1. Oʻlchov birliklar haqida



Yüklə 21,73 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü21,73 Kb.
#180097
Referat 3





Miqdorlar va ularni o‘lchash. Jismning hajmi va uni o‘lchash. Vaqt va uni o‘lchash. O‘lchov birliklari va ular orasidagi bog‘lanish
Reja:
1.Oʻlchov birliklar haqida
2.Hajim oʻlchov birliklari
3.Uzunlik oʻlchov birliklari

Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo’lib, bu tushunchalar o’quvchilarning butun o’qishi davrida shakllanadi.


Biz o’quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to’g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o’rganish arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi.
Masalan: o’lchashni o’rganish, sanashni o’rganish bilan, o’lchov birliklari sanoq sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o’qitiladi. Miqdorlarni o’qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog’liq holda o’qitib, politexnik bilimlar berish demakdir.
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta’lim berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko’rgazmali, aynan o’zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o’lchashni amaliyotda ko’radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.
Matematikada o‘rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Boshlang‘ich sinflarda uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar o‘rganiladi. Boshlang‘ich sinflarda bu miqdorlarini asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ba’zi hosilaviy miqdorlar (tekis harakat tezligi va boshqalar) bilan ham tanishadilar. Hosilaviy miqdorlarni o‘rganishda ularni o‘lchash masalasi o‘rganilmaydi.
1-2-sinflrada o‘quvchilar uzunlik, massa (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.
Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan “miqdor” va “raqam” tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak.
Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm, 2 dm, 3 dm,..., 20 dm kabi uzunliklari belgilab boramiz. YA’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi – (20 dm) yozib qo‘yamiz.
Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishi nomi bilan (200 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur miqdorning yana bir raqamli ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2m).
Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash bu bosqichda mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi.
78, 40, 11, 99 kabi misollarda belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5 dm, 1 m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta ta’kidlanishi lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan: “385 va 481” sonlarini qo‘shimcha, yoki “3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm miqdorlarni qo‘shing” kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullarni o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘qituvchi har bir miqdorni o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib, o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.
O`quvchilar har tomonlama bilimli bo`lishlarini zamon taraqqiyoti talab qilmoqda, yani har tononlama sog`lom, yetuk insonlar jamiyat uchun kerak bo`lmoqda.
Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda turli kattaliklarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Kattaliklarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Matematikada kattaliklar miqdorlar deb ham ataladi.
Miqdor bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo’lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko’proq darajada ega ekanligini aniqlash mumkin.
Miqdorlarni o`z navbatida kattalik tushunchasi bilan ham atashimiz mumkin.
Miqdorlar – bu aniq obyekt yoki hodisalarning maxsus xossalaridir. Masalan, buyumlarning oraliqqa ega bo’lish xossasi uzunlik deyiladi. Aniq obyektlarning oraliqlari haqida gapirganimizda bu so’zni ishlatamiz. Shuning aniq obyektlarning uzunliklari haqida gapirganda bu kattaliklar bir jinsli deyiladi. Umuman, bir jinsli kattaliklar biror to’plam obyektlarining ayni bir xossasini ifodalaydi. Turli jinsli kattaliklar obyektlarning turli xossalarini ifodalaydi.
Miqdorlarni bevosita taqqoslash bilan ularning tengligi yoki teng emasligini aniqlashimiz mumkin. Tekshirishda aniqroq natijaga ega bo’lish uchun, masalan, bir jismning hajmi ikkinchi jism hajmidan qancha katta (kichik) ekanligini bilish uchun kattaliklarni o’lchash zarur. O’lchash berilgan miqdorni birlik sifatida olingan shu turdagi boshqa kattalik bilan taqqoslashdan iborat. Taqqoslash jarayoni qaralayotgan kattaliklarning turiga bog’liq. Ammo bu jarayon qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’lchash natijasida kattalik tanlab olingan birlik bo’yicha ma’lum sonli qiymat qabul qiladi.
Miqdor (kattalik) tushunchasi murakkab tushuncha bo’lib, o’quvchilarning maktabda butun o’qish davrida shakllantiriladi.
Boshlang’ich maktabning vazifasi shundaki, u bolalarda kattaliklarni o’rganishning intuitiv tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o’lchash bilan bog’liq bo’lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo’lishi kerak.
Matematikada o’rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Har bir miqdorni o’rganish uslubiyatining o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lsada, ammo narsa yoki hodisaning xossalarini o’rganishda umumiy yondashuv, miqdorlarni o’rganishning umumiy uslubiyati haqida gapirish imkonini beradi. Bu uslubiyat (haqida) asosida amaliy usul yotadi. Masalalar bilan ishlash asosida, aniq hissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, boshlang’ich sinf o’quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo’lgan xossalari bilan tanishtirish mumkin.
Asosiy miqdorlarni o’rganish jarayonida o’quvchilarga quyidagi talablar qo’yiladi:
–sinflar bo’yicha o’rganiladigan miqdorlar va ularning o’lcham birliklari bilan tanishish va uni bilish
–miqdorlar haqida tushunchalar, tasavvurlarni shakllantirishda umumiy yondashishni bilishi kerak;
– uzunlik, massa (og’irlik), hajm, vaqt va maydonlarni o’rganishda o’quvchilarda miqdolar haqida tasavvurni shakllantirish uchun umumiy yondoshuvni qo’llay ola bilishi;
– maqsad sari yo’naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilish;
– miqdorlarni o’rganishda turli xil vositalardan foydalana olishi;
– o’quvchilarda o’lchash bilan bog’liq bo’lgan ko’nikmalarni shakllantirishni amalda qo’llay olishi lozim.

3-4- sinflarda miqdorlarni o’lchash usullari


Bizni o’rab turgan tabiatdagi barcha narsalar (predmet, hodisalar) ni organayotganimizda, bu narsalarning ba'zi bir umuniiy xossaga, ya'ni uzunlik, ogirlik va hokazolarga ega ekanligini korishimiz va tasdiqlashimiz mumkin. Bu sifatlar turli predmetlarda turli holatlarda paydo bo`ladi. Boshlangich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog`liqlikda turli miqdorlarni ham o`ganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o`rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli ob'ektlarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan.


Matematikada o`rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Miqdor — bu narsa yoki hodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko`proq darajada ega ekanligini aniqlash mumkin.
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo`lib, o'quvchilarning maktabda butun o`tish davrida shakllantiriladi. Shuning uchun boshlang`lch sinflarda uzunlik, jismning massasi va hajmi, vaqt, figuralarning yuzi kabi miqdorlar o`rganiladi. Boshlang`lch sinflarda qaraladigan bu miqdorlarni asosiy miqdorlar deyiladi. Bundan tashqari boshlang`lch sinf o'quvchilari ba'zi hosilaviy miqdorlarni o`ganishda ularga nisbatan boshlanglch sinfda olchash masalasi qo`yilmaydi.
Boshlang'ich sinflarda asosiy miqdorlarni o`rganish arifmetik materialni o`rganish bilan uzviy bog`liqlikda amalga oshirilishini yaxshi bilamiz.
Наг bir miqdorni o`ganish uslubiyotining o`ziga xos xusiisiyatlari mavjud bo`lsa-da, biroq narsaning yoki hodisaning xossalarini o`rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o`rganishning umumiy ushibiyoti haqida gapirish imkonini beradi. Bu uslibiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida, hissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o`quvchilarini miqdorlar uchim umumiy bo`lgan xossalari bilan tanishtirish mumkin.
Boshlang`lch maktabning vazifasi shundaki, u bolalarda miqdorlarni o`rganishning intuitiv tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida bolalarda miqdorlar, narsalar va hodisalarning o`lchash bilan bogliq bo` lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo`lishi kerak.
Hajm — geometrik jism sirtlari bilan chegaralangan fazo qismi. Oddiy holatlarda qirrasi birga teng kublar soniga teng koʻriladi.

Hajm (matematikada) — geometrik jismlarning sonli xarakteristikalaridan biri. U chekli sondagi birlik kublarga ajratish mumkin boʻlgan jismlar uchun shu kublarning soniga teng . Qadimda prizma shaklli toʻsinlar, silindr, toʻliq hamda kesik piramida va boshqalarning hajmlarini hisoblashni bilishgan. Arximed ixtiyoriy yuza va hajmni aniqlash mumkin boʻlgan umumiy usulni topgan. Arximed gʻoyalari integral ^sksobning asosini tashkil etgan. U oʻzining usullari yordamida koʻhna mat.da oʻrganilgan deyarli hamma jismlarning yuzalari va hajmlarini aniqlagan. Jism hajmiga matematik jihatdan taʼrif berish va uni hisoblash formulasining yaratish masalasi yassi figura yuziga doir muhokamalardan farq qiladi; har qanday (yassi) figurani toʻgʻri chiziqlar kesib, uni kvadratchalarga ajratish mumkin, ammo ixtiyoriy koʻp yoqlikda bu usul bilan kub hosil qilish mumkin emas. Yevklid uch yoqli piramida hajmiga taʼrif berish va uni hisoblash uchun piramidaga cheksiz ichki prizmalar chizish usulini qoʻllagan.


Vaqt oʻlchov birliklari — Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi, Quyosh atrofida aylanishi va shuningdek, Oyning Yer atrofida aylanishlariga asoslangan.

Vaqt oʻlchov birliklari - vaqtni belgilashda qoʻllaniladigan birliklar — asr, yil, oy, kecha-kunduz (sutka), soat, daqiqa, sekund (lahza), shuningdek vaqtning 12 yillik davr — muchal yil hisobi; 60 yillik davr kabi.


Uzunlik o’lchov birliklari
Metr uzunlikning asosiy o’lchov birligi. Uzunlikning boshqa o’lchov birliklari va metr orasidagi bog’lanish quyida ko’rsatilgan.
1 kilometr (km) = 1000 metr (m)
1 metr = 10 detsimetr (dm)
1 metr = 100 santimetr (sm)
1 detsimetr = 10 santimetr
1 santimetr = 10 millimetr (mm)


Yüklə 21,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə