1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar



Yüklə 180,42 Kb.
səhifə4/10
tarix21.10.2023
ölçüsü180,42 Kb.
#129542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘RQ-703 28.07.2021

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosati mazkur sud sudyalaridan iborat tarkibda ish yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining majlislari zaruriyatga qarab, biroq har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi va rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lganda vakolatli hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining qarorlari majlisda ishtirok etayotgan rayosat a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va sud raisi tomonidan imzolanadi.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi rayosati:
sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini tahlil qilish natijalarini ko‘rib chiqadi;
sudlov hay’atining faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzalarni eshitadi;
hududiy harbiy sudlar raislarining qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risidagi ma’ruzalarini eshitadi.
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi rayosati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudlov hay’ati:
o‘z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada ko‘rib chiqadi;
ishlarni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqadi;
sud amaliyotini o‘rganadi va umumlashtiradi;
sud statistikasini tahlil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudlov hay’ati qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi:
sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
sud rayosati majlislarini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;
sud rayosati qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sud majlislarida raislik qiladi;
quyi turuvchi sudlar faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashadi;
sudyalar, sud apparati xodimlari va xalq maslahatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud amaliyoti obzorlarini tayyorlash va sud statistikasini yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi va ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
Sudyalar oliy malaka hay’atiga sudyalar malaka hay’atlari qarorlari yuzasidan taqdimnomalar kiritadi;
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud apparati xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va tugatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Yüklə 180,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə