1. O‘rta maktabda darsdan tashqari ishlarning mazmuni. Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning bog‘liqligi


Maktabdan tashqari jimoniy tarbiya va sport ishlari



Yüklə 29,68 Kb.
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü29,68 Kb.
#115129
1   2
Sinfdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya tadbirlariga tavsif

Maktabdan tashqari jimoniy tarbiya va sport ishlari.
Jismoniy tarbiyaga oid maktabdan tashqari ishlar, o‘quvchilar saroylari, bolalar sport maktablari, bolalar turistik sayyohat maskanlari, istirohat bog‘lari, uy-joy boshqarmalari, ko‘ngilli sport jamiyatlari tomonidan olib boriladi. O‘quvchilar uylari va saroylari bolalar vaqtli mashg‘ulotlar, o‘yinlar, gimnastika o‘tkazadilar, lekin ko‘ngil ochishlar va maktabda tashkil qilish qiyin bo‘lgan sport turlari bo‘yicha sport shu’balari tashkil qiladilar, tennis, suzish, badiiy gimnastika va boshqalar. Ular, shuningdek, badantarbiya chiqishlari va bayramlari, sport ustalari bilan uchrashuvlar o‘tkazadilar. Bu ishga rahbariyatlik qilish uchun malakali mutaxassislar jalb etiladi.
O‘quvchilar uylari va saroylari bolalar bilan ish olib boradigan boshqa maktabdan tashqari muassasalarga uslubiy yordam uyushtirish uchun katta o‘rin tutadi. Buning uchun konsultatsiya, ma’ruzalar va seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, ularni yoshlar qo‘mitasi hamda xalq ta’limi organlari bilan birgalikda tashkil qiladilar va o‘tkazadilar.
Jismoniy tarbiyaga oid juda muhim ishni xalq ta’limi organlari va ko‘ngilli sport jamiyatlari tomonidan tashkil etiladigan bolalar sport maktablari olib boradilar. Bu maktablarning asosiy vazifasi o‘quvchilarning sport mahoratini oshirishdan iborat. Bolalar sport maktabining barcha ishlari shunday tashkil etilishi kerakki, yosh sportchilar o‘z maktablari jamoalaridan ajralib qolmasinlar va sport bilan shug‘ullanishni maktabda fanlarni yuqori o‘zlashtirish bilan birga qo‘shib olib borsinlar.
Bolalar sport maktablari o‘quvchilarning bayramlari, ertalabki badantarbiya va o‘quvchilar yig‘inlaridan chiqishlarini uyushtiradilar hamda badantarbiya faollari va badantarbiya ishi rahbariyatlari bilan yo‘l-yo‘riq, mashg‘ulotlar o‘tkazadilar. Bolalar sport maktablari maktabdan tashqari ta’lim muassasa sifatida umumta’lim maktablari mustahkam aloqada ishlashi lozim, bolalar sport maktablarining o‘quvchilari esa o‘z maktablarida faol bo‘lishlari, jismoniy tarbiya va sportga oid sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazishda o‘qituvchilarga yordam berishlari kerak.
Madaniyat va istirohat bog‘larida ham o‘quvchilarni jismoniy
tarbiyalashga oid katta ishlar olib boriladi. Bog‘larning bolalar sektorlarida sport maydonchalari va gimnastika shaharchalari barpo etiladi. Ularda bolalarning individual va jamoa o‘yinlari uchun jihozlar bo‘ladi. Odatda, bunday bog‘larda bolalar turli jihozlar inventarlardan foydalanish va uynash imkoniyatiga ega bo‘libgina qolmay, balki ular uchun guruhli mashg‘ulotlar, o‘yinlar, raqslar ham uyushtiriladi.
Bolalar o‘rtasida olib boriladigan maktabdan tashqari jismoniy tarbiya ishlarini uy-joy boshqarmalarida ham o‘tkazadilar. Ota-onalar bolalar bilan birgalikda uy-joy boshqarmasi xodimlarining ko‘magida doimo ishlab turuvchi sport maydonlari barpo qiladilar «yozda ko‘kalamzorlashtiradilar va ularni mashg‘ulotlar, o‘yin va ko‘ngil ochishlar uchun moslaydilar». Bu ishda ko‘ngilli sport jamiyatlari, yoshlar tashkilotlari, kasaba uyushmalari, maktab katta yordam ko‘rsatishi mumkin.
Turar joylarda quyidagilar tashkil etilishi mumkin: ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari, sportning har xil turlari bo‘yicha guruh, shu’ba yoki mashg‘ulotlari; sport musobaqalari «bir uy bolalar o‘rtasida, bir uy- joy boshqarmasiga qarashli bir necha uy komandalari o‘rtasida, shuningdek, bir uy-joy boshqarmasi bilan ikkinchi uy-joy boshqarmasi komandasi tuman, shuhar musobaqalarida qatnashuvchi uy-joy boshqarmasi komandalari o‘rtasida; turisik safar, sayrlar, suv xavzalariga borish.
Turar joylardagi jismony tarbiya va sport ishlariga rahbariyatlik qilish uchun jismoniy tarbiya kengashi tuziladi yoki saylanadi. Kengash tarkibiga yoshlar qo‘mitasidan vakillar, sportchilar, ota - onalar kirititlishi kerak.Turar joydagi ishning uslubiy markazi maktab bo‘lmog‘i lozim. Shu’balar, guruhlar, komandalariga rahbariyatlik qilishga tajribali va bilimdon va ota-onalar, sportchi - razryadchilar, sportchi insruktor «yo‘riqchi»lar jalb etilishi kerak.
Yozda yozgi maydonlar va o‘quvchilar oromgohlaridashahardan tashqarida va shaharda bolalar bilan katta ishlar olib boriladi.
Yozgi maydonlarda turli kundalik ommaviy badantarbiya va sport tadbirlaroi o‘tkaziladi. Kundalik tadbirga o‘yinlar, sayrlar, such va
olish, cho‘milish yoki dush qabul qilish, ekskursiya, safarga chiqish, badantarbiya chiqishlari va sport musobaqalariga tayyorgarliklari kiradi.
Yozgi maydonlarda badantarbiya ishi yetakchi o‘rin egallaydi. Chunki yozda sog‘lomlashtirish vazifalari asosoiy hisoblanadi. Bu ish xap xil ishlar bilan qo‘shib olib borilishi kerak.
O‘quvchilar oromgohi: bolalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini olib borish uchun eng qulay sharoit shahar yoki tuman tashqarisidagi o‘quvchilar oromgohlarida yaratiladi. Oromgohlar bolalarning yozgi dam olishning tashkil etishning eng yaxshi shaklidir. Ochiq havoda deyarli kecha-kunduz bo‘lish, kundalik rsjimga qat’iy rioya qilish, batartib ovqatlanish, jismoniy mehnat va badantarbiya mashg‘ulotlari, o‘yinlar, qo‘shiq aytish, quyosh va havo vannalarini qabul qilish, suvda cho‘milish - bolalarning sog‘ligini saqlash ular organizmni chiqiktirish va jamoaning jipislashuviga yordam beruvchi omillardir.


ADABIYOTLAR

1. Toʻxtaboyev N.T. Jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy mahoratini rivojlantirish. – T.: 2010. – 171 b

2. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun oʻquv dasturi.T.2010.

3. Salomov R.S., Ruzioxunova M.M. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. - T.: 1996.-180b



4. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. – T.: 2015
Yüklə 29,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə