1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar



Yüklə 180,42 Kb.
səhifə6/10
tarix21.10.2023
ölçüsü180,42 Kb.
#129542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘RQ-703 28.07.2021

20-modda. Ushlangan, qamoqqa olingan, gauptvaxtalarda saqlanayotganlarni harbiy sudlarga qo‘riqlab olib borish va ularni sud majlisida qo‘riqlash harbiy qismlar yoki garnizonlarning harbiy komendaturalari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni ishni ko‘rish joyiga qo‘riqlab olib borish va qo‘riqlash belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining soqchilik qo‘shinlari qismlari, organlari tomonidan amalga oshiriladi.
21-modda. Harbiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
2-ILOVA
Sudyalarning malaka darajalari to‘g‘risida
NIZOM
1-modda. “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi.
2-modda. Sudyalarga sudya sifatidagi tajribasi va ish stajini inobatga olgan holda quyidagi malaka darajalari beriladi:
oliy malaka darajasi;
birinchi malaka darajasi;
ikkinchi malaka darajasi;
uchinchi malaka darajasi;
to‘rtinchi malaka darajasi;
beshinchi malaka darajasi.
3-modda. Malaka darajalari quyidagicha beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga — oliy, birinchi, ikkinchi malaka darajalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalariga — birinchi, ikkinchi, uchinchi malaka darajalari;
tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar sudyalariga — uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi malaka darajalari.
4-modda. Oliy malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Oliy malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlari raislariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati xulosasiga asoslangan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Boshqa malaka darajalari tegishli sudyalar malaka hay’atlari xulosasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi.
Birinchi marotaba saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajalari ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlar va mansab darajalarini inobatga olgan holda beriladi.
Sudyalar orasidan belgilangan tartibda saylangan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tayinlangan shaxslarga malaka darajalari tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi.

Yüklə 180,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə