1. Navoiyning hayoti va ijodi



Yüklə 13,24 Kb.
tarix13.09.2023
ölçüsü13,24 Kb.
#121791
19-variant


19 bilet
1.Navoiyning hayoti va ijodi.
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahrining Bog‘i Davlatxona mavzesida tug‘ildi. Otasi G‘iyosiddin Muhammad - Temuriylar saroyida xizmat qilgan, o‘z davrining nufuzli kishilaridan biri, o‘g‘lining tarbiyasi va ta’limiga jiddiy e’tibor bergan. Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi ekani aytiladi. Navoiyning ota-onasi haqida ma’lumotlar kam, u o‘z asarlarida ham qarindoshlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tmagan. Navoiyning Darvesh-ali ismli ukasi bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor.Bo‘lajak shoirning she’riyatdagi birinchi ustozlari tog‘asi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali G‘aribiylar bo‘lgan. Navoiy ular haqida “Majolis-un nafois”da, xususan, Qobuliy haqida: “Yaxshi tab’i bor erdi, turkchada mayli ko‘proq erdi…” deya, G‘aribiy haqida esa: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Ko‘proq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xo‘b erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…”deya qisqacha to‘xtalib o‘tgan.Shoir Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi. Alisher Navoiy Samarqandda 1465-yildan 1469-yilning bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida o‘qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirdi.1500 yillarda shoirning hayot sharoiti qiyinlashadi. Salomatligi yomonlashadi, biroq u ijoddan to‘xtamaydi. 1501-yil 3-yanvarda Navoiy kasallikdan vafot etadi. Butun Hirot xalqi buyuk shoiri uchun 7 kun davomida motam tutadi.Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qo‘llagan.Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo‘lish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi she’riy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.Alisher Navoiyning o‘zbek tilida yaratgan she’riy merosi asosan "Xazoyin ul-maoniy" devoniga jamlangan. Asar 4 qismdan iborat. Devonning birinchi qismiga "G‘aroyib us-sig‘ar" ("Bolalik g‘aroyibotlari"), ikkinchi qismiga "Navodir ush-shabob" ("Yigitlik nodirotlari"), uchinchi qismiga "Badoye’ ul-vasat" ("O‘rta yosh badialari") va nihoyat, to‘rtinchi qismiga "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") degan nomlar berildi. "Xazoyin ul-maoniy" inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda behisob his-tuyg‘ulari bilan bog‘liq minglarcha she’r va o‘nlarcha she’r turlarini o‘z ichiga olgan majmua bo‘lib, Sharq adabiyoti tarixida noyob hodisadir.Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoniy" ga qadar "Ilk devon", "Badoye’ ul-bidoya", "Navodir un-nihoya" devonlarini tuzgan. "Xazoyin ul-maoniy" ana shu 3 devonga kirgan hamda "Navodir ul-nihoya" tuzilgandan keyin yozilgan she’rlar asosida yuzaga kelgan."Xazoyin ul-maoniy"dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g‘azal, umuman 4 devonda 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas, 10 chiston, 5 musaddas, 4 tarje’band, 4 mustazod, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 qasida, 1 masnaviy, 1 soqiynoma mavjud bo‘lib, Sharq she’riyatining 16 turi namoyondir.
2. Hayrat ul abror” dostonining boblar bo‘yicha tavsifi. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayratu-l-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) 1483 yilda yaratilgan edi. Doston 3988 baytdan iborat bo„lib, 63 bob, 20 maqolatva 20 hikoyatdan tashkil topgan. Shundan Kirish (muqaddima) 21 bobni o„z ichiga oladi Dostonning birinchi bobi Qur‟oni karimdagi bosh ilohiy jumla “Bismillohir rahmonir rahim” (“Mehribon va rahmli Olloh nomi bilan boshlayman”)ning poetik sharhiga bag„ishlangan. Bu bob nafaqat “Hayratu-l- abror” uchun, balki umuman “Xamsa” uchun ham kirish vazifasini o„taydi, chunki keyingi dostonlarda biz bu ilohiy jumlani uchratmaymiz. Hazrat Navoiy bu jumlani ikki nuqtai nazardan tahlil qiladi, ya‟ni qabul qiluvchilar va rad etuvchilar. Bunda ushbu jumladagi har bir harfga alohida ma‟no yuklatiladi.Dostonning ikkinchi bobi Xoliq, ya‟ni Olloh hamdiga bag„ishlanadi. Mazkur bobda shoir hamma narsani yaratgan Xoliqning osmon va quyoshdan tortib har bir zarrani, butun o„simliklar va hayvonot olamini, kishilik jamiyatini bir-biriga bog„lab harakatlantirib turishini cheksiz hayrat bilan tasvirlaydi. Alisher Navoiy “Uning zoti lutf va safodan iborat, lekin vafo isi unga begona” degan fikrlarni ilgari surar ekan, bu o„rinda tasavvuf ta‟limoti asosida fikr yuritilayotganligi ma‟lum bo„ladi.Dostonning 3-6 boblari (to„rt bob) munojotlarni o„z ichiga oladi. Munojotlarda dunyodagi barcha mavjudotlar o„z yaratganiga doim sajda qilishi zarur, Xudoning qahri kelsa, “ko„k bir etak kul” kabi sovurilib ketishi hech gap emasligi ta‟kidlanadi. Adabiy an‟anaga ko„ra munojotdan so„ng payg„ambar madhiga, ya‟ni na‟tga o„tiladi. Dostonda 5 ta na‟t keltirilgan. Birinchi na‟tda tasavvuf ta‟limotidagi “Nuri Muhammadiya” nazariyasiga to„xtalinar ekan, ushbu nazariyadagi “Odam Ato unga ham o„g„il, ham ota” degan tushuncha ta‟rifi beriladi. Keyingi na‟tlarda payg„ambarning bolaligi, payg„ambarlik davridagi faoliyati, noyob insoniy xususiyatlari, me‟roj tuni ta‟riflari keltiriladi.Dostonning 12-bobi ulug„ salaflar Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy madhiga bag„ishlangan. Dastlab Nizomiyga ta‟rif berilar ekan, uning ismidagi harflar abjad hisobiga ko„ra 1001 soniga teng kelishi jihatidan Xudoning 1001 ismiga hamohang ekanligi aytiladi13-bob Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhini o„z ichiga oladi. Navoiy Nizomiy va Dehlaviyni bir bobda ta‟riflagani holda ustozi va do„sti Abdurahmon Jomiyga alohida bob bag„ishlaydi. Uni o„sha davrning “qutbi tariqati” deb atar ekan, o„zining unga nisbatan ojiz va muhtojligini g„oyat kamtarlik bilan bayon qilsa, Jomiyning yangi yozgan biror asarini o„zidan oldin hech kim ko„rmasligini faxr bilan keltirib o„tadi:Dostonning 14-15-boblari so„z ta‟rifiga bag„ishlangan. Hazrat Navoiy so„zning buyukligini “kun” (yaral) so„zining olam va odamni yaratishda vosita bo„lganligi bilan dalillaydi:Dostonning 16-bobi zamona sultoni Husayn Boyqaro madhini o„z ichiga oladi. Alisher Navoiy bu bobda talmeh san‟ati vositasida Husayn Boyqaroni kuch-qudratda Firdavsiy qahramoni Rustamga, adolat va fazlu kamolda Eronning afsonaviy podshosi Jamshidga o„xshatadi.17-bob “Ko„ngul ta‟rifida” deb nomlanadi. Bu bobda Navoiy qudratli dehqon (Xudo) ilk tongda insonni yaratgandan keyin unga ko„ngul ato etganini bayon qilar ekan, ko„ngulni yurak bilan adashtirmaslikka chaqiradi. Muqaddimaning qolgan uch bobi (18-20 boblar) hayrat ta‟rifiga bag„ishlangan. Bu boblarda Xoja, ya‟ni ko„ngulning avval mulk (narsalar) olamiga, keyin malakut (farishtalar) olamiga va nihoyat so„ngida “ajoyib bir shahar” (inson tanasi)ga sayohati bayoni keltiriladi Muqaddimaning so„nggi 21-bobi Xoja Bahouddin Naqshband va uning xalifasi Xoja Ubaydulloh Ahror madhiga bag„ishlangan.
3.Vaqfiya” asarida Navoiyning ijtimoiy faoliyati bilan bog‘liq o‘rinlarni sharhlash.“Vaqfiya” asari 1481-1482 yillar oralig‘ida yozilgan bo‘lib, Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, vaqf qildirgan yerlari, qurdirgan binolari haqida ma’lumot beruvchi asardir. “Vaqfiya” Hamd, na’t va Sulton Husayn Boyqaro madhini o‘z ichiga olgan kattagina muqaddima bilan boshlanadi. Asarni shartli ravishda ikki qismga bo‘lish mumkin:1.Navoiyning Sulton Husayn Boyqaro saroyidagi davlat arbobi sifatidagi faoliyati aks etgan o‘rinlar.2.Navoiyning xayriya ishlari va vaqf qilib qoldirgan mulk yerlari; vaqfiya joylardagi idora usuli, xizmat uchun belgilangan lavozimlar, tayin etilgan maosh, o‘rnatilgan tartib-qoidalar bayoni.Asarda Navoiyning mamlakat obodligi va el-yurt farovonligiga doir muhim fikrlari ham o‘z ifodasini topgan: To hirsu havas xirmani barbod o‘lmas,
To nafsu havo qasri baraftod o‘lmas.
To zulmu sitam jonig‘a bedod o‘lmas,
El shod o‘lmas, mamlakat obod o‘lmas
Vaqf insonning asosiy moliyaviy ibodatlaridan biri sanaladi, Alisher Navoiy bu xususida o‘zining vaqf mulklari haqida “Vaqfiya” asarining bir faslida alohida bayon etgan. Yuqorida zikr qilganimizdek, “Vaqfiya” asarini ikki qismga ajratish mumkin. Manashu ikkinchi qismi ya’ni “Mahdudot” qismida Navoiy vaqf, vaqf huquqi kabi o‘zining moliyaviy ibodati bilan yaqindan tanishtirishga harakat qilgan. Mahdudot (Mahdudning ko’plik shakli bo’lib, cheklangan, chegaralangan, tayin qilingan degan ma’nolarni bildiradi) iqtisodiy atama, tushuncha bo‘lib, chegaralangan, atrofi o‘ralgan, atrofi aniqlangan joylar, er-suv va boshqa mulklar degan lug‘aviy ma’noni bildiradi.
4. Muhokamat ul-lug‘atayn” asarlarida tilshunoslik masalalari. Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug’atayn» — «Ikki til muhokamasi» deb nomlangan asar 905 hijriy yilning jumodiyul avval oyi- 1499- melodiy yilning dekabr oyi oxirlarida chorshanba kuni yozib tugatilgan.«Muhokamat ul-lug’atayn» da turkiy-o’zbek va fors-tojik tillarini qiyosiy o’rganish vositasida turkiy-o’zbek tilining Sharqda mashhur bo’lgan arab va fors-tojik tillari darajasidagi mavqeidan so’z yuritiladi hamda ulardan, xususan fors-tojik tilidan farq qiluvchi xususiyatlari turli xildagi ko’pgina misollar, jumladan «yuz lafz» (yuzta so’z)ni keltirib, talqin qilish bilan isbotlanadi.Muhokamat ul-lug’atayn»da faqat qiyosiy tilshunoslik masalalaridan so’z yuritilgan emas, balki unda til tarixi, o’zbek adabiyoti tarixi, she’riy janr va badiiy san’atlar, fors-tojik adabiyoti namoyandalari asarlari va o’zi (Alisher Navoiy)ning ijodiga doir qimmatbaho mulohazalar ham mavjud.Alisher Navoiyning qayd qilishicha, turkiy til va turkiy tildagi adabiyot tarixi o’zaro chambarchas bog’lidir. Bu jarayonning Sulton Husayn Boyqaro-Husayniy tomonidan qo’llab-quvatlashi tufayli yanada rivojlangani ta’kidlanadi.A.Navoiy o’zbek tilining boy sinonimlaridan o’z asarlarida ustalik bilan foydalangan. O’zbek tilida turli ma‘no nozikliklarini ifodalovchi sinonimik fe‘llardan 100tasi «Muhokamatul lug’atayn»da ham eslatib o’tadi: «Bu 100 lafzdurki, g’arib maqosid tayin qilibdurlarki, hech qaysi uchun sort tilida lafz yasamaydurlar». A.Navoiy o’zi keltirgan 100 fe‘lning har biri o’zbek tilida o’z sinonimlariga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Masalan, biror bir suyuqlikni ichish harakatini ko’rsatuvchi ichmoq fe‘li bor. Navoiy bu fe‘lning sipqarmoq, tomshimoq kabi sinonimlardan ham foydalangan:
Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o’zimdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang labo-lab sipqaray. A.Navoiy asarlarida «yig’lamoq» so’zining yig’lamsinmoq, bo’xsamoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, o’kirmak, inichkirmak, hoy-hoy yig’lamoq kabi sinonimlarini samarali qo’llagan.Istasam dabir gulidin ishqingni pinhon aylamak,
Kechalar gah ingramakdur odatim, gah singramak.
A.Navoiy yuqoridagi misollarni keltirar ekan, ulardagi sinonimlarning poetik ustunligini, stilistik bo’yoqdorligini va poeziyadagi rolini ko’rsatadi. Bu bilan tildagi sinonimlarning rolini yaxshi tushunib yetganligini ko’rstadi.Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug’atayn»da o’zini faqat tilshunos olim sifatida emas, balki arab, fors va turkiy adabiyot tarixining ham ulkan bilimdoni – olimi ekanini namoyish etgan.A.Navoiy turkiy va forsiy tillarni qiyoslar ekan, juda ko’p turli soha so’zlarini bittama bitta yig’adi, tahlil qiladi. Hayotning turli sohalarga tegishli istilohlarini o’z asarlariga singdirdi
5. .Hayrat ul abror” dostonining 16-maqolati haqida ma’lumot. 0 ‘n oltinchi maqolatda Alisher Navoiy jismoniy kuch-quvvatiga aldanib qolib, o'zini davlat tayanchi va barqarorlik posboni deb o'ylaydigan takabbur bahodir va beklarni tanqid qiladi. Navoiy tasviriga ko'ra, ijtimoiy odoblarni nazar-pisand qilmasdan, yanada haybatli ko'rinish uchun uzun mo'ylovlar qo'yib, qulog'iga ayollarga o'xshab sirg'a taqadigan bu mushtumzo'rlar mardlik lofini ursalar ham, aslida maydagap, lofchi, ezma, nomard kimsalardir. Manfaat uchun jang maydoniga kiradigan, qaysi hukmdor ko'proq pul va’da qilsa, o'sha tomonga o'tib oladigan sotqinlar faoliyatining jihod va g'azotga hech qanday aloqasi yo'q. Haqiqiy g'azot Vatan, millat, insoniy sha’n kabi muqaddas narsalarning toptalmasligi uchun o'z jonini ayamaydigan fidoyi kishilarning qo'lidangina keladi. Maqolatga ilova qilingan hikoyatda buyuk muhaddis Abdulloh Muborakning niqob kiyib jang maydonida qilgan jonbozliklari, u kishining yuzlarini ko'rmoqchi bo'lganlarga bu ishni Alloh uchun qilganliklari va ko'z-ko'z qilish maqsadida emasliklarini ta’kidlaganlari go'zal tasvirlar asosida bayon qilib berilgan.
Yüklə 13,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə