1. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi metodlari klassifikatsiyasi. Kasb-hunar ta’limining og‘zaki metodlari. Kasb-hunar ta’limining amaliy metodlari


Kasb-hunar ta’limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 25,71 Kb.
səhifə9/10
tarix30.12.2023
ölçüsü25,71 Kb.
#164820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KT materiall

Kasb-hunar ta’limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish

  • «6 x 6» metodi
  • Ushbu metod yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. «6 x 6» metodi asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammo (masala)ni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangi shakllangan gurux a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruxi tomonidan muammo (masala) yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.

Kasb-hunar ta’limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish

  • «6 x 6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
  • guruhlarning har bir a’zosini faol bo‘lishga undaydi;
  • ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
  • guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini xosil qiladi;
  • ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi.
  • Eng muximi mashg‘ulot ishtirokchilarining har biri qisqa vaqt mobaynida xam munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
  • Mashg‘ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni muhokama qilish imkoniyati mavjud.
  • Bu metod o‘qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi.
  •  

Mavzuga tegishli bog‘lovchi so‘zlar va ularning ingilizcha shakli


Yüklə 25,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə