi
Xalq turmush tarzi va ma’naviyatining tarkibiy qismini uning azaliy udumlari, odat, marosim va bayramlari tashkil qiladi. Shu bois mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma’naviy tiklanish haqida gapirganda xalqning azaliy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilgan ishlarni ham alohida ta’kidlash lozim. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy meros va qadriyatlarni tiklash va targ‘ib qilishni yaxshilash uchun bir qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.
1980-yillar o‘rtalarida o‘zbek xalqi azaldan sevib, ardoqlab kelgan urf-odatlar va marosimlar, bayramlar cheklab qo‘yildi, ba’zilarining o‘rniga boshqa bayramlar va marosimlar to‘qib chiqarildi. Natijada avvallari nishonlanadigan “Hosil bayrami”, “Qovun sayli”, “Gul sayli” va boshqa xalq bayramlari unutib qo‘yildi. “Navro‘z” bayrami esa avval ta’qiqlandi, so‘ng sun’iy tarzda “Navbahor” bayramiga aylantirildi.
Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda. Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk,
Mustaqillik yillarida teatr va kino san’ati.
Mustaqillik yillarida madaniy hayotida yuz bergan tub o‘zgarishlar avvalo teatr san’ati rivojida yaqqol sezila boshlandi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991 yilda Farg‘ona, 1993 yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994 yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari, 2001 yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. O‘zbek davlat akademik drama (2001 yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999 yil) kabi poytaxt va viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi. 2015 yilning 25 oktyabr kuni rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nafaqat, mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki, xorij mamlakatlardan tashrif buyuradigan sahna guruhlari, atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo‘ljallangan “Turkiston” saroyi 1993 yilning sentyabrida ish boshladi. 2009 yil avgustida “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyi, 2011 yil noyabrida Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi majmuasi, 2014 yil dekabrida Farg‘ona viloyatida Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat maskanlari ochildi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə