1. Mustaqillikning dastlabki yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot


Mustaqillik yillarida milliy kino



Yüklə 2,17 Mb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#152041
1   2   3   4
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda Milliy urf odatlar qadriyatlar (4)

Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlar 2004 yili “O‘zbekkino” milliy agentligi tashkil etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi. 2005 yildan boshlab davlat tomonidan yillik ishlab chiqarish hajmlarining istiqbollik ko‘rsatkichlari belgilandi (15 ta to‘la metrajli badiiy kinofilm, 20 ta hujjatli va ilmiy-ommabop, 10 ta multiplikatsion kinofilm va 60 soatlik ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy videofilmlar). 2011 yildan boshlab yuqori texnologiyalarga asoslangan raqamli telekanallar tashkil etilishi va bu jarayon davom etayotgani hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
B) O‘zbekistonda muzeylar faoliyati
bebaho boylikni asrab-avaylash, milliy tariximiz hamda an’analarimizni chuqur o‘rganib, ilmiy asosda tahlil va targ‘ib etish, ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy yuksaltirishda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Prezidentning 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risidagi” farmoniga muvofiq “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi tashkil etilib, shaxsan Prezidentimizning tashabbuslari bilan 1996 yili Toshkentda Temuriylar tarixi, Olimpiya shon-shuhrati, 2002 yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi – Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. 1991-1994 yillarda 73 ta muzey mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2015 yilda 450 ga yaqin muzey faoliyat olib bormoqda. Muzeylarning yoshlar ma’naviyatidagi ahamiyati nazarda tutilgan holda 2014 yili 11 iyulda Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatishi, har yili 2-8 sentyabr kunlari “Muzeylar haftaligi”ni tashkil etish belgilandi. 1991 yilda milliy madaniy markazlar soni 10 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib 136 taga yetdi. O‘zbekistonda ta’lim 7 tilda olib boriladi, matbuot 8 tilda chop etiladi, teleko‘rsatuvlar 11 tilda, radio eshittirishlar 12 tilda tayyorlanadi. Shunday qilib, davlat madaniy hayotning ko‘p qirrali xususiyatini saqlagan holda rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor qaratib kelmoqda. Shuningdek, madaniyat O‘zbekiston aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlarga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. Bu jarayonlar 2014 yilning 6 fevralida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroridan keyin jadallashgani yaqqol namoyon bo‘ldi. Asosiysi O‘zbekistonda milliy madaniyat va san’at bilan birgalikda jahon mumtoz madaniyatini ham avlodlarga yetkazish va zamonaviy shakllarini rivojlanishi kuzatilmoqda.
Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə