1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar



Yüklə 180,42 Kb.
səhifə7/10
tarix21.10.2023
ölçüsü180,42 Kb.
#129542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O‘RQ-703 28.07.2021

5-modda. Har bir malaka darajasida bo‘lish muddatlari ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud bo‘lgan taqdirda quyidagicha belgilanadi:
beshinchi malaka darajasida — ikki yil;
to‘rtinchi malaka darajasida — uch yil;
uchinchi malaka darajasida — to‘rt yil;
ikkinchi malaka darajasida — besh yil.
Birinchi malaka darajasida bo‘lish muddati belgilanmaydi.
Yuqori malakali sudyalarga ish tajribasini inobatga olgan holda, egallab turgan lavozimi uchun nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, shuningdek ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan yuqori bo‘lmagan malaka darajasi berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
6-modda. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni qo‘pol ravishda buzganlik uchun malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin.
Malaka darajasidan mahrum etish va malaka darajasini pasaytirish shu malaka darajasini bergan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi.
7-modda. Malaka darajasiga ega bo‘lgan sudyalarning lavozim maoshlariga qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ustamalar belgilanadi.
8-modda. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan o‘tkazish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
3-ILOVA
Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida
NIZOM
1-modda. Ushbu Nizom sudlar apparati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi (bundan buyon matnda Sudyalar oliy kengashi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) hamda uning hududiy bo‘limlari xodimlariga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi.

Yüklə 180,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə